327
33-mavzu: Osmalarning vazifasi va turlari
Reja:
1.Osmalarning yurish qismidagi zaruriyati va vazifasi.
2. Osmalarning turlari.
3. Oldingi o‘q osmalarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
4. Ketingi o‘q osmalarining tuzilishi va ishlash principi.
Osma avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov (rama)ni yo‘l
bilan bog‘laydi.
Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turtkilari kuzovga
uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sirni
kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak o‘rtasiga elastik qism (ressora, prujina,
pnevmoballon va boshqalar) kiritish kerak.
Yetakchi g‘ildiraklardan yetaklanuvchilarga
itaruvchi kuchni uzatish va
tormozlanuvchi g‘ildiraklardagi tormoz kuchi yordamida avtomobilning kinetik
energiyasini so‘ndirish uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul
etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur. Yo‘l notekisliklaridan ta’sir etayotgan
turtkilardan hosil bo‘layot- gan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak.
Osmalar tortuvchi
va tormozlovchi kuchlarni, yo‘l notekisliklaridan hosil
bo‘layotgan turtkilarni qabul qilib, me’yoriy darajagacha
kamaytirish hamda
tebranish amplitudasi va davomiyligini kamaytirish vazifasini bajaradi.
Osmalar uchta bo‘lakdan iborat:
yo‘naltiruvchi qism, elastik qism,
so‘ndiruvchi qism
(58-rasm).
Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka transmissiya
orqali keltirilgan burovchi moment Mt dan hosil bo‘lgan
Rt kuchini ramaga
(kuzov) uzatib, ilgarilashga majbur etishi kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism
bajaradi. Bundan tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida
hosil bo‘lgan va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari buruvchi
momentni, hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni (markazdan qochirma,
yondan
ta’sir etgan turtki, qiya tekislikda harakatlanganida og‘irlik kuchining bitta tashkil
etuvchisi) qabul qiladi.
Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan keltirilgan
burovchi momentning itaruvchi Rt kuchi yo‘naltiruvchi qism orqali kuzov
(rama)ni
oldinga suradi, elastik qism yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan
turtkilarni yumshatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga vertikal