• 2.9.TOKARLIK STANOKLARIDA ISHLATILADIGAN KESKICHLARNING TURLARI Tokarlik keskichlarining bajariladigan operasiyalarga ko’ra turlari va vazifalari.
  • 2.10. PARMALASH STANOKLARINI TURLARI, UMUMIY TUZILISHI VA ISHLATILISHI
  • BOB. III. MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI METALLARGA TERMIK VA MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
  • BUYUMLARNI TAYYORLASHDA ZAGOTOVKANI REJALASH ISHLARI Sortli prokat zagotovkani rejalash.
  • TOKARLIK VINT QIRQISH STANOGILARINI ASOSIY QISMLARI VA KINEMATIK SXEMASI




    Download 13,29 Mb.
    bet6/64
    Sana25.03.2017
    Hajmi13,29 Mb.
    #2250
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

    2.8. TOKARLIK VINT QIRQISH STANOGILARINI ASOSIY QISMLARI VA KINEMATIK SXEMASI
    Maktab o’quv ustaxonalarida asosan TV-4,TV-6 va TV-7 stanoklari ishlatiladi. TV-6 stanoklari asosan TV-4 stanogini takomillashgan bo’lib, staninaga joylashuvchi oldingi va ketingi babakalari, support, fartuk,gitara tezliklar qutisi va boshqa qismlardan iborat.

    Oldingi babka 5 zagotovkani mustahkamlash uchun staninaning chap tomoniga o’rnatiladi va u .zagotovkaniyag aylanma harakatini ta’minlaydi.

    Ketingi babka 11 uzun zagotovkanikg bo’sh uchini tutib turadi. Unga kesuvchi asboblar (parma, zenker, razvyortka) o’rnatiladi. U uchta asosiy qismlar: korpus, pinol va plitadan tuzilgan. Pinolning konussimon chuqurchasiga markazni yoki asbobni o’rnatish mumkin. Zarur bo’lsa, konussimon teshiklarni o’yish uchun ketingi babkanikg korpusi. ko’ndalang yo’nalishda suriladi.

    Support 9 (41- rasm) keskichlarni keskich tutgachga o’rnatish va ularni qo’lda yoki mexanik usulda ishlanayotgan zagotovkaga nisbatan bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda surishga mo’ljallangan. Gitara 4 aylanishni tezliklar qutichasida surish qutichasiga surish uchun xizmat qiladi.Surish qutichasi 3 aylanishni yurish vintiga yoki yurish valiga uzatadi. Uning konstruksiyasi dastgohni kerakli surishga yoki rezbani ochish qadamiga moslashga imkoniya yaratadi.

    Fartuk 12 (42-rasm) supportni qo’lda bo’ylamasiga surishga, shuningdek, yurish valchasi 2 va yurish vintini bo’ylamasiga mexanik usulda surishga mo’ljallangan. Qo’lda surish maxovik yordamida bajariladi. Maxovikning validagi tishli g’ildirak reykali shestern 5 ning valchasiga o’rnatilgan tishli g’ildirakka ilashadi Bu g’ildirak esa staninaga mahkamlangan tishli reyk 7 ga doimiy ilashgan bo’ladi. Mexanik surish yurish valchasi 2 dan sirpanuvchan shpolkaga o’rnatilgan chervyak 9 orqali amalga oshadi. Chervyak g’ildirak 6 ni aylantiradi va harakat kulachok muftasi orqali hamda tishli g’ildiraklar 4 va 8 orqali reyk shesternyasiga uzatiladi. Mexanik surilishni boshlash uchun dasta 13 ni o’ziga tomon burish kerak. Yurish vaqti 11 dan mexanik surish dastasi 12 dan pastga burish bilan bajariladi. Shunda ajraladigan gayka 10 ning ikkala yarmi yurish vintiga birikadi.

    Rezba ochishda tishli g’ildirakni knopka 3 yordamida reykaga ishlashishdan chiqarish lozim. Xavfsiz ishlash uchun dastgohning barcha harakatlanadigan qismlari giloflangan. Keskich tutgich ustidagi ko’tarma ekran 8 va tokarlik patronining g’ilofi 6 elektroblok bilan jihozlangan. Shuning uchun g’ilof va ekran yopiq holatda turganidagina dastgohni ishga tushirish mumkin. Tezliklar qutichasi silindrsimon tishli uzatmalardan iborat bo’lib, ular ham tasmali uzatmalar singari uzatish soni bilan xarakterlanadi. Shpindelning aylanish chastotasini o’zgartirish uchun tezliklar qutichasida tishli g’ildiraklar bloki mavjud bo’lib, ularni valning bo’ylamasiga ariqchalar yoki shponkalar orqali surish mumkin. Tezliklar qutichasining ishlashini kinematik sxemada ko’rsatilgan. (42-rasm). Masalan, TV-6 dastgohining tezliklar qutichasidagi val IV ga tishli g’ildiraklarning ikkita bloki o’rnatilgan.

    Blok 11, 12, 13 ning tishlari va III ga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan tishli g’ildiraklar 3, 4, 5 ga blok 14, 15 esa V valdagi g’ildiraklar 8 va 9 ga ishlashishi mumkin.



    Tezliklar qutichasida shpindel aylanishining revers mexanizmi montaj qilingan. Bu mexanizmga V valdagi bikr o’rnatilgai tishli g’ildiraklar 6 va 7, III valdagi oraliq tishli galdirak 2 hamda VI valdagi qo’zg’aluvchan tishli g’ildirak 10 kiradi. Agar shu shldirak oraliq g’ildirak 2 ga ilashsa, teskari yo’nalishda aylanadi. Dastgohning kinematik sxemasida harakatni uzatuvchi ikkita zanjir bor. Ular: asosiy harakat zanjiri va surish zanjiridir(43-rasm). Asosiy harakat zanjirida aylanish ponasimon tasmali uzatma orqali II valga, 1—3 g’ildiraklarning ilashuvi orqali III valga, 3II g’ildiraklarning ilashuvi orqali IV valga, 9—15 g’ildiraklarning ilashuvi orqali shpindel vali VI ga uzatiladi.

    So’nggi yillarda sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar keng qo’llana boshlandi.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Dasturli boshqarish yordamida asboblar (ishlov berish markazlari) o’zidan o’zi almashinadigan dastgohlar yaratildi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar o’rnatilgan uchastka va sexlar elektron hisoblash mashinalari yordamida ishlaydi. Ana shunday dastgohlar ishining dasturlarida detallari ishlov berish tartibi, dastgoxdagi ishchi organlarning harakati, ana shu harakatlarning tezligi va aniqlash nazarda tutilgan, ya’ni detallarga ishlov berishning texnologik jarayonlari hisobga olingan. Bunday dastgohlar insonning aralashuvisiz ishlaydi.


    2.9.TOKARLIK STANOKLARIDA ISHLATILADIGAN KESKICHLARNING TURLARI
    Tokarlik keskichlarining bajariladigan operasiyalarga ko’ra turlari va vazifalari.

    Ustki va ko’ndalang sirtlarga ishlov beriladigan keskichlar. Detallarga ishlov berish sifati keskichlarning to’g’ri tanlanishiga, konstruksiyalar maqsadga aynan muvofiq bo’lishiga bog’liqdir (44-rasm). Malakali tokar detalning shakli va tuzilishini ko’rishi bilan o’qga ishlov berish uchun qaysi keskichlar kerak bo’lishini bila oladi.



    Keskichlarni tanlash—tokarlik ishida muhim vazifadir.Yo’nish keskichlari kallagining shakliga ko’ra to’g’ri-sterjeni to’g’ri chiziqli (44-rasm, a) va bukilgan—sterjeni chapga egilgan (44-rasm, b) turlarga bo’linadi.O’tuvchi keskichlar (44-rasm, ab) silindrsimon yo’nishga, faskalar hosil qilishga, o’tuvchi tirgakli keskichlar (44-rasm, v) pogonadagi ko’ndalang sirtlarni yunish va ishlashga mo’ljallangan.



    Qiruvchi keskichlar (44-rasm, g) bilan ko’ndalang sirtlarga ishlov beriladi.O’yuvchi keskich (44-rasm, d) yordamida detalning tashqi sirtlarini o’yish mumkin. Konstruksiyasi shunga o’xshaydigan va qirquvchi keskich deb ataladigan asbob (44-rasm, s) detalning ortiqcha qismini qirqib olishda qo’llanadi.. Murakkab keskichlar (44-rasm, z) ishlov beriladigan detalning shakliga o’xshatib yo’nilgan bo’ladi va faqat ko’ndalangiga suriladi.

    Mustahkamlash uchun savollar:



    1. TV-6 dastgohining nomini ayting.

    2. Tokarlik vint qirqish dastgohida bajarish mumkin bo’lgan operasiyalarni va ularga tegishli keskichlarni bilasizmi


    2.10. PARMALASH STANOKLARINI TURLARI, UMUMIY TUZILISHI VA ISHLATILISHI
    Parmalash stanoklari — metall va yog’och buyumlarga silindrik teshiklar ochish, ariqcha va uyalar o’yish, ularga ishlov berish uchun mo’ljallangan stanoklar. Parmalash stanoklarida kesuvchi asboblar (parma, razvyortka, zenker, keskichli kallaklar) shpindelga o’rnatiladi va shu shpindel bilan birga harakatlanadi. Parmalash stanoklarining stolga o’rnatiladigan, radial-parmalash, parmalash-yo’nib kengaytirish va boshqa; bir va ko’p shpindelli; vertikal va gorizontal xillari bor. Radial parmalash stanoklaridan boshqa stanoklarda faqat shpindel qarshisidagi teshik, ariqcha yoki uyalar ishlanadi.
    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Radial parmalash stanoklarida detalning istalgan joyiga teshik ochish mumkin. Unda parmalash kallagi va shpindel asosiy dvigatel, bilan birga traversa bo’ylab siljiydi; traversani alohida dvigatel yordamida gilza bo’ylab yuqoriga-pastga siljitish va kolonna atrofida aylantirish mumkin. Radial stanok plitaga qo’zg’almas qilib mahkamlangan.45-rasmda vertikal parmalash stanogi ko’rsatilgan.

    Parmalash stanoklari har xil konstruksiyada bo’lib, ular NS-12A tipidagi stolga urnatiladigan parmalash stanogi, 2125 yoki 2A125 tipidagi vertikal parmalash stanogi, 2N55 tipidagi radial parmalash stanogi, to’rt shpindelli yoki ko’p shpindelli parmalash stanoklaridir. Chilangarlik o’quv ustaxonalarida NS-12A tipidagi stolga o’rnatiladigan parmalash stanogidan (46-rasm) foydalanish mumkin. Bu stanok diametri uncha katta bo’lmagan (15 mm gacha) teshik va uyalar parmalash uchun mo’ljallangan. O’quv ustaxonalarida bu xildagi stanoklardan kamida ikkita bo’lishi maqsadga muvofiqdir.Ular tuzilishining soddaligi, ishlatilishining osonligi bilan boshqa stanoklardan farq qiladi. Stanokning asosiy uzel va qismlari quyidagilardan iborat: plita (stol) 1. unga kronshteyn yordamida o’rnatilgan ko­lonka 2. Kolonka kronshteynda o’z o’qi atrofida aylana oladi. Bu shpindelni (parmani) plitadan tashqariga burib chiqarish bilan stolga sig’magan detallarni parmalash imkonini beradi.

    Bunday hollarda ish tugagach, kolonkani burib asli holiga keltiriladi va gayka yordamida kronshteynga qotirib qo’yiladi. Kolonka 2 bo’ylab ko’tarish mexanizmi (reykali uzatma) yordamida konsol 3 (xobot) vertikal yo’nalish bo’yicha yuqori ko’tariladi va pastga tushiriladi. Konsol 3 bilan birgalikda elektr dvigatel 4 va shpindel 5 lar ham ko’tariladi. Bu narsa har xil qalinlikdagi detallarni stol ustiga o’rnatib parmalash imkonini beradi. Konsol kerak balandlikka ko’tarilgandan so’ng qotirish vintini burab, kolonkaga mahkamlab qo’yiladi.

    Shpindelning koyasolga nisbatan surilishi dasta 6 bilan boshqariladi va shu yo’l bi­lan patron 8 ga o’rnatilgan keskich asboblar (parma, zenker, razvyortka, zenkovka va boshqalar)ni detalga botirib, kesish ishlari bajariladi. Elektr dvigatel 4 yurgizish knopkasi 7 bilan boshqariladi. Undagi harakat pog’onali shkiv yordamida o’zgartirilib, tasmali uzatma orqali shpindelga uzatiladi. Ish vaqtida ro’y beradigan ko’ngilsiz hollarning oldini olish uchun tasma ihota to’sqichi 9 bilan o’rab qo’yiladi.

    O’qituvchi stolga o’rnatilgan parmalash stanogi haqida quyidagicha texnik ma’lumotlarni beradi. Stanok (47-rasm) asosiy harakatni elektr dvigateldan oladi. Dvigateldan pog’onali shkiv yordamida tasmali uzatma orqali shpindelga aylanma harakat uzatiladi. Shpindel gilzada aylanadi. Tasmani shkivning tegishli pog’onasiga o’tkazib, aylanish tezligini o’zgartirish mumkin. Tasma taranglash qurilmasi yordamida taranglanadi. Reykali shesternya va gilzaga o’yilgan reyka yordamida shturval bilan parmani qo’lda surish mumkin. Stanok mexanizmlari boshmoqqa presslangan kolonkada joylashgan. Har xil balandlikdagi detallarni parmalash uchun xartum reyka vositasida yuqoriga va pastga suriladi.

    Detal plitaning yuqori o’lchash hisoblangan stolga o’rnatiladi. Parmalash stanogida tas­mali va reykali uzatmalar borligi aytiladi, keyin bu uzatmalarning ishlashi sinab ko’riladi. Elektr dvi­gateldan to parma o’rnatilgan shpindelgacha bo’ladigan harakat kuzatiladi.


    BOB. III. MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI


      1. METALLARGA TERMIK VA MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI


    Metallarni ishlash — metallar va qotishmalarga termik, mexanik, kimyoviy ishlov berishda bajariladigan ishlar majmui hisoblanadi. Metallarni termik ishlash — metall va qotishmalarning xossalarini (ichki tuzilishini) o’zgartirishda qo’llaniladigan operasiyalar: yumshatish, toblash, normallash, bo’shatish, yaxshilash, chiniqtirish, kimyoviy-termik ishlash hisoblanadi.

    Yumshatish — metallarni ma’lum temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada ma’lum vaqt tutib turgach, asta-sekin, ba’zan, pech bilan birga sovitish; bunda metallarning xossalari o’zgaradi. Natijada metallarning bolg’alanuvchanligi va plastikligi oshadi, magnitlanish va boshqa xususiyatlari yaxshilanadi.

    Toblash — metallarni ma’lum temperaturagacha qizdirib, tez sovitish; bunda metallarning bir xil bo’lmagan struktura holatlari mustahkamlanadi. Metallarning xususiyati turlicha o’zgaradi. Masalan, a) tarkibida 1,2% uglerod bo’lgan asbobsozlik po’latining qattiqligi toblash natijasida 200—600 ga (Brinell bo’yicha) oshadi; tarkibida 2% xrom (Gr) bo’lgan magnit po’latning korpositiv (magnitsizlantirish) kuchi toblash natijasida 20—60 erstedga etadi; v) berilliyli bronzaning elastiklik chegarasi toblash natijasida 13 dan 6 kg kuch/mm2 gacha, mustahkamlik chegarasi 55 dan 51 kg kuch/mm2 gacha pasayadi va hokazo.

    Normallash — kam (0,3% gacha) va o’rtacha (0,3—0,6%) uglerodli po’latni, taxm., 800—950°S gacha qizdirib, havoda sovitish; bunda po’lat tarkibidagi yirik donachalar kichrayadi. po’latning mustahkamligi, plastikligi va qovushoqligi oshadi.

    Yaxshilash — termik ishlashning bir turi; 550—650°S temperaturada toblash va bo’shatishdan iborat. Dinamik nag­ruzka ostida ishlaydigan mashina detallari uchun qo’llaniladi.

    Chiniqtirish — metall va qotishmalarni xona temperaturasida ko’p vaqt saqlab (tabiiy chiniqtirish) yoki qizdirib (sun’iy chiniqtirish), ularning strukturasi va xususiyatlarini o’zgartirish. Qattiqligi, mustahkamligi, magnit va boshqa xossalari yaxshi materiallar olishga imkon beradi. Masalan, chiniqtirish natijasida berilliyli bronzaning qattiqligi 5—6 marta ortadi. Metallarni kimyoviy-termik ishlash — metallarni kimyoviy aktiv gaz, qattiq yoki suyuk. Muhitda yuqori temperaturada qizdirish va shu temperturada bir oz sovitish. Bunda metall buyumlar sirtqi qatlamlarining kimyoviy tarkibi, strukturasi va xususiyati o’zgaradi. Bunga azotlash, xromlash, metallash va boshqalar kiradi.

    Metallarni mexanik ishlash — qirindi olish yo’li bilan detallarga turli shakl va o’lcham berish. Metall kesish asboblari (keskich, parma, zenker, rezvyortka, freza va boshqa) va metall kesish stanoklari (tokarlik stanoklari, silliqlash stanogi, randalash stanogi va boshqa) da bajariladi.

    Metal­larni bosim bilan ishlash — metall za­gotovka va buyumlarni qirindi olmay tayyorlash. Metallarning plastikligidan foydalanishga asoslangan.

    Asosiy turlari: prokatlash — metallni aylanuvchi silindr (jo’va)lar orasidan o’tkazish (48-rasm,a); cho’zish — metall zagotovkami o’z o’lchamidan kichik o’lchamli teshikdan tortib o’tkazish (48-rasm, b); presslash—metallni berk silindr teshigidan siqib chiqarish (48-rasm, v); bolg’alash — metallarni bolg’a yoki press bilan ko’p marta va dam-badam urib, zarur shakl va o’lchamga keltirish (48-rasm,g); list shtamplash — list, lenta yoki polosa me­tallni qalinligiga uncha xalal etkazmay deformasiyalash (48-rasm, d); bunda metall puan­son va matrisanshg ish qismiga mos shaklni oladi.



    Hajmiy shtamplash — metall (zagotovka)ning barcha o’lchamlarini o’zgartirib deformasiyalash (48-rasm,e); bunda metall mahsus asbob (shtamp) bo’shlig’i shaklini oladi.

    Toblash - mashinalarning ko’p detallari (po’lat vtulkalar, o’qlar, vallar, dumalash podshipniklari, asboblarning ishchi qismlari) toblash yo’li bilan ishlanadi. Detallarni toblash uchun ma’lum darajadagi haroratda qizdiriladi. Agar metallning butun qalinligi yoki yo’g’onligini toblash zarur bo’lsa, uni birmuncha vaqt ana shu haroratda saqlanadi. So’ngra toblanadigan detalni qisqichlar yordamida ushlab va bug’ qoplami hosil bo’lmasligi uchun aylanma harakatlantirib suyuqlik muhitiga asta-sekin botiriladi Keyin suyuqlikda: suvda, moyda, tuzli eritmada tez sovitiladi. Po’latni qattiqligini oshirish maqsadida toblanadi. Lekin toblash natijasida uning qayishqoqligi kamayadi va murtligi ortadi. Po’latni toblashdagi qizdirish xaroratining darajasi uning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’ladi. Kam uglerodli po’latni yuqoriroq darajada qizdiriladi.

    Toblashda metallni qanchalik tez sovitilsa, uning qattiqligi va murtligi shunchalik yuqori bo’ladi. Qizdirilgan metallni tez sovitish suvda amalga oshiriladi, yanada tezroq sovitish uchun esa osh tuzining mahsus vannaga solingan suvdagi eritmasidan foydalaniladi. Qizdirilgan metall moyda suvdagiga nisbatan sekinroq soviydi. Detalni toblashda sovitish muhitida asta-sekin aylantiriladi va shu bilan uning butun sirti bir maromda sovishini ta’minlanadi. Mashinasozlikda detallarning sirtini toblash keng tarqalgan. Bunday toblash detal yoki asbobning sirtini qattiq qilish imkoniii beradi. Bu usulda detalning ichki qismidagi qayishqoqligi saqlanadi. Sirtni toblash qo’yidagicha amalga oshiriladi. Yuqori chastotali elektr toki yordamida detalning sirtini tez qizdiriladi. Uning ichki qismi esa qizimay qoladi yoki juda kam qiziydi, shuning uchun detalni sovitilganida metallning faqat ustki qatlami toblanadi. Yuqori sifatli toblashni amalga oshirishda mahsus moslama — induktordan foydalaniladi (49-rasm).



    Bo’shatish - toblangan metallning murtligi ortadi va bu x,ol ba’zan uning yorilib ketishiga sabab buladi. Buning oldini olish uchun termik ishlashning bushatish turi qo’llanadi. Detalni toblanganidan keyin bushatish uchun yana qizdiriladi, lekin bu qizdirish ancha past xaroratgacha etkaziladi. Qizdirilgan detalni ma’lum vaqt doimiy xaroratda saqlab, so’ngra asta-sekin sovitiladi. Qizdirish haroratlarga ko’ra bo’shatish yuqori, o’rtacha va past darajada bo’ladi. Yuqori darajada bo’shatish uchun toblangan detallar 500—600°S gacha qizdiriladi. Bushatishniig bu turi asosan metallning egiluvchanligi va qayishqoqligini yaxshilash uchun konstruksion uglerodli po’latlarga qo’llanadi. O’rtacha bo’shatishdan prujinalarni, ressor listlarini, bolg’alar, zubilolar va hokazolarni termik ishlashda foydalaniladi. Buning uchun metall 250—400°S gacha qizdiriladi. Past darajada bo’shatishda detalni 140—245°S gacha qizdiriladi. Past darajada bo’shatish metall qirqish asboblariga: egovlar, arra polotnolari, plashkalar, metchiklarga qo’llanadi. Shuningdek, yuqori darajada qattiq va eyilmasligi zarur detallarning sirti toblanganidan keyin ular past darajada bo’shatiladi. Toblashning sifatini egov bilan tekshirib ko’rish mumkin. Agar buyumning sirti yaxshi toblangan bo’lsa, egoa sirpanadi. Lekin bu usul bilan buyumning qanchalik toblanganini aniq bilib bo’lmaydi. Toblanishning sifatini anikroq bilish uchun dastaki tvyordomerdan foydalaniladi. (50- rasm). Pribor ichiga etalon namuna 1 qistiriladi.

    Bolg`a bilan urilsa, sinalayotgan namunada xam, qattiqligi ma’lum etalon namunada xam mahsus sharcha 2 ning izlari (chuqurchalar) xosil bo’ladi. Keyin ana shu izlarning diametrlari lupa yordamida o’lchanadi. Ana shu diametrlarning qiymatlari taqqoslanib, jadvallar bo’yicha sina­layotgan namunaning qattiqligi aniqlanadi. 50-rasmda sinash usuli va 51- rasmda sinashning sxemasi tasvirlangan.

    Sanoatda toblangan po’latlarning qattiqligi brinelli usuli bilan mahsus priborlarda toblangan po’latga sharchani botirib, shuningdek, Rokvell usuli bilan (sharcha urniga 120° li burchak xosil qilib charxlangan olmos konusni botirib) aniqlanadi. Sizlar ushbu mashg’ulotda amaliy ish sifatida o’zingiz o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalardan foydalanib chilangarlik zubilosini toblashingiz lozim. Buning uchun shu asbob qanday ashyodan tayyorlanganini, uning qaysi qismlari toblanishini, qay darajada qizdirilishini, qanday muxitda sovitilishini, zubiloning toblangan qismlari qanday bo’shatilishini bilishingiz zarur. Qo’yida zubiloni termik ishlashning tafsiloti berildi. Ish o’rniga: zubilo, qisqich, mufel pechi, suv solingan vanna, qo’lqoplar, ko’zoynak va egovni taxt qilish.

    Ishlarning tartibi:



    1. Jadvaldan ana shu zubiloni yasalgan po’latning markasini va marka buyicha uning tarkibidagi qancha foiz uglerod borligini aniqlash.

    2. Grafikdan zubiloni toblash uchun necha daraja haroratda qizdirish kerakligini bilib olish.

    3. Zubiloning ishchi qismini pechda kerakli haroratgacha qizdirish. Agar pechda faqat ishchi qismini qizdirib bo’lmasa, zubiloning xammasini qizdirish.

    4. Zubiloni qizdirilgan haroratda to’rt daqiqa pechda saqlash.

    5. Zubiloni qisqich bilan pechdan olib, uning ishchi qismini vannadagi suvga botirish va uning atrofida suvning qaynashi to’xtagunicha aylantirib turish.

    6. Zubiloni suvdan olib tezda qirralarini egov bilan tozalash. Bunda tozalanmagan sirtining rangini kuzatish.

    7. Zubilo sirtida binafsha rang paydo bilishi bilan uni suvga botirish va batamom sovigunicha ushlab turish.

    8. Zubiloni charxda charxlash.

    9. Zubiloni sinash uchun tiskiga po’lat parchasini kis­tirish va kesib kurish.

    10. Zubiloning ishchi qismini tekshirish va termik ishlashning sifatini aniqlash, so’ngra zubiloni o’kituvchiga topshirish.

    Mustaxkamlash uchun savollar:

    1. Siz po’latlarni termik ishlashni qanday tushunasizq

    2. Yumshatishning moxiyati nimaq

    3. Po’latdan yasalgan buyumlar nima uchun toblanadiq Qanday asboblarga toblash usuli bilan ishlov beriladiq

    4. Toblangan detallar nima uchun bo’shatiladi va bushatish jarayonining mohiyati nimaq

    5. Termik ishlashda qanday moslama va asboblardan foydalaniladiq

    6. Po’lat -buyumlar yumshatish, toblash va bo’shatishning harorat rejimlarini aytib bering.

    7. Detallariing sirtini toblashni qanday tushunasiz va bu ish qanday amalga oshiridadiq

    8. Toblangan detallarning qattiqligi qanday yul va qaysi asboblar bilan aniqlanadiq

    9. Termik ishlashda xavfsizlix texnikasining kanday qoidalariga rioya qilish kerakq

    10. Chilangarlik zubilosini toblashning tartibini tushuntiring.




      1. BUYUMLARNI TAYYORLASHDA ZAGOTOVKANI REJALASH ISHLARI


    Sortli prokat zagotovkani rejalash.

    Sortli metalldan yasaladigan buyumlarni rejalash o’zining alohida xususiyati bilan shakli yassi buyumlarni rejalashdan. farqlanadi. Sortli metallning mana shu xususiyati ko’proq hajmli shaklda bo’lishidir. Shuning uchun sizlar ushbu mashg’ulotda sortli metall zagotovkani rejalashda o’zingiz



    (5-sinfdan) biladigan rejalash asboblaridan tashqari, Anshlagli go’niya va keng tovonli go’niya kabi rejalash asboblari (52-rasm) bilan ham tanishasiz va ulardan foydalanasiz ham sortli metalldan yasaladigan buyumlar­ni fazoviy rejalashda qo’llanadi. Fazoviy rejalash tekislikda emas, balki fazoda amalga oshiriladigan rejalashdir. Bunda prizmalar, turli tagliklar (52-rasm) kabi har xil moslamalardan foydalanish mumkin.



    Mazkur rasmda kesimi doira sortli metallda tik chiziqlarni rejalash usuli tasvirlangan. Valik turgan prizma ham, keng tovonli go’niya ham rejalash plitasiga qo’yiladi. Valikning prizma ustida 90° burilishi uning kundalang kesimi yuzasida perpendikulyar chiziqlar o’tkazish imkonini beradi. Mana shu usul bilan kesimi doira sortli metall zagotovkalarda, jumladan, shponka pazlarida yotiq chiziqlar o’tkazish ham amalga oshiriladi, lekin bunda rejalash xatkashi qo’llanadi. (53-rasm).

    Kesimi doira sortli metallning kundalang kesimi yuzasida aylana, kvadrat, oltikirrani rejalash uchun rejalash sirkulidan foydalaniladi (54-rasm).

    Bu asbob sharnirli biriktirilgan ikkita oyoq va qotirish vintidan tuzilgan. Sirkul bilan rejalash 55-rasmda tasvirlangan.

    Kesimi doira sortli metallning VK chizig’i yoki markazini topish markazla­gich deb ataladigan, moslama yordamida bajarilishi mumkin (56-rasm).

    Kesimi kvadrat, to’g’ri to’rtburchak sortli metallarni rejalashda jag’lari o’tkirlangan va toblangan rejalash shtangensirkulidan foydalanila­di.





      1. Download 13,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 13,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TOKARLIK VINT QIRQISH STANOGILARINI ASOSIY QISMLARI VA KINEMATIK SXEMASI

    Download 13,29 Mb.