321
31-mavzu: Ramaning vazifasi va turlari.
Reja:
3.
3.Tortuvchi-ulovli qurilmaning tuzilishi
Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya,
yurish qismi,
boshqarish tizimlari o‘z vazifasini bajara olishi uchun biror qismga mahkamlanishi
kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yukni va yo‘lovchilarni ham joylashtirish
zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham
kerak.Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga
zarur hamma agregat, uzellarni
joylashtirishi uchun kerak.Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib,
ramasiz konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.
Rama avtomobilning kuzovi, kabinasi, transmissiya agregatlari va h.k. larni
biriktirish uchun kerak. Transport vositasining harakati davrida ramaga ustidagi
yukni og‘irligi, itaruvchi,
burovchi kuch va momentlar, yo‘l notekisliklaridan
uzatilayotgan dinamik turtkilarni qabul qiladi.
Transport vositalaridan yuk avtomobillarining hammasi ramaga ega
(haydovchiga kabinasi ham bor); oliy sinfdagi yengil avtomobillar, hamda ba’zi bir
avtomobilarda ramasi bo‘ladi.
Ramaning umumiy tuzilishi 5.1.-rasmda ko‘rsatilgan.
U asosan bo‘ylama joylashgan ikkita 3,5 lonjeronlardan iborat bo‘lib, ular
ko‘ndalang traversalar 4, 6, 7, 8, 9 bilan mahkamlangan. Lonjeron va traversalar
shtampalab tayyorlangan profillardan iborat.
Traversalar lonjeronlarga parchinlar yordamida
yoki svarka yordamida
mahkamlanadi. Lonjeronlarning 3,5 old qismiga bufer 2 mahkamlangan, ketingi
qismiga esa shatakka olish moslamasi 10 biriktirilgan. Qo‘shimcha, dvigatelni
mahkamlash
uchun tayanchlar, osma va boshqa agregatlarni ushlab turishga
kronshteynlar ham bor. Ramalarning turlari ko‘p bo‘lib, ularning narvonsimon,
umurtqasimon, X ga o‘xshash va h.k. xillari avtomobillarda qo‘llaniladi (5.2. -
rasm).
1.
Ramaning vazifasi
2.
Lonjeronli ramalarning tuzilishi.
Avtomobil ramasining umumiy tuzilishi
1-shatakka olish ilgaki; 2-vamper; 3,5-lonjeronlar; 4,6,7,8,9-ko‘ndalang
to‘sinlar; 10-shatakka olish
moslamasi
323
Avtomobillarni shatakka olish moslamasi (5.3. -rasm, v) qobig‘ 18, qobig‘
qopqog‘i 19, sterjenli ilgak 20, rezinadan iborat elastik element 22 va h.k. dan
iborat. Rezina elastik element 22, 16 va 17 shaybalar bilan biroz siqib qo‘yilgan.
Shatakka olish moslamasi muhofazalovchi ilgak 21 ga ham ega, u ilgak qulfini
o‘z-o‘zidan ochilib ketishidan saqlaydi.