• ALYUMINIY VA MAGNIY QOTISHMALARINI TERMIK ISHLASH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
  • BOB. II. ASBOB USKUNALAR, MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA MOSLAMALAR HAMDA ULARNI ISHLATILISHI
  • 2.2 REJALASHDA ISHLATILADIGAN MURAKKAB UNEVIRSAL ASBOB USKUNALAR TUZILISHI VA ISHLATILISHI
  • 2.3. PAYVANDALASHDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA MOSLAMALAR TEXNOLOGIYASI. To’g’rilash girralari.
  • 2.4. NADFIL VA SHABERLARNI TUZILISHI.
  • 2. 5. CHILANGARLIK VA TOKARLIK ISHLARIDA QO’LLANILADIGAN MOSLAMALAR.
  • Qirindini chiqarib yuborish moslamalari/
  • MAGNIY VA TITAN QOTISHMALARI




    Download 13,29 Mb.
    bet4/64
    Sana25.03.2017
    Hajmi13,29 Mb.
    #2250
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

    1.6. MAGNIY VA TITAN QOTISHMALARI
    Magniy — ximiyaviy element, bel-gisi Mg.at. n. 12, at. m. 24,305. Yaltiroq, kumushsimon-oq juda engil metall. Tabiatda keng tarqalgan. Magniy karbonatlari magnezit va dolomitning nihoyatda katta to’plamlari mavjud, shuningdek kar­nallit ham muhim sanoat xom ashyosi hisoblanadi. Erigan karnallitni elektroliz qilib, dolomitni metallotermik qaytarib va boshqa usullar bilan magniy olinadi.

    Magniy asosan, engil qotishmalari ishlab chiqarishda; metallurgiyada ba’zi metall va qotishmalarni oksidsizlantirish va oltingugurtdan tozalashda, qiyin tiklanuvchan metallar (masalan, titan) xosil qilishda; Magniy kukunining oksidlagichlar bilan aralashmalari yorituvchi va yondiruvchi raketalar, snaryadlar tayyorlashda, kino va fototexnikada yoritish texnikasida; Magniy birikmalari qurilish materiallari (sement, ksi­lolit, fibrolit va boshqa) ishlab chiqarish da ishlatiladi.



    Magniy qotishmalari (magnievie splavi)— magniy asosidagi alyuminiy, rux, marganes, sirkoniy, litiy, siyrak er elementlari va boshqa qo’shilgan quyma va deformasiyalanuvchi qotishmalar. Engil konstruk­siey materiallari bo’lib, ularning zichligi 1480—1810 kg/m3, ya’ni po’latga nisbatan 4 marta, alyuminiy va uning qotishmalariga nisbatan 1,5 marta kichik. Mexanik xossalari yuqori, kesib ishlov berish oson. Magniy qotishmalari aviasiya, raketasozlik, kosmik texni­ka, avtomobil sanoati, kino va fotoapparatlar tayyorlash va boshqada ishlatiladi; magniy qotishmalaridan tayyorlangan detallarni kriogen va yuqori t-ralarda ishlatish mumkin.

    Titan qotishmalari (titanovie splavi)— tarkibida alyuminiy, molibdev, vanadiy, marganes, xrom, qalay, temir va boshqa elementlar bo’lgan titan asosidagi qotishmalar. Mustahkamligi yuqori, zichligi kichik; xona temperaturasi xamda yuqori temperaturalarda dengiz suvi va ba’zi agressiv muhitlarda zanglash va emirilishga turg’unligi bilan xarakterlanadi. titan qotishmalari samolyot va raketasozlik, energetika mashinasozligi, kemasozlik, kimyo sanoati va boshqa sohalarda qo’llanadi.
    ALYUMINIY VA MAGNIY QOTISHMALARINI TERMIK ISHLASH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
    Alyumiiiyning ko’pchilik qotishmalaridan olingan quymalarning fizikaviy-mexanik xossalarini oshirish, ichki.kuchlanishlariga barham berish, oson kesib ishlanadigan qilish maqsadida ular termik ishlanadi. Magniy qotishmalarini termin ishlash uncha samara bermaydi, chunki ularning mexanik xossalarida katta o’zgarish bo’lmaydi.
    Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
    Alyuminiy qotishmalarni termik ishlashda yirik inter metall qo’shimchalar eritiladi va donalarning konsentrasiyasi butun hajm bo’ylab bir tekis qilinadi.

    Termik ishlashda intermetall birikmalar — CuAl2, Mg2Sl, Al3Mg2 va boshqa fazalar erib, toblashda o’ta to’yingan eritma hosil qiladi, buning hisobiga qotishmaning puxtaligi va z.arbga chidamliligi ortadi.



    Qotishma markasi


    Termik ishlanishi


    Cho`zilgan mustahkamligi oz kf\mm2


    Nisbiy uzayishi 6%


    Qattiqligi NV, kg\mm2



    Ba`zi ishlatilish sohalari


    ML 1

    Termik ishlovsiz


    9

    2

    40

    Murakkab bo`lmagan, zich quymalar uchun


    ML 2

    Termik

    ishlovsiz



    9

    3

    30

    Korroziyaga chidamli va payvantlanuvchi oddiy, quyma detallar uchun


    ML 3

    Termik ishlovsiz


    16

    6

    40

    Zichlikni talab etuvchi murakkab bo`lmagan detallar, pompa va nasos korpuslari uchun


    ML 4

    Termik ishlovsiz

    16

    22



    23

    3

    5



    2

    50

    50



    60

    Zarbsiz nagruzkada ishlovchi quyma detallar uchun samalyot dvigitellari,avtomobil qismlari uchun asbob korpuslari, asboblar va shunga o`xshashlar uchun


    ML 5

    Termik ishlovsiz

    15
    22

    23

    2
    5


    2

    50
    50

    60

    Yuqori nagruzkada ishlovchi quyma detallar (dvigatellar asboblar va boshqa konstruksiya detallari) uchun



    ML 6

    Termik ishlovsiz

    Toblangan toblanib, eskirtirilgan


    15
    22

    23

    1
    4


    1

    50
    60

    65


    O`rtacha va yuqori nagruzkada ishlovchi detallar uchun


    ML 7


    Termik ishlovsiz

    16

    4

    56

    Dvigatel va asboblarning ish jarayonida 200 0 C gacha qizuvchi detallar uchun

    O’ta to’yingan va turg’un bo’lmagan qattiq eritmada vaqt o’tishi bilan o’zgarishlar sodir bo’ladi, natijada SiA12 birikmalar ajralishi tufayli qotishmada faqat muvozanat konsentrasiyadagisi qoladi. Bu prosess eskirish (chiniqish) deb ataladi.

    Bu prosess uy temperaturasida borsa, tabiiy eskirish deb, agar yuqoriroq temperaturada olib borilsa, sun’iy eskirtirish deb ataladi.

    Odatda, quyma qotishmalarda eskirish prosessi uy temperaturasida sekin borganligidan ular 150—180°S temperaturada 10—20. soat davomida tutib turish yo’li bilan eskirtiriladi.8- jadval

    Ko’pgina hollarda toblash natijasida erishilgan xossalar etarli bo’lsa, qotishma eskirtirilmaydi. Agar qotishma toblanganda uning puxtaligi etarli bo’lmasa, bu qotishma eskirtiriladi, natijada puxtaligi ortib, plastikligi bir oz pasayadi.
    BOB. II. ASBOB USKUNALAR, MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA MOSLAMALAR HAMDA ULARNI ISHLATILISHI
    2.1. METALLARGA ISHLOV BERISHDA ISHLATILADIGAN O’LCHASH, REJALASH VA QAYD ETISH ASBOBLARI XAQIDA
    Shtangensirkul (2-rasm) universal o’lchov asbobi bo’lib, uning yordamida chiziqli o’lchamlarni, tashqi va ichki o’lchamlarni, chuqurliklarni o’lchash, tayyor detal va buyumlarning o’lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajari-ladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nu­tromer, chuqurlikni o’lchaydigan asbob (shtaigen-glubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida foydalanish mumkin. Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo’lgan o’lchamlarni o’lchash imkonni beradigan, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo’lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. O’quv ustaxonalarida 300 mm gacha o’lchash imkonini beradigan shtangensirkullar ishlatiladi.

    Aniqlik darajasi, 0,1 mm bo’lgan shtangensirkul (2-rasm, a) millimetr masshtabli shtanga 8, qo’zg’almas jag’ 2, 3, qo’zg’aluvchi jag’ 1, 4, noniusli ramka 6, qotiruvchi vint 5, nonius 9 va sterjens 7 day iborat. Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bo’lib, u 10 ta teng bo’lakka bo’lingan. Demak, noniusning har bir bo’limi 9 mm : 10-0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bila mos kelsa, uning o’ninchi chizig’idan tashqari hech bir chizig’i shtanga chizig’i bilan mos kelmaydi (bir to’g’ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning o’ninchi chizig’i shtanganing to’qqizinchi chizig’iga mos keldi.

    Shunday qilib, noniusning bir chizig’i shtanganing bir chizig’iga 0,1 mm etmaydi, noniusning ikki chizig’i shtanganing ikki chizig’iga 0,2 mm, uch chizig’i 0,3 mm va xokazo etmaydi. SHS-markali shtangensirkul tuzilishi quyidagi 2-rasmda tasvirlangan. Noniusning nol chizig’i shtanganing nol chizig’idan o’tib, birinchi chizig’iga etmagan bo’lsin. Noniusning oltinchi chizig’i shtanga chizig’iga mos kelsin. Bu holda hisob 0,6 mm bo’ladi. Ikkinchi o’lchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig’idan o’tgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6- chizig’i shtanga­ning ixtiyoriy bir chizig’iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. Bu holda shtangensirkulning ko’rsatishi 25,6 mm. Aniqlik darajasi, 0,05 yoki 0,02 mm gacha bo’lgan shtangensir­kul 3-rasmda ko’rsatilgan.

    Shtangensirkuldan ichki va tashqi diametrlarni o’lchashda foydalaniladi. Shtangensirkul yordamida 0,05— Yu,02 mm aniqlikkacha o’lchanadi. Ulchashda qo’zg’aluvchan ramka harakatlanadi, o’lchash tugagach ramkani mahkamlovchi vint burab mahkamlanadi. Uning tuzilishi 4 -rasmda ko’rsatilgan.



    Mikrometr - skobasiga uning aniqlik darajasi, o’lchash chegarasi va asbobsozlik zavodining muhri tushirilgan bo’ladi. Mikrometr skoba 1, uning bir tomoniga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan tovon 2, ikkinchi tomoniga o’rnatilgan vtulka ste­bel 5 dan iborat.

    Vtulkaga mikrometrik vint-shpindel 3 kiritiladi. Vtulkastebelning tashqi tomoniga millimetrli va yarim millimetrli masshtab shkalali chizilgan. Vtulkaga gil­za-baraban 6 kiyidirilib, uning aylanasi bo’ylab 50 bo’limli nonius darajalangan. Mikrometrik vint qalpoqcha yorda­mida barabanga qotirilib, uning uchiga treshchotka 7 o’rnatiladi. Natijada mikrometrik vint vtulka ichida baraban uning tashqarisida birgalikda buraladi 5 – rasm.

    2.2 REJALASHDA ISHLATILADIGAN MURAKKAB UNEVIRSAL ASBOB USKUNALAR TUZILISHI VA ISHLATILISHI
    Universal burchak o’lchagich (uglomer). Turli xil burchaklarni o’lchash va rejalashda slesarlik go’niyalari va transportir bilan bir qatorda universal burchak o’lchagichlar ham ishlati­ladi. Universal burchak o’lchagichlar UN tipidagi (6- rasm), tashqi va ichki burchaklarni o’lchaydigan va UN tipidagi (7-rasm), tashqi burchaklarni o’lchaydigan turlarga bo’linadi. UM tipidagi burchak o’lchagich 2 gacha aniqlikda o’lchash imkonini beradigan n bo’lgan tashqi burchaklarni o’lchash mumkin.

    Unda yarim doiraviy asos bor, unga lineyka 4, sektor 3 bilan 2 o’q atrofida aylanadigan qo’zg’aluvchi lineyka 10 birlashtirilgan. Qo’zg’aluvchi lineyka 10 ni biror burchakka aniq o’rna tish uchun gayka 7 mikrometrik vint bo’ylab buraladi. Qo’zg’aluvchi lineyka aniq burchakka o’rnatilgandan so’ng stopor 9 bilan sektor 3 asos 5 ga kotirib qo’yiladi. Sek tor 3 ga nonius 8 o’rna tilgan. Nonius shkalasini xosil qilish uchun 29° ga teng burchak olib, uni 30 bo’lakka bo’linadi (7-rasm, b). U holda har ikki qo’shni shtrix orasidagi burchak 60X29:30 = 58' ga teng bo’lib, G dan 2 kichik bo’ladi. Burchak o’lchagich yordamida o’lcham olishda uning nol xolati tekshirib olinadi.




    Rejalash plitasi (8-rasm) asosiy rejalash moslamasi bulib, unga rejalash uchun kerak bo’ladigan barcha reja­lash asboblari, turli moslamalar, rejalanadigan zagotovka va detallar joylashtiriladi. Rejalash plitalari mayda donli kul rang cho’yandan quyish yo’li bilan tayyorlanib, ustki yuzasi va en tomonlari randalash stanogida randalab tekislanadi va silliqlash stanogida silliqlanadi. Rejalash plitalari 100X200, 200x200, 200x300, 300X300, 300X400, 400X400, 450X600 mm li qilib tayyorlanadi va max-sus stol yoki tumbalarga o’rnatiladi. Rejalash plitalari fazoviy detallarni o’lchash va rejalashda o’lcham va rejalarning aniq chiqishini ta’minlash imkonini beradi. Rejalash plitasining sirti hamma vaqt quruq va toza tutilishi kerak.

    Tagliklar (9- rasm) rejalash vaqtida detallarni aniq o’rnatish imkonini beradi, rejalash plitasini tirnalishdan va ezilishdan saqlaydi. Ular rejalanadigan detallarning shakli va o’lchamiga qarab turli konstruksiyada tayyorlanadi. Rejalash ishlarini bajarishda tagliklar va rejalash asboblari reja­lash plitasi ustiga o’rnatiladi.



    2.3. PAYVANDALASHDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA MOSLAMALAR TEXNOLOGIYASI.
    To’g’rilash girralari.

    Metall plastinalarini to’g’rilashda payvandlash moslama giralari ishlatiladi. (10- rasm)



    Payvandlash ishlarini amalga oshirshda har xil chizg’ichlardan foydalaniladi. (11-rasm)

    Payvandlash jarayonida rejalash ishlarini amalga oshirishda rejalash bolg’alaridan foydalaniladi. (12-rasm)

    Shuningdek kvadrat va muxrali qilib, 97-50 navli po’latlardan tayyorlangan chilangarlik bolg’alari ham payvandlash jarayonida ishlatiladi. (13-rasm)

    Payvandlash ishlarini bajarishda bir necha o’quv payvandlash transfarmatrlari, tok o’zgartirgichlar, to’g’rilagichlar, payvanlash simlari, uchliklar, payvanlangan tutashtirgichlar, turli xildagi elektrod tutqichlar, buyumlarga tok keltirish qisqich – strubsinalari hamda materiallardan kam uglerodli po’latdan yasalgan. 250x150x10 mm o’lchamli plastinalar va 3-5 mm diametrli e-42 yoki e-46 elektrodlar kerak bo’ladi. shuningdek payvandalash ishlarini bajarishda brezent kurtkalar, shimlar, bosh kiyimlari va oddiy oinalari, zubilolar, bolg’alar, po’lat cho’tka, to’siq shchitlar hamda niqoblar kerak bo’ladi.

    Gaz alangasida payvandlashda asetilin generatorlari va himoya zatvorlari, kalsiy, karbit – kislorodli va asetilinli ballonlar, reduktor, gorelka, jez ignalar, suv quyilgan idishlar, ximoya ko’zoynaklari, bolg’a, zubilo, po’lat cho’tka, hamda kam uglerodli po’latdan ishlangan 250x150 yoki 6 mm o’lchamli plastinalardan foyladanish mumkin.


    2.4. NADFIL VA SHABERLARNI TUZILISHI.
    Nadfillar (14-rasm). Kichik yuzalarni egovlashda kichik o’lchamli egovlardan nadfillardan foydalaniladi. Ular U12, U12A va U13, U 13A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan 80, 120 va 160 mm uzunlikda tayyorlanadi. Qattiq qotishma, keramik materiallar, shishalarni ishlashda olmos nadfillar ishlatiladi.

    Shaberlar (15-rasm). Sirtlar mayin egovlar bilan egovlanib silliqlanishidan qat’i nazar, unda ma’lum g’adir-budurliklar qoladi. Sirtlarni yuqori darajada silliqlashda shaberlash (qirish) usulidan foydalaniladi. Shaberlash o’tkir qirg’ich-shaber bilan detal sirtidan yupqa qirindi olishdan iborat. Bunda detal sirtidagi notekisliklar, egov yoki boshqa turdagi keskich izlari yo’qotiladi. Bu usul bilan bir-biriga biriktiriladigan detallarning jipsligi va geometikligi ta’minlanadi.


    Detal sirtining shaberlanishi lozim bo’lgan joylarini aniqlash uchun uni yupqa qilib bo’yoq surtilgan tekshirish plitasi yoki lineyka ustiga qo’yiladi va ohista bosib uyoq-buyoqqa suriladi. Bo’yoq tekkan do’ngliklar shaberlanadi. Detal sirtiga bo’yoq bir tekis tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettirilaveradi. Shaberlash aniqligi 25x25 mm kvadrat yuzadagi dog’lar soni bilan o’lchanadi. Masalan, shaberlangan stanina yo’naltiruvchilari, support salazkalaridagi dog’lar soni 10 tadan, aniq ishlaydigan stanoklarda 16 tadan ortiq bo’lmasligi kerak. Podshipniklarda yuzaning 3/4 qismi valga tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi. Shaberlash bilan yuzani 0,005—0,01 mm gacha toza ishlash mumkin.

    Shaberlangan yuzaning juda silliq chiqishini ta’minlash uchun cho`yonlarni quruq holda, mis va po’latlarni esa sovunning quyuq eritmasiga shaberni botirib shaberlash kerak. Shaberlar eski egovlardan yoki U10A va U12A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan har xil shaklda tayyorlanadi.


    2. 5. CHILANGARLIK VA TOKARLIK ISHLARIDA

    QO’LLANILADIGAN MOSLAMALAR.
    Sandon — qizdirilgan metallga ishlov berish (uni bosqon va bolg’a bilan urib yoyish. cho’zish, buklash, qirqish va hokazolar) da uning ostiga qo’yiladigan temir kunda. Asosan, temirchilik, miskarlikda ishlatiladi. Shakli va kattalagi turlicha. Eng kattasi temirchilik sandonidir.

    Bunday sandon katta, chorqirra, tepa qismi keng bo’lib, aksariyat yo’g’on yog’och kundaga, g’o’laga o’rnatiladi. Unda po’lat yoki temirning kattaroq bo’laklari qo’yib bolg’alanadi, ustida ketmon, bel, omoch tishi (poza), tesha, bolta, o’roq pichoq kabi asboblar yasaladi.

    Pichoq - 1) bir tomoni charxlab oʻtkirlangan, plastinkasimon uzunchoq keskir asbob. P. asosan tigʻ va dasta (sop) dan iborat. Tigʻ P.ning kesadigan qismi hisoblanadi. Dastasi (sopi) yogʻoch, suyak, plastmassa va baʼzan temirdan ishlanadi.
    Miskarlikda sandon ishlatiladi. Bunday sandonda, ko’pincha mis idishlar tuzatiladi, pardozlanadi, tekislanadi.

    Sandonning zargarlik, soatsozlik, naxalgarlik, tunukasozlik va boshqa sohalarda ishlatiladigan xillari ham bor. Sandon pishiq po’latdan yasaladi 16- rasm.

    Qirindini chiqarib yuborish moslamalari/

    Metallarni jadal qirqishda qisqa vaqt ichida qattiq qizigan juda ko’p miqdor qirindi hosil bo’ladi, bunda qovushoq metallarni (po’lat, alyuminiy va boshqalarni) yo’nishda uzluksiz lenta shaklidagi qirindi hosil bo’lishi mumkin. Bunday qirindi stanokning ustini bosib ketib, tokarning normal ishlashiga xalaqit beradi, detalga va keskichga o’raladi, detalning ishlangan yuzasini shikastlaydi, keskich kesuvchi qirrasining uvalanishiga sabab bo’ladi, tokarni jarohatlashi ham mumkin.Bunday hol yuz bermasligi uchun, qirindining buralib chiqish va maydalanish choralari ko’riladi, ba’zan, bu maqsadda keskichning oldingi yuzasi charx toshda charxlanib, chuqurligi 0,4—0,7 mm bo’lgan kichikroq pog’ona hosil qilinadi (17-rasm, a), bu pog’onaning eni qirqish chuqurligi bilan surish qiymatiga bog’liq bo’ladi. Bu keskichlar pog’onali keskichlar deb ataladi; ular juda ko’p ishlatiladi.Agar pog’ona o’lchamlari to’g’ri tanlab olingan bo'lsa, bunday keskichlar yaxlit qirindini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib yuboradi. Pog’onali keskichlarning kamchiligi shundaki, ularga ko’p quvvat (20°/o gacha quvvat) sarf bo’ladi, bundan tashqari, qattiq qotishma plastinkasi ham ortiqroq ketadi.



    Mashinasozlik zavodlarida qirindi jingalaklovchi ariqchali keskichlar ko’p ishlatiladi, keskichning ariqchasi oldingi yuzada kesuvchi qirraga parallel vaziyatda bo’ladi (17-rasm, b), Radiusli ariqchalar mahsus elektr uchqun stanoklarida qilinadi; ariqchalarning eni taxminan 2,5—3 mm, chuqurligi 0,1—0,4 mm, radiusi esa 1,5—3 mm bo’ladi. Qirquvchi qirra bo’ylab tig’ni puxtalash uchun tor faska yo’niladi. Oldingi yuza ana shunday tuzilganda yaxlit qirindi ariqcha profilini aylanib o’tib ariqcha kesuvchi qirraga qancha yaqin va uning yuzasi radiusi qancha kichik bo’lsa, shuncha tik jingalaklanadi hamda po’latlarni tozalabroq, va tozalab yo’nishda ayrim qisqa qismlarga shuncha ko`p ajraladi. Bunday keskichlar pog’onali keskichlarga qaraganda kamroq quvvat sarf qiladi, bu keskichlarning ishlash puxtaligi qirqish chuqurligiga va surish qiymatiga kam bog’liq bo’ladi. 0,3 dan 0,5 mm/ayl gacha surish bilan ishlashda qirindi eng yaxshi sindiriladi. Radiusli ariqchasi bor keskichlardan tezkor tokarlar — Bikov, Bortkevich, Biryukov, «Krasniy proletariy» zavodining tokarlari va boshqa tokarlar keng foydalanmoqdalar.

    Qovushoq metallarni jadal yo’nishda qo’yma qirindi sindirgichlardan muvaffaqiyatli suratda foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda qo’yma qirindi sindirgichlarning ko’pgina konstruksiyalari bor.

    Bunday konstruksiyalardan biri 18-rasmda ko’rsatilgan.

    Yasalgan egik sterjen (1) dan .iborat bo’lib, bu sterjen keskichning ustiga qo’yiladi; sterjenning egik uchiga qattiq qotishma plastinkasi (2) kavsharlanadi, Chiqayotgan qirindi plastinkaga tiralib sinadi yoki jingalaklanadi va chetga ketadi, bunda tokarning ishiga xalaqit bermaydi. Bunday kon-truksiyaning kamchiligi shundan iboratki, plastinka (2) keskichning oldingi yuzasiga zich yopishmasa, ular orasiga tor tirqishga qirindi kirib qoladi, buning oqibatida shundan keyin ishlab bo’lmaydi. Bundan tashqari, bu qirindi sindirgichlar quvvatning ortiqcha sarf bo’lishiga olib boradi. Bu qirindi sindirgichlarning katta kamchiligi yana shuidaki, surish va qirqish tezligi, shuningdek, yo’nilayotgan materialning mexanik xossalari o’zgarsa, ular ishlamay qo’yadi. 19-rasmda rostlanadigan qo’yma qirindi sindirgich ko’rsatilgan.

    Bu qirindi sindirgich burchaklik (2) bilan mahkamlangan plastinka (/) dan iborat, burchaklikka bolt (3) yordami bilan qo’yma (4) mahkamlanadi, qo’ymaga qattiq qotishma plas­tinkasi (5) kavsharlangan bo’ladi. Qo’yma (4) da kesik bo’lib, bu kesik qo’ymani burchaklikka nisbatan surishga hamda bolt (3) atrofida burishga imkon beradi.

    Shu tufayli plastinkali qo’ymaning keskich oldingi yuzasiga o’rnatilishida uni balandlik bo’yicha ham, kesuvchi qirrasining qiyalik burchagi bo’yicha ham rostlash mumkin.Qirindi sindirgichning bunday konstruksiyasi qo’yma qirindi sindirgichga qaraganda (20-rasm) ancha universaldir.

    Qo’yma tipdagi eng puxta qirindi sindirgich Moskva aviadiya instituti (MAI) universal qirindi sindirgichidir (21-rasm), bu qirindi sindirgichni metallar qirqish laboratoriyasining o’quv masteri N. I.

    Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.
    Patutin taklif qilgan. Bu qirindi sindirgich 45 markali po’latdan yasalgan va egri chiziqli profili plastinka (1) dan iborat bo’lib, keskich plastinkasi (3) ning ustiga qo’yiladi va keskich (4) ga bolt (2) yordami bilan mahkamlanadi. Qirindi sindirgichning eyilishga chidamliligini oshirish maqsadida uning ish yuzasiga 2—3 mm qalinlikda stellit eritib quyiladi.

    Katta tezlik bilan chiqayotgan k.irindi qirindi sindirgich zonasiga tushadi va uning ish yuzasidan o’tadi. Bu vaqtda qirindi bilan qirindi sindirgich yuzasi orasida bo’ladigan ishqalanish tufayli qirindi tezligini yo’qotadi va, natijada, kichikroq

    (5—10 mm uzunlikdagi) bo’lakchalarga bo’linib sinadi. Qirindi sindirgich ish qismi mahsus profilli bo’lganligidan, qirindi hamma vaqt yo’nilayotgan yuzaga tomon chiqadi, bu hol yo’nilgan yuzaning sifatini yaxshilaydi. O’tkazilgan ko’pdan-ko’p tekshirishlar asosida bu qirindi sindirgichning xilma-xil konstruksion uglerodli va legirlangan po’latlarni, shu jumladan, juda qovushoq po’latlarni ham (20, 30 va boshqa markali po’latlarni ham) 0,25—10 mm chuqurlikda, 0,08—3,0 mm/aylana surish bilan yo’nishda puxta ishlashi aniqlapdi. Bu qirindi sindirgichning afzalligi konstruksiyasining oddiyligi va ishlatilishining qulayligidir. Bu qirindi sindirgich qo’shimcha quvvat sarf qilshni talab etmaydi.

    Qirindini sindirish va jingalaklash uchun injener A.F.Antonov konstruksiyasidagi ekranli sirindi oindirgichdan muvaffaqiyatli suratda foydalanish mumkin. Keskich (U) dan tushayotgan qirindi egri chiziqli ekran (2) ga tiralib snnadi. Surish qiymati qancha katta va qirqish tezligi qancha yuqori bo’lsa, qirindi shuncha yaxshi sindiriladi. Bu konstruksiyadagi keskichning kamchiligi radial kuchlanishning kattaligidir, radial kuchlanishning katta bo’lishi oqibatida keskich titraydi. Shu sababli bunday keskichlar bikir detallarni bikir stanoklarda yo’nishda ishlatilishi mumkin.



    Download 13,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 13,29 Mb.