Universal(bortli) avtomobil va samosval (o‘zi ag‘daruvchi yoki o‘zi




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/416
Sana19.12.2023
Hajmi6,3 Mb.
#123984
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   416
Bog'liq
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

2. Universal(bortli) avtomobil va samosval (o‘zi ag‘daruvchi yoki o‘zi 
ortuvchi) avtomobillardan foydalanish 
Samosval 
avtomobilini 
ishlatishda 
yukni 
tushirish 
jarayoni 
mexanizatsiyalashadi, o‘zi ortqich avtomobillar (samapogruzchiklar) qo‘llanilishida 
esa yuklarni ortish va tushirish ishlarini mexanizatsiyalash hisobiga, bunday 
operatsiyada ishlovchilar mehnati engillashtiriladi. 
Samosval va o‘zi ortuvchi avtomobillardan foydalanishda uning ortish va 
tushirish operatsiyalarida turish vaktlarining keskin qisqarishi va tashish jarayonining 
o‘zida esa ko‘proq bo‘lishi hisobiga ular unumdorliklari anchaga oshadi. 
Samosval yoki o‘zi ortg‘ich avtomobillarining qo‘llanilishi o‘rnatilgan ortg‘ich 
yoki samasval mexanizmlarining ayni bazadagi avtomobilga nisbatan yuk ko‘tarish 
qobiliyatining kamayishi hisobiga ular unumdorligini kamaytiradi. Demak, 
avtomobilning ortish va tushirish operatsiyasida turish vaqtining kamayishi hisobiga 
uning unumdorligi oshsa, yuk ko‘tarish qobiliyatini bir muncha kamayishi esa 
ularning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samosval yoki o‘zi ortuvchi 
avtomobillarni qaerda ishlatish maqsadga muvofiqligini aniq bilish lozim.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, universal bortli avtomobil va samasval 
avtomobillarini ishlatishning shunday tashish masofasi borki, unda ular 
unumdorliklari o‘zaro teng bo‘ladi. Bunday masofani teng baholi masofa deb ataladi. 
Demak, universal bortli avtomobil va samasval yoki o‘zi ortuvchi avtomobillarni 
o‘rtasidagi tanlovni yuqorida keltirilgan teng baholi masofani aniqlashga qaratiladi. 
Teng baholi masofani aniqlashda transport vositalarining bir soatli 
unumdorligidan foydalanamiz. 
Universal bortli avtomobillarda «b» indeksini va samosval avtomobillarda esa 
«s» indeksini ishlatamiz. 
Demak, universal bortli avtomobil uchun: 

Download 6,3 Mb.
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   416




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Universal(bortli) avtomobil va samosval (o‘zi ag‘daruvchi yoki o‘zi

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish