• 1.3. RANGLI METALLARNING QOTISHMALARI Rangli metall qotishmalaridan quymalar ishlab chiqarish.
  • Qalayli bronzalar
  • Qalaysiz bronzalar
  • 6-cинфлар учун




    Download 13,29 Mb.
    bet2/64
    Sana25.03.2017
    Hajmi13,29 Mb.
    #2250
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

    Ligerlangan po’latlar

    Uglerodli po’latlar tarkibiga ataylab qo’shiladigan va ularning sifatini (xossalarini) yaxshilaydigan mahsus ele­mentlar—Cr, Ni, W va boshqalar ligerlovchi elementlar deyiladi. Ko’pgina hollarda detal materialidan kutilgan xossalarni uglerodli po’latlar berolmaydi, bunday holda po’lat nshlab chiqarishda unga ma’lum miqdorda ligerlovchi element­lar qo’shilib, ligerlangan po’latlar olinadi. Ligerlangan po’latlarning markasiga va ishlatilish sohasiga ko’ra, bu po’latlarda ligerlovchi elementlarning miqdori turlicha bo’ladi, chunki po’lat tarkibidagi ligerlovchi elementlar shu po’latning xossalariga turlicha ta’sir etadi. Masalan, xrom po’latning qattiqligini, mustahkamlik chegarasini oshirish bilan birga, po’latni yuqori temperaturaga, korroziyaga yaxshi qarshilik ko’rsatadigan qiladi. Volfram po’latni mayda donali qattiq, puxta, yuqori temperaturalarda bu xossalarini saqlaydigan qiladi. Demak, po’latlarga tegishli ligerlovchi elementlardan ma’lum miqdorda qo’shish yo’li bilan zarur xossali po’latlar olinadi.

    Uglerodli po’latlar singari, ligirlangan po’latlar ham GOST ga ko’ra, ligerlangan konstruksioi po’latlar va liger­langan asbobsozlik po’latlariga bo’linadi.

    Ligerlangan konstruksioi po’latlar. Ligerlangan kon­struksion po’latlarda uglerod miqdori 0,55% gacha, ligerlovchi elementlar miqdori esa 5,0% gacha bo’ladi. Bu po’latlar mashinasozlikda, samolyotsozlikda, avtomobilsozlikda va boshqa sohalarda muhim metallar yasashda ko’p ishlatiladi. Ba’zi li­gerlangan konstruksion po’latlarning markalari, ximiyaviy tarkibi va ishlatilish sohalari 4- jadvalda keltirilgan.




    Po’latning nomi

    Po’lat ning

    markasi


    Po’latning ximyaviy tarkibi % xisobida

    Po’latning ishlatish soxalari

    S

    Mn

    Si

    Cr

    Ni

    W

    Ti

    Mo

    V

    Xiromli po’lat

    20X

    0,05
    0,25

    0,05-0,8

    0,17-0,37

    0,7-1,0

    0,4gacha

    -

    -

    -

    -

    Tishli g’ildiraklar mufta kulachoklari eyilishga ishlovchi bir qator boshqa detallar




    40X

    0,4-0,5

    0,05-0,8

    0,17-0,37

    0,7-1,0

    0,4gacha

    -










    Tiraktorning qatiq ishqalanishiga ishlovchi detallar (ketingi g’ildirak uqi va boshqalar)

    Xirom margans-kiremniyli po’lat

    30XGS

    0,25-0,35

    0,8-1,1

    0,9-,12

    0,8-1,1

    0,3













    Mashinalarning tishli g’ildiraklari

    Xirom-nikil-vol-firamli po’lan

    18XNV

    0,14-0,21

    0,25-0,55

    0,37

    1,35-1,65

    4,0-4,5

    0,8-1,2










    Tez aylanadigan vallar VA boshqa muhum detallar

    Kremniyli po’lat

    60S

    0,55-0,65

    0,60-0,90

    0,50-2,0

    0,3

    0,5

    0,15-0,25










    Resora purjina va eliktirik talab qilediga boshqa detallar

    Ligerlangan asbobsozlik po’latlari. Bu po’latlarda uglerod miqdori 1,5% gacha, ligerlovchi elementlar miqdori esa ligerlangan konstruksioi po’latlardagiga qaraganda ortiqroq bo’ladi. Yuqori tezlikda qirquvchi keskichlar, odatda, ligerlovchi elementlari ko’proq bo’lgan ligerlangan asbobsozlik po’latlaridan yasaladi. Bunday po’latlar tezkesar po’latlar deb ataladi.



    Tezkesar po’latlardan yasalgan keskichlar ish jarayonida 500 — 600°S gacha qiziganda ham keskirligini yo’qotmaydi.
    Tezkesar po’latlarning ba’zi markalari va ximiyaviy tarkibi 5-jadvalda ko’rsatilgan.


    Po`latning markasi

    Po`latning ximyoviy tarkibi, % hisobida

    C

    Mn

    Si

    Cr

    W

    V

    Mo

    Co

    P18

    0,70-0,80

    <0,4

    <0,4

    3,8-4,4

    17,5-19,0

    1,0-1,4







    P9

    0,55-0,95

    <0,4

    <0,4

    3,8-4,4

    8,5-10,0










    PK10

    0,75-0,85

    <0,4

    <0,4

    3,6-4,5

    17,5-19,0










    Agar uglerod 1 foizdan ortiq bo’lsa, uni markada ko’rsatilmaydi.Ish jarayonida tig’lari 600°S gacha qiziydigan metall-keskich asboblar (masalan, tokarlik keskichlari, frezalar, parmalar) tezkesar po’latdan tayyorlanadi, Bu po’lat tarkibida 8,5... 19 foiz volfram, xrom, vanadiy va boshqa ligerlovchi elementlar bo’ladi. R12, R9, R18 markali po’latlar eng ko’p tarqalgan bo’lib, R harfi po’latning keskirligini bildiradi. Metallurgiya zavodlarida po’latning markalarini farqlash uchun po’lat chiziqlarining uchlariga marka tamg’alari tushiriladi, shartli ranglar surtiladi. Mahsus ma’lumotnomalar va tegishli GOST lar orqali har qanday po’latning kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari bilan tanishish mumkin.

    Mustahkamlash uchun savollar:


    1. Po’latlar kimyoviy tarkibi, vazifasi va sifati bo’yicha qanday turlarga bo’linadiq

    2. Oddiy po’lat qanday xossalarga ega va undan nimalar tayyorlanadi.

    3. Uglerodli konstruksion sifatli po’latning xossasini, markalanishi va nimalarga ishlatilishini bilasizmi.

    4. Uglerodli asbobsozlik po’latidan qanday maqsadlarda foydalaniladi. Uning tarkibi va qanday markalanishini tushuntiring.

    5. Ligerlangan po’latning asosiy komponentlarini ayting va uning xossalarini ta’riflang.

    6. Ligerlangan konstruksion po’lat qanday maqsadlarda chiqariladi va qanday markalanadi.

    7. Ligerlangan asbobsozlik po’lati qanday markala­nadi va undan nimalar tayyorlanadi.

    1.3. RANGLI METALLARNING QOTISHMALARI
    Rangli metall qotishmalaridan quymalar ishlab chiqarish.

    Mashinasozlikda ko’pgina detallar, jumladan, podshipniklar, tishli g’ildiraklar, nasos korpuslari, armaturalar va boshqalar ish sharoitidagi o’ziga xos talablarga, chunonchi, aktiv muhitlarda kam eyilishi, puxtaligi, engilligi va boshqalarga ko’ra, turli rangdor metallarning qotishmalaridan, ayniqsa, mis, alyuminiy va magniy qotishmalaridan tayyorlanadi.

    Magniy (Magnesium), Mg - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat.
    Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).
    Mis qotishmalarining hammasi ikkita katta gruppaga: bronzalar gruppasi bilan latunlar gruppasiga bo’linadi.

    Mis bilan qalay qotishmasi bronza deyiladi. Quymakorlik korxonalarida foydalaniladigan bronza­lar, o’z navbatida, yana ikki gruppaga bo’linadi; bular qalayli bronzalar gruppasi bilan qalaysiz bronzalar gruppasidir. Ma’lumki, qalay qimmatbaho metall bo’lganligi sababli uni tejash va qotishma xossalarini zarur tomonga o’zgartirish maqsadida qalayli bronza tarkibidagi qalay qisman yoki to’la Zn, Pb, P, Ni, Al, Si va boshqa elementlar bilan almashtiriladi.


    Bronza markalari

    Uzilishdagi mustahkamligi kg/ mm2

    Nisbiy uzayishi

    Qattiqligi N.B kg/ mm2

    Bazi ishlatilish sohalari

    Qalayli bronzalar

    BrOSSN3-7-5-1

    18 (21)

    8(5)

    60

    Daryo suvlarida va bug’da (25 bosimida) ishlovchi armaturalar uchun Antifiriksionli detallar uchun Antifiriksionli detallar uchun Traktor detallar uchun

    BrOSSN3-3-12-5

    18 (21)

    8(5)

    60

    BrOSSN3-6-6-3

    15 (18)

    6(4)

    60

    BrOSSN3-4-4-17

    15

    5

    60

    BrOSSN3-3-5-5

    15 (18)

    6(4)

    60

    Qalaysiz bronzalar

    Br

    (40)

    (20)

    (8)

    Armatura ktulki, tishli g’ildiraklar uchun

    Podshumniklar, nasos korpuslari, gaykalar, salniklar uchun

    Cherpyak patshumniklari, putilkalar, tishli g’ildiraklar uchun

    Yuqori bosimda ishlovchi armature korpuslari, og’ir sharoitda (yuqori nagiruskada) detsallar uchun

    Padshumnik vikladish quymalari uchun


    Br

    40 (50)

    10(12)

    100

    Br

    10-3-1,5


    50

    (12)

    (120)

    Br

    10-4-4,L


    60

    (5)

    (170)

    Br,S 30

    6

    4

    (25)
    Qotishmaga qalay o’rniga qaysi elementdan qancha kiritish kerakligi qotishmadan kutilgan xossalarga bog’liq. Masalan, qotishma tarkibiga qo’rg’oshin kiritilganda, uning antifrik­sion xossalari va kesib ishlanuvchanligi yaxshnlansa, fosfor qo’shilganda kotishmaning quyilish va mexanik xossalari yaxshilanib, kam eyiladigan bo’lib qoladi. 6- jadvalda qalayli va qalaysiz bronzalarning mexanik xossalari va ishlatilish sohalari keltirilgan.

    Jadvalda qavslar ichidagi raqamlar metall qoliplarda olingan quymalarga taalluqli xossalar, qavslar ichiga olinmagan raqamlar esa gilli qum qoliplarda olingan quymalarga oid xossalardir.

    Bronza markalaridagi harflar shu bronza tarkibidagi elementlarni ko’rsatadi. Masalan, O — qalay, Sb —pyx, Pb—qo’rg’oshin, N — nikel, Al —alyuminiy, Ms—marganes, Fe— temir. Raqamlar elementlarga taalluqli bo’lib, ularning qotishmadagi o’rtacha miqdorini prosent hisobida ko’rsatadi, qolgani esa mis bo’ladi. Masalan, Br.OSbPbN-3-7-5-1 markali „Br" bronza deyilgani bo’lib, bu erda qalay (O)—3%, rux (Sb) — 7%, qo’rg’oshin (Pb) — 5%, nikel (N) —1%, qolgani (84%) esa misdir.

    Latunlar. Mashinasozlik sanoatida foydalaniladigan latunlarni ham ikki gruppaga: oddiy latunlar gruppasi bilan mahsus latunlar gruppasiga bo’lish mumkin. Oddiy latunlar mis bilan rux qotishmasi bo’lib, ular quymalar olishda kam ishlatiladi, chunki ularning mexanik xossalari ancha past bo’ladi. Quymakorlikda quymalar olishda, asosan, mahsus latunlardan foydalaniladi. Mahsus latunlar olishda oddiy latunlarga qalay, alyuminiy, nikel, marganes, temir, qo’rg’oshin kabi boshqa elementlar ma’lum miqdorda qo’shiladi.

    Latunlarga qo’shiluvchi elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga ko’ra belgilanadi. Shuni aytish kerakki, mahsus latunlarning xossalari – puxtaligi, qattiqligi kesib ishlanuvchanligi va quyilish xossalari oddiy latunnikidan birmuncha yuqoridir. 7- jadvalda quymalar olishda ishlatiladigan mahsus latunlarning markalari, mexanik xossalari va ba’zi ishlatilish soxalari keltirilgan.




    Latun markalari

    Uzulishdagi mustahkamligi

    Nisbiy uzgarishi b %

    Bazi ishlatilish sohalari

    LA67-2-5







    Ummumiy mashinasozlikda va kema sozlikda koroziyaga chidamli detallar uchun

    LAJMs66-6-3-2

    30(50)

    12(15)

    Yuqori nagruzka sharoitida ishlovchi, jumladan qisish vint gaykalari,chervyak vintlari va boshqalar uchun.

    LAJ60-1-1L

    384(2)

    7(7)

    Armatura, vtulka va padshivniklar uchun.

    LK80-3L

    25(30)

    20(18)

    Daryo suv sharoitida ishlovchi detallar va armaturalar uchun.

    LKS80-3-3

    253(0)

    7(15)

    Vtulka, padshivnik va salniklar uchun.

    LMsS58-2-2

    25(35)

    10(8)

    Padshivniklar, vtulkalar va boshqa antifriksion detallar uchun.

    LMsJ55-3-1

    45(50)

    10(15)

    Kemasozlik armaturalari, yirik detallar (vint, lopastlar) uchun.

    LS39-1L

    20

    20

    Padshivnik vtulkalari kabi metallar uchun.

    Jadvalda qavslar ichidagi raqamlar metall qoliplarda olingan quymalarga, qavslar ichiga olinmagan raqamlar esa gilli qum qoliplarda olingan quymalarga taalluqlidir. Latunlarning markalanishi bronzalarning markalanishidan shu bilan farq qiladiki, latunlarda „Br" emas, balki „L" qo’yiladi, bu esa latun demakdir. Qotishmadagi misning o’rtacha miqdorini birinchi raqam ko`rsatsa, qolgan raqamlar navbatdagi elementlarning o’rtacha miqdorini bildiradi. Rux miqdori ko’rsatilmaydi, u hisoblab topiladi.

    Rangli metallarni qotishmalaridan mashinasozlik, samalyotsozlik, radiotexnika va elektrotexnika sanoatida hamda boshqa sohalarda keng ko`lamda foydalaniladi, ishlatish joyiga qarab har xil rangli metall qotishmalarini olish mumkin.

    Rangli metallarga mis,alyuminiy, ruh, qalay, oltin, ni­kel va boshqalar kiradi. List metallar 0,5 dan 2 mm gacha qalinlikdagi yupqa me­tallardan iboratdir. Metall listlari oq va qopa bo’lib, buning sababi ularning sirtida yupqa qalay qoplami bo’lishi va bo’lmasligidir. Qopa metall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi, yupqa oq metallar esa ko’proq uy-ro’zg’or buyumlari uchun ishlatiladi



    Rangli metallurgiya —og’ir sanoat sohalaridan biri. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaxo metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shug’ullanadi. Rangli metallurgiya sanoatida prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, kimyoviy moddalar, elektrod buyumlar va hokazo tayyorlanadi. Rangli metallurgiya sanoati mahsulotlarn xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llaniladi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metall (mis, qo`rg’oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob kabi) konlari topildi;
    Kumush (lot. Argentum - oq kukun), Ag - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop - IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat.
    jumladan Qoramozor mis qo`rg’oshin-rux koni (1926 yil), Obirahmat, Burchmulla, Oq tuz boyitish korxonalari (1942 yil), To’ytepa kon boyitish f-kasi (1949 yil), Takob, Ingichka, Qo’ytosh, Langar R. m. konlari (1941—45 yillar). Ingichka, Qo’ytosh, Ugom, Qalmoqqir, Navoiy, Angren (ko’mir) konlarida volfram, molibden va qalay aralash holda uchraydi.
    Angren (fors. Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) - Toshkent viloyatidagi shahar (1941 - 46 yillarda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan.
    Qo`rg’oshin va Oltintopgan (1953—55 yillar) konlari asosida 1954 yili Angrenda qo`rg’oshin-pirit rux boyitish fabrikasi, Angren-Olmaliq rayonida Qalmoqqir mis, molibden, pi­rit rudalari koni va ularni boyitish fabrikalari, mis eritish sexi va zavodlari ishga tushirildi (1962 yili). Qo`rg’oshin va Oltintopgan qo`rg’oshin-rux konlari hamda Qalmoqqir mis konlari asosida Olmaliq qo`rg’oshin-rux va mis korxonalari ishga tushirildi (1954 va 1968 yillarda).Qo’ytosh, Ingichka volfram, molibden konlari xom ashyosi asosida Chirchiqda qattiq qiyin eriydigan va issiq bardosh metallar k-ti va boshqa korxonalar mahsulot ishlab chiqarmoqda. 1960- yilarda Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari topildi. Farg’ona vodiysidagi daryo o’zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin tarkibli kvars tomirlar va rudalar mavjudligi aniqlandi.
    Olmaliq - Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida.
    Nurota - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976 yildan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi - Tinchlik (85 km). N. viloyat markazi (Navoiy shahri)dan 85 km.
    Respublikadagi mis, qo`rg’oshin, rux, volfram konlarida oltin, selen, tellur, kumush, oltingugurt, molibden va boshqa nodir metallar uchraydi. Kumush asosan Lashkarak konidan olinadi. Bunday boy xom ashyodan magniy, natriy sulfat, xlor, issiq bardosh magnezit, osh tuzi olinishi mumkin. Angren-Samarqand kon sanoati rayonida kaolin gili va alunit jinsi qatlami ochildi, undan alyuminiy va chinnigil olishda foydalanish mumkin. Angren ko’mirini ochiq usulda qazib chiqarishda ko’p miqdorda kaolin gili olinadi, uning maydoni 100 km , zapasi 10 mlrd.
    Magnezit - karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi - MgCO3. Trigonal singoniyada kristallanadi. Ditrigonal-skalenoedr kristallar, koʻpincha, yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi oq, kulrang , sargish, pushti rang .
    Natriy (arab, natrun, yun. nitron - tabiiy soda; lot. natrium), Na - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor.
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    t. Angren kaolin gilida 33— 34% alyuminiy oksidi borligiga asoslanib, Oxangaronda kaolin gili ashyosini qayta ishlaydigan giltuproq zavodi qurish mo’ljallanmoqda. Bu zavod Angren kaolin gilini qay­ta ishlab, alyuminiy metali ishlab chiqaradi. Respublikada simob va surma konlari za­pasi Farg’ona vodiysining janubi va Zaraf­shon — Hisor ruda rayonida joylashgan bo’lib, ularning soni 50 ga yaqin. Bulardan eng yirigi Sangzor daryosining yuqori qismidagi Qoraso’v (Jizzax vil.) simob konidir. Rangli metallurgiya sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o’zlashtirish hisobiga Rangli metallurgiya ishlab chiqarishni rivojlantirish mo’ljallanmoqda, shu bilan birga yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O’zquloq qo`rg’oshin-rux koni, Surxondaryo vil. da Xondizi kon-boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq metallurgiya kombinatida mis, rux, glfat kislotasi va boshqa yo’ldosh elementlarni eritish ko’paytiriladi. O’zbekiston qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinatida yirik gabaritli molibden va volfram prokati hamda boshqa mahsulotlari ishlab chiqarilishi mo’ljallanmoqda. Rangli metall qotishmalari ham to’rt guruhga bo’linadi.

    Og’ir metallar gruppasigi mis, ni­kel,qo`rg’oshin, qalay, kadmiy, kobalt, mishyak (margimush), surma, vismut, simob (s.

    Mishyak (rus. mish - sichqon, yad - zahar) - q. Margimush.
    Kadmiy (lot. Cadmium), Cd - Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%),mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%),mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%).
    Kobalt (Cobaltum), Co - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58,9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan.
    og’. 5—13,6 g/sm3);

    Engil metallar gruppasiga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berelliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (s. or. 0,53—5 g/sm3)

    Asl metallar grup­pasiga oltin, kumush, platina, osmiy, iri­diy, rodiy, ruteniy va palladiy;

    Nodir metallar gruppasiga volfram, molib­den, tantal, niobiy, sirkoniy, tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gaf­niy, rubidiy, seziy), siyrak er metallar (lan­tan va lantanidlar), radioaktiv metallar (po­loniy, radiy, aktiniy, toriy, uran va transu­ran metallar) kiradi.

    Kerch temir ruda havzasining qo’ng’ir temirtosh, siderit va temirli xlorid konlari sanoat ahamiyatiga ega. Marganes ruda koni ichida cho’kindn oksidli va karbonatli ruda koni diqqatga sazovor (Ukrainadagi Nikopol, Gruziyadagi Chiaturi konlari). Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan xrom konlari magmatik konlar hisoblanadi. Titan rudalari asosli va ishqorli otqindi jinslar bilan bog’liq. Vanadiy rudalari vanadiyli titano-magnetit va cho’kindi vanadiy hamda vanadiyli, o’tqiziqlardan qazib olinadi.

    Metallar (yunon,)oddiy sharoitda yuqori elektr o’tkazuvchanligi, issiq o’tkazuvchanligi , elektr o’tkazuvchanlik tempiratura koeffisentining manfiyligi,elektr magnit to’lqinlarining yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda, kristal tuzilishda bo’ladi. Bug’ holatida esa bir atomlidir. Metallning oksidlari suv bilan birikkanida ko’pincha asoslar vujudga keladi. Metallarning elektron tuzilishi tufayligina yuqorida aytib o’tilgan o’ziga xos xususiyatlariga ega metallar atomlari tashqi elektronlarini osonlikcha beradi. Metallning kristallik panjarasida hamma elektron o’z atomi bilan birikkan bo’lavermaydi.



    Download 13,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 13,29 Mb.