506
- kam xarajatli (arzonroq) va usti ochiq transport
vositalari turidan foydalanish;
-taralash sarfini kamaytirish hamda tashilayotgan yuklarning sifatliroq
saqlanishi.
Konteyner
va tagliklarni sotib olish, ta’mirlash va saqlash ko‘p xarajatlarni
talab etadi.
Bundan tashqari, ularning o‘z og‘irligi hisobiga transport vositalarining
ko‘taruvchanligi yoki sig‘imidan foydalanish birmuncha kamayadi.
Konteyner va
tagliklar bo‘shatilgandan so‘ng ularni yuk ortish punktlariga qaytarish lozim bo‘ladi.
Shularga qaramay, yuk tashishda konteyner va tagliklarda paketlab tashishniamalda
joriy etish transport xarajatlarini ancha kamaytiradi va har xil transport turlarida yuk
etkazib berishning eng ilg‘or usullaridan hisoblanadi.
Konteynerlarda
tashishning eng ko‘p tarqalgan sxemalari:
- konteynerni tv dan tushirmasdan yoki yukli konteynerni tushirib qoldirib yoki
bo‘shatilganlarini boshqa bekatlarga qaytarish;
- ikkala yo‘nalishda ham yuklangan
konteynerlarni tashish;
- konteynerlarni avtomobildan tushirmay bajariluvchi tashish ishlari. Ular yuk
oqimlari kichik va ularni qabul etuvchilarda ortish-tushirish mexanizmlari yo‘q
joylarda ishlatiladi.