• Harakat tezliklari.
  • Transport vositalarining marshrutlardagi ish rejimi




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet251/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Transport vositalarining marshrutlardagi ish rejimi, ya’ni ish (t
    ish
    ) vaqti 
    soatlarda o‘lchanuvchi ularni avtotransport saroyinazorat joyidan ishga chiqib ketib, 
    ish nihoyasida yana saroyga qaytib kelib yuqoridagi nazorat joyidan o‘tishgacha vaqt 
    tushuniladi. Bunda aytilgan vaqtdan tushlik uchun berilgan vaqt chegirib tashlanadi. 
    Avtomobillarni ishda bo‘lish vaqtlari, ularni ayni marshrutda bo‘lish vaqtlari 
    (t
    m
    ) va nolinchi qatnov harakatiga zarur vaqt yig‘indisidan iborat bo‘ladi: 
    T
    ish
    = t
    m
    + t

    , soat [36] 
    O‘z navbatida yuk avtomobillarni marshrutda bo‘lish vaqti quyidagi vaqtlar 
    yig‘indisidir: 
    T
    m
    = t
    x
    + t
    o-t
    + t
    bt
    , soat[37] 
    Harakat tezliklari.Transport vositasi unumdorligi avtomobil harakat tezligi 
    bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Harakat tezligi avvalo avtomobilning tortish-
    dinamik sifati va uning texnik holatiga bog‘liqdir. Bundan tashqari harakat tezligi 
    yo‘l-iqlimiy sharoitlar, yo‘llarda harakatning intensivligi (zichligi), haydovchilar 
    к
    Q
    к
    Р
    ўрт
    l

    юк
    l
    a
    q
    юк
    l
    a
    q
    к
    Q
    к
    Р
    ўрт
    l






    470
    malakasiga bog‘liqdir. Har qanday sharoitda ham belgilangan harakat tezligi harakat 
    xavfsizligi va ish ta’minlashi lozim. 
    Yo‘l sharoitlari ichida harakat tezligiga ko‘proq ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarga 
    yo‘l harakat qismining kengligi, harakat intensivligi, yo‘l qoplamasi holati, ko‘rinish 
    sharoiti, yo‘l egrisi radiusi, nishablik uzunligiva ahamiyati, transport harakatini 
    tartibga solishni takomillashtirishlar kiradi. 
    Kunduzgi vaqtga ko‘ra tundagi harakat tezligi odatda 5-10 % ga kamroq 
    bo‘ladi. 
    Harakat sharoiti zich (intensiv) bo‘lgan yirik shaharlar va ular atrofidagi 
    avtomobillar harakat tezligi, ulardan transport oqimlari umumiy tezligiga bog‘liq 
    bo‘ladi. 
    Avtomobillarda yuk tashishda transport vositasi harakat tezligi va 
    ekspluatatsion tezliklar farqlanadilar. Avtomobillar eng katta tezligi tushunchasi ham 
    farqlanadi. 
    Texnik harakat tezligi (v
    t
    ) ni avtomobillar bosib o‘tgan yo‘llarining (l
    um
    ), bular 
    bosib o‘tgan yo‘lga ketgan harakat vaqti (t
    x
    ) nisbati qilib aniqlanadi: 
    Yakka avtomobil uchun v
    t
    = l/t
    x
    , km/soat; 
    Avtomobillar saroyi uchun v
    t
    = l
    um
    /at
    x
    , km/soat. 
    Harakat texnik tezligini hisoblashda, yo‘l harakatini tartibga solish bilan 
    bog‘liq juda qisqa vaqt yo‘lda to‘xtashlar (svetoforli yoki oddiy chorraha, temir yo‘l 
    shahobchalaridan o‘tish) va shu kabilar harakat vaqtiga qo‘shiladi. 
    Hozirgi davr avtomobillari yuqori darajali tortish-dinamik sifatlarga ega bo‘lib, 
    ular miqdori eski modelli avtomobil ko‘rsatkichlaridan ancha yuqorida. 
    Hozirgi davr har xil yuk ko‘tarish qobiliyatli avtomobillar bir xil yo‘l 
    sharoitlarida taxminan o‘zaro teng tezlik bilan harakatlanadilar. Shuni hisobga olib 
    shahardan tashqaridagi yo‘llardagi harakat tezliklari і,іі va іііguruhli yo‘llarda ular 
    yuk ko‘tarish qobiliyatlaridan qat’iy nazar bir xil me’yorda belgilanadi. 
    Shahar 
    ichi yo‘llarining to‘shamasi (qoplamasi)dan qat’iy nazar yuk avtomobillari uchun 
    hisobiy harakat tezligi: yuk ko‘tarish qobiliyatlari 7 t (sisternalarda 6t) gacha qadar - 
    25 km/soat; yuk ko‘tarish qobiliyati 7 t va undan ortiq bo‘lsa - 24 km/soat 
    me’yorlanadi. Katta shaharlar chegarasidan 10 km tashqaridagi yo‘llarda ham 
    yuqoridagi hisobiy me’yor qo‘llaniladi. Kichik shahar va aholi ko‘p yashovchi 
    joylarda esa faqat ular chegarasi ichidagina aytilgan hisobiy me’yor qo‘llaniladi. 
    Ekspluatatsion tezlik (v
    e
    ) miqdori transport vositasining butun ish davomida 
    umumiy bosib o‘tgan masofasini (l) o‘sha davr (ishdagi) vaqti (tm soatda) ga nisbati 
    qilib aniqlanadi: 
    Bir avtomobil uchun v
    e
    = l/t
    ish
    , km/soat 
    Avtomobillar saroyi uchun v
    e
    = l
    um 
    /at
    ish
    , km/soat 
    Yuqoridagiga ko‘ra avtomobilning ishda bo‘lgan vaqti quyidagi tenglama bilan 
    aniqlanadi: 
    T
    ish
    = l/v
    e
    , soat[38] 


    471
    Formulalardan ko‘rinib turibdiki, ekspluatatsiya tezligi aniq yo‘l sharoitidagi 
    harakat texnik tezligi, ayni ish bo‘g‘inida o‘rtacha yukli qatnov masofasi, yo‘ldan 
    samarali foydalanish koeffitsienti va transport vositasining marshrutda to‘xtab turish 
    vaqtlariga bog‘liq ekan. 
    Ekspluatatsion tezlik harakat tezligidan (taxminan 10-30% ga) kam bo‘ladi. 
    Ekspluatatsion tezlikmiqdoriga tashish masofasi katta ta’sir etadi. Bu masofa 
    qanchalik kichik bo‘lsa, avtomobilning marshrutdagi vaqti (t
    m
    ) ga to‘g‘ri keluvchi 
    yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish va tushirish hamda marshrut nihoyasida to‘xtab 
    turishi yoki yuk ortish-tushirish operatsiyalarida to‘xtab turishiga to‘g‘ri keluvchi 
    vaqt ulushi ko‘p bo‘lishi hisobiga, ekspluatatsion tezlik shunchalik kichik bo‘ladi. 
    Demak, tashish masofasi katta, ayniqsa viloyatlararo (shaharlararo) tashishlarda 
    ekspluatatsion tezlik shahar ichi tashishlarga nisbatan ancha katta bo‘ladi, uning 
    miqdori harakat tezligiga yaqinlashib keladi. 
    Yuk tashishda ekspluatatsion tezlik darajasi oshishi yoki kamayishi bosib 
    o‘tilgan yo‘ldan samarali foydalanish koeffitsienti miqdoriga qarab o‘zgaradi. Ayni 
    koeffitsientni yuqori bo‘lishi, yukli qatnovlarni ko‘pligiga bog‘liq bo‘lib, transport 
    vositasining ortish-tushirish operatsiyalari ko‘p bo‘lishi bilan bog‘liq ekspluatatsion 
    tezligi kamayadi. Bundagi kamayish salbiy hol emas, chunki ekspluatatsiya tezligi 
    kamaygani bilan, tashilgan yuk hajmi ko‘payadi. Shuning uchun ekspluatatsiya 
    tezligini baholashda, transport vositasini ishlash aniq sharoitlari hisobga olinib, ular 
    unumdorligi hisoblanishi zarur. 
    Ekspluatatsiya tezligini oshirish uchun yuk ortish-tushirish ishlariga 
    belgilangan vaqt me’yorlarini qisqartirish, unumsiz turib qolish sabablarini 
    o‘rganilib, ularni yo‘qotish yoki kamaytirish, harakat texnik tezligini oshirish zarur. 
    Bunday ishlar ko‘pincha tashishdagi tashkilotchilikka bog‘liq. 
    Avtomobillarning eng katta cheklangan tezligi deb yo‘l harakati qoidalariga 
    ruxsat berilgan tezlik tushuniladi. Bunday tezlikni cheklanishi harakat xavfsizligi va 
    muntazamligi bilan bog‘liq. Uning miqdoriga harakat jadalligigi, yo‘l va iqlim (ob-
    havo) sharoitlari ta’sir etadi. 
    Nazorat savollari: 
    1. Avtotransport saroyi deganda nimani tushunasiz? 
    2. Avtosaroy quvvati qanday aniqlanadi? 
    3. Avtosaroy tarkibi deganda nimani tushunasiz? 
    4. Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsientlari nechta turga bo‘linadi? 
    5. Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffientini oshirish uchun qanday 
    tadbirlar qo‘llash mumkin? 


    472

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transport vositalarining marshrutlardagi ish rejimi

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish