• 33-mavzu:Haydovchilar mehnatini tashkil qilish Reja
  • Taraflarning rekvizitlari




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet333/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Taraflarning rekvizitlari 
    Yuk tashuvchi: 
    Yuk joʻnatuvchi: 
    Manzil: avtotransport korxonasi manzili Manzil: yuk jo‘natuvchi taraf manzili 
    Bank avtotransport korxonasi hisob 
    raqami joylashgan bank nomi 
    Bank yuk tashuvchi taraf hisob raqami 
    joylashgan bank nomi 
    H/r: avtotransport korxonasi hisob 
    raqami 
    H/r: yuk tashuvchi taraf hisob raqami 
    Stir: avtotransport korxonasining stir 
    raqami 
    Stir: yuk tashuvchi taraf stir raqami 
    Telefon: avtotransport korxonasining 
    telefon raqami 
    Telefon: yuk tashuvchining telefon 
    raqami 
    Nazorat savollari 
    1. 
    Yuk tashish shartnomasida nimalar ko‘rsatiladi? 
    2. 
    Markazlashgan yuk tashish qanday usulda hisoblanadi? 
    3. 
    Yuk tashuvchining majburiyatlari 
    4. 
    Yuk qabul qiluvchining majburiyatlari 
    5. 
    Yuk jonatuvchining majburiyatlari 
    6. 
    Shartnoma predmeti
    7. 


    596
    33-mavzu:Haydovchilar mehnatini tashkil qilish 
    Reja 
    1. Haydovchilar mehnatini tashkil qilish 
    2. Oylik ish jadvalini tuzush 
    3. Bitta avtomobilga ikkita haydovchi biriktirilish grafigi 
    4. Haydovchilarniig ish rejimlari 
    Haydovchilar ishi ko‘p g‘ayrat va diqqat talab qiladigan juda mas’uliyatli ish 
    hisoblanadi. Haydovchilar ishini rejalashtirish va tashkil qilishda mehnat va dam 
    olish tartibiga qattiq amal qilish kerak. Haydovchining ish vaqti transportni 
    tayyorlash va ishni tugallashga sarflanadi. 
    Tayyorlov-tugallash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi: 
    – yo‘l varaqalarini tayyorlash; 
    – avtomobil asboblarini olish va topshirish; 
    – avtomobilga yoqilg‘i va sovituvchi suyuqlik quyish; 
    – dvigatelga moy quyish, uni ishga tushirish va qizdirish
    – avtomobilning texnik holatini tekshirish; 
    – avtomobilni belgilangan joyga olib borib qo‘yish va hokazolar. 
    Haydovchining tayyorlov-tugallash ishlarini bajarishi uchun kundalik tibbiy 
    ko‘rikni hisobga olib, smenani topshirish-qabul qilishga 0,38 soat vaqt ajratiladi.
    Haydovchilar ishi mehnat qonunlari asosida tashkil qilinadi. Haydovchilarning 
    bir haftadagi ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Haftasiga 6 kunlik ishda 
    haydovchilarning ish vaqti 7 soat, dam olish va bayram kunlari oldidan 6 soatdan 
    oshmasligi kerak. 
    Avtokorxonada haydovchilar ishini tashkil qilishda faqat bir ish kunigina emas, 
    balki haftadagi ish vaqtida ham me’yorlangan vaqtga amal qilish ancha qiyin. 
    Shuning uchun ham ko‘pchilik holatlarda avtotransport korxonasi ma’muriyati 
    kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda haydovchiga boshqa ish kuni vaqtini 
    belgilaydi. Bunda smenadagi ish vaqti 12 soatdan oshmasligi lozim. Haydovchilar ish 
    vaqtini nazorat qilish uchun kunlik va oylik ish kuni hisobi yurtiladi. Yuk tashish 
    sharoitlarini hisobga olib avtotransport korxonalarida haydovchilar oylik ish kuni 
    hisobi keng tarqalgan. Oylik ish vaqti fondidan oshgan ish soatlari me’yordan oshgan 
    soatlar deb yuritiladi. Qonunda belgilanishicha, me’yordan oshgan soatlar soni bitta 
    haydovchi uchun ketma ket 2 ish kuniga 4 soatdan, bir oyda 10 soatdan va yiliga 120 
    soatdan oshmasligi kerak. 
    Avtotransport korxonasi ma’muriyati haydovchilarga qonun asosida tushlik 
    vaqti, dam olish, bayram kunlari va mehnat ta’tiliga chiqarishni rejalashtiradi. 
    Haydovchilarning yo‘nalishidagi ishi bittalangan, ikkitalangan va smena almashinuvi 
    tamoyillari asosida tashkil qilinishi mumkin. Haydovchilar ish vaqtini ish grafiklari 
    yordamida rejalashtirish maqsadga muvofiq.


    597
    Haydovchilarni ishlatish va ular mehnatini tashkil qilish turiga ko‘ra 
    harakatlanuvchi tarkiblardan yo‘nalishda foydalanishning 1; 1,5; 2 va 3 smenali oylik 
    grafiklari tuziladi. 
    Oylik ish grafigini tuzishi uchun haydovchilarning ish kunlarini aniqlash kerak. 
    Haydovchilar ish kunlari oylik ish vaqti kunlik ish vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi. 
    Haydovchilar birinchi ikkinchi jami soatlar 182,7 
    Bunda: – rejalashtirilgan oylik ish vaqti fondi; 
    – avtomobilning smenadagi naryad vaqti; 
    Tt.t – tayyorlov -tugallash vaqti. 
    Rejalashtirilgan oylik ish vaqti fondi quyidagicha aniqlanadi: 
    Bunda: kk – kalendar kunlari soni. 
    Kd – dam olish kunlari soni. 
    Kb – bayram kunlari soni. (sm – smena vaqti haftasiga 6 kunlik – 7 soat) 
    Kbo – dam olish va bayram oldi kunlari soni. 
    Haydovchining oydagi haqiqiy ish vaqti fondi hisobi quyidagicha yuritiladi: 
    Haydovchining bir oydagi me‘yordan oshgan soatlar hisobi quyidagicha 
    aniqlanadi: 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish