• Tayanch so‘z va iboralar
  • -mavzu:Ortish-tushirish punktlari va omborlari




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet348/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    39-mavzu:Ortish-tushirish punktlari va omborlari 
    Reja: 
    1. Ortish-tushirish punktlari; 
    2. Avtomobil va avtopoezdlar ortish yoki tushirish fronti; 
    3. Ortish-tushirish punktlarining o‘tkazishqobiliyati; 
    4. Avtomobillarning harakat vali 
    Tayanch so‘z va iboralar:doimiy punkt, muvaqqat punkt, ortish-tushirish 
    punktlari,yoplama, toretsli, pog‘onali; ortish fronti; o‘tkazish qobiliyati; notekislik 
    koeffitsienti; ish ritmi; harakatlar oralig‘i. 
    Yuk ortish-tushirish punktlari shunday ob’ektki, ularda yuklar jo‘natiladi, qabul 
    qilinadi, tayyorlanadi, saralanadi, saqlanadi, ortiladi, tushiriladi, tegishli xujjatlar 
    rasmiylashtiriladi. Bunday punktlar doimiy va muvaqqat bo‘lishi mumkin. 
    Doimiy punktlarda yuklarni ortish va tushirish uzoq vaqt davomida, muntazam 
    bajariladi. Sanoat korxonalari, savdo-ulgurji bazalar, metallbazalar, elevetorlar va 
    shunday punktlar sarasiga kiradi. Muvaqqat punktlarda yuklarni ortish-tushirish 
    ishlari qisqa muddat davomida yoki goh-goh bajariladi. Bularga don tozalash 
    oqimlari, kichkina qurilish ob’ektlari kabilar kiradi. 
    Ortish-tushirish punktlari hududida maxsus maydonlar bo‘lib, shu ishlarni 
    bajarishga mo‘ljallanadi. Ishlar mexanizatsiya yordamida bajarilishi uchun postlarga 
    tegishli, yuk ko‘taruvchi mashinalar bilan jihozlanadi. Bitta maydon chegarasidagi 
    ortish-tushirish postlari ish fronti deyiladi. U postlar soniga, avtomobillar va yuk 
    ko‘tarish mexanizmlarining gabarit o‘lchamlariga, ularning joylashish sxemasiga 
    bog‘liq. Ortish-tushirish punktlarida postdan tashqari kirib kelish yo‘llari va 
    avtomobillarning manevri uchun maydonlar, yuklarni saqlash va yuzani saralash 
    uchun omborlar, tarozu, xizmat va maishiy xonalar, ortish-tushirish amallarini 
    bajarishdi qo‘llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar bo‘lishi lozim. Ortish-tushirish 
    ishlarining fronti chegaralarida avtomobillar yonlama (1,arasm), taroqli (1,b-rasm), 
    qiya burchakli yoki pog‘onasimon (1,v-rasm) sxemalar bilan qo‘llanadi. 1-rasm. 
    Avtomobillarni ortish-tushirish postlariga joylash sxemalari a – yonlama, b – taroqli, 
    v – pog‘onali avtomobillarni joylashtirish sxemasini tanlashda omborlarning yuklar 
    hovlis hududida joylashuvi kirib borish yo‘llarining bor-yo‘qligi, ularning joylashuvi, 
    ortish-tushirish mashinalarini eng yaxshi tarzda joylashtirish imkoniyatlari, transport 
    vositalarining turi va sh.i. Omillar hisobga olinadi.
    Avtomobil va avtopoezdlar ortish yoki tushirish fronti chegarasida to‘g‘ri yoki 
    oqimli sistemaga muvofiq harakatlanganda ularni yonlama qo‘yish sxemasi qulay. 
    Bunda manevr qilish kerak bo‘lmaydi, demak bir qism vaqt tejaladi, bundan tashqari, 
    manevr uchun joy ham kerak bo‘lmaydi. Shu bilan birga, bu sxema yukni faqat orqa 
    bort orqali yoki kuzovning orqa eshigi orqali ortganda yoki tushirganda qulay. 
    Avtomobillarni ..... Bilan joylashtirish yuk ramkalari bilan jihozlangan omborlarda 
    ortish-tushirish ishlarida keng qo‘llanadi. Bu sxema frontni qistiradi orqa bort yoki 


    641
    kuzovning orqa eshigi orqali ortish-tushirish ishlari qulay bo‘lishini ta’minlaydi. 
    Noqulayligi shuni, avtopoezdlar uchun ortish-tushirish ishlarini bajarib bo‘lmaydi va 
    avtomobillarning manevriga vaqt ketadi. 
    Pog‘onali joylashtirishda ortish-tushirish mexanizmlaridan foydalanish qulayligi 
    ko‘p. Ortish (tushirish) fronti Lf taxminan quyidagicha hisoblanadi: yonlama 
    joylashtirishda: taroqli joylashtirishda: bu erda: A – ortish-tushirish ishlarida bir 
    vaqtda band bo‘lgan avtomobillar soni 
    Ortish-tushirish punktlarining o‘tkazish qobiliyati. Punktlar, avtomobillar, ortish 
    tushurish ishlarida eng kam vaqt sarflashini ta’minlash kerak. Ortish va tushirish 
    punktlarining muhim parametrlaridan biri ularning o‘tkazish qobiliyatidir. Bu 
    qobiliyat vaqt birligi (odatda, 1 soat) ichida ortish yoki tushirish ishlari bajarilgan 
    transport vositalarining maksimal soni (yoki yuklar hajmi, t) bilan o‘lchanadi. 
    Punktning o‘tkazish qobiliyati avtomobillarning ish unumiga kata ta’sir o‘tkazadi va 
    punktlar soniga bog‘liq. Postning o‘tkazish qobiliyati M quyidagicha aniqlanadi: 
    tonna bilan o‘lchangan yuk hajmida; transport vositalari sonida; bu erda: t - 1t yukni 
    ortish yoki tushirish vaqti, soat; 
    Q – avtomobilningyuk ko‘tarishi, t; 
    Γ – avtomobilningyuk ko‘tarishdan foydalanish koeffitsienti
    Ηn – avtomobilning ortish yoki tushirish postiga notekis kelish koeffitsienti, u 
    avtomobillar, ortish-tushirish punktlar ishi tashkil qilinishiga bog‘liq, 1,0...2,0 qabul 
    qilinadi. 
    Notekislik koeffitsienti avtomobillarning ortish (tushirish) punktiga kelish 
    grafigidan o‘rtacha og‘ish vaqtlari yig‘indisini va punkt ishi ritmini shu punktning 
    grafik bo‘yicha ritmiga nisbati orqali topiladi. Masalan, avtomobillarning kelish 
    grafigidan og‘ishi o‘rtacha vaqti (kelish grafikdan hamma og‘ish vaqtlarining jami 
    hamma vaqtini bir soat (smena va boshq.) Davomidagi kelishlar soniga nisbati bilan 
    aniqlanadi) 5 min., punktning kelish koeffitsienti 5+10 / 10 = 1,5 bo‘ladi. Postning 
    o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha uning smenadagi yoki sutkadagi unumdorligi topiladi: 
    bu erda: T – postning bir smenada ishlash vaqti, s. O‘tkazish qobiliyatlari bir xil 
    bo‘lgan N ta postlari bir ortish-tushirish punktining o‘tkazish qobiliyati: P=MN. 
    O‘tkazish qobiliyatlar har xil bo‘lganda:

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu:Ortish-tushirish punktlari va omborlari

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish