• Angliya , Avstriya
  • XUNARMANDCHILIKDA TAYYORLANADIGAN PICHOQ TURLARI.
  • PICHOQ TURLARI
  • PICHOQNING TUZILISHI VA UNING BEZAGI. Pichoq uchta qismdan tig’, dasta va qindan iborat. Tig ’
  • PICHOQCHILIK XUNARMANDCHILIGIDA ISHLATILADIGAN MATERIALLAR
  • PICHOQCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASBOBLAR
  • PICHOQCHILIK XUNARMANDCHILIK SA’NATI TARIXI




    Download 13,29 Mb.
    bet9/64
    Sana25.03.2017
    Hajmi13,29 Mb.
    #2250
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64

    PICHOQCHILIK XUNARMANDCHILIK SA’NATI TARIXI.

    Pichoqchilik san’ati deganda biz pichoq yasash kasbini tushunamiz.



    Nodir pichoqlar yasashda o’zbek pichoqsoz ustalarining oldiga tushadigan usta kam topiladi. Pichoq yasash boshlang’ich paleolit davridan ma’lum bo’lgan. Temir davrida hunarmandchilik paydo bo’lgan va rivojlangan. Mis va bronzadan pichoq yasash bronza davriga kelib avj olgan. Temirning kashf etilishi pichoqchilik san’ati taraqqiyotida katta burilish bo’ldi. O’rta Osiyoda pichoqchilikning eng rivojlangan joyi arab mamlakatlari bo’lgan, Ispaniya va Itliyada esa tez usib rivojlanib ketgan.
    Paleolit (paleo... va lot. "lithos" - tosh) - qad. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: P. - kadimgi va neolit - yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865 yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. P.
    Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) - Yevropaning jan.gʻarbida, Pireney ya.o.da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o.lari, Afrikaning shim.
    XVI asrda Germaniya, Angliya, Avstriya, Fransiyalarda pichoqchilikni kasb sifatida ta’qiqlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan.
    Ángliya (ingl. England) - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-gʻarbini egallagan.
    Avstriya, Avstriya Respublikasi (nem. Österreich, MFA(olm.): Andoza:Audio-IPA) - Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 8 460 390 kishi (2012).
    XVII asr boshlarida pichoqning ochib yopiladigan, pakki, ustara va boshqa cho’ntakda saqlanadigan pakkilar yuzaga keldi. Arxeologik topilmalardan ma’lumki, O’rta Osiyo territoriyasida million yil avval 2 ming yillikga oid pichoq namunalari topilgan. Bolalik tepa, Afrosiyob, Varaxsha devorlariga ishlangan rasmlardan ma’lum bo’ldiki, pichoq uy-ro’zg’ordan tashqari harbiy qurol sifa­tida ishlatilgan. VI—XII asrlarda pichoq yasash rivojlanib uni bezash texnologiyalari o’zgargan. XV—XVII asrlarda yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xillari paydo bo’ldi. Buni Navoiy, Bobir asarlarida ishlangan miniatyuralardan ko’rish mumkin.
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
    Keyinchalik pichoqchilikning o’ziga xos maktablari paydo bo’ldi. Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Tashkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo’lib, ular o’zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan O’rta Osiyoda qadimdan metallni qayta ishlash, ya’ni hunarmandchilik qurollari ishlab chiqarish uchun sharoit deyarli mavjud edi.
    Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir.
    Misning tabiiy zapaslari, kumush,qurg’oshin alyuminiy kabi materiallar juda ko’p edi.Hunarmandlar qadimdan bir-biri bilan birikib bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining komi ko’pchilik qaysi hunar bilan shug’ullansa shu nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug’ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug’ullansa misgarlik (misgaron) va hokazo mahallalar deb yuritilgan.
    Mahalla - Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. M. tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan.
    Buxoroda «Sufikordgar» qishlog’ining komi hali ham saqlanib qolgan. U erda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O’rta Osiyo territoriyasidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko’p bo’lgan, Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, qadimda O’rta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan, Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o’ynagan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining eng yaxshi an’analarini qayta tiklash va o’zlashtirish natijasida O’zbekiston jum-huriyatidagi pichoqsozlar milliy pichoqni sanat darajasiga ko’targanlar. Mashhur venger sayyoxi A. Vamberi o’zining ajoyib «O’rta Osiyo bo’ylab sayohat» asarida Qashqadaryoning pichoqchiligi haqida bunday deydi: «Bir xillari sifat jihatidan hisorlilarnikidan ustun bo’lmasa ham, ammo, butunlay O’rta Osiyoga tarqalgan bo’lib, xo’jalar tomonidan hatto Eron, Arabiston, Hindistonga olib bordilar va o’z mahalliy joyidan ko’ra, chet ellarda pichoqlar 3—4 baravar qimmat sotilar edi».


      1. XUNARMANDCHILIKDA TAYYORLANADIGAN PICHOQ TURLARI.


    Pichoq — bir tomoni o’tkirlangan, plastinkasimon kesuvchi asbob.Qadimda tosh, mis, bronzadan ishlangan. Umuman, ilk paleolit davridan ma’lum. Temir davridan boshlab temir Pmchoqlar keng tarqalgan. Pichoqlar tig’, dastadan iborat bo’ladi. Pichoq tuzilishiga ko’ra to’g’ri Pichoq, qayqi Pichoq, bodomcha Pichoq, katta-kichikligiga ko’ra o’rtasuyamlik, gezlik, bolapichoq, chalabuzar,bezatilishiga ko’ra sodda Pichoq, guldor Pichoq, chilmixagulli Pichoq, rufta Pichoq, dastasining tuzilishiga ko’ra, yog’och sopli, suyak sopli, shoxdastali, dandon sopli, o’n uch sadafli, o’n besh sadafli, yasalish usuliga ko’ra tus (chust 83 - rasm) Pichoq, Qorasuv Pichoq, shahrixon Pichoq, buxorcha Pichoq, poyto’g’ Pichoq,quqon pichoq deb yuritiladi.
    Qorasuv - Andijon viloyatidagi shahar (1990 yildan). Transport yoʻli stansiyasi. viloyat markazi (Andijon shahri)dan 60 km. Aholisi 29,2 ming kishi (2005). Q.da bir necha sanoat korxonasi. Qurilish tashkilotlari, avtokorxona, aloqa boʻlimi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
    Dastlab Pichoq kosiblik do’konlarida ishlab chiqarilgan. Hozir Pichoq, asosan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Ishlatilishiga ko’ra ro’zg’or Pichoqlari, bog’dorchilik, kosibchilik va boshqalarda qo’llanadigan xillari bor.

    Pichoq O’rta Osiyoda, pichoqning oshxonada ishlatiladigan, 17- asr boshlaridan esa ochib-yopiladigan (cho’ntakda saqlanadigan—pakki, ustara va b.) xillari ham yuzaga kelgan. O’zbekiston terr-yasidan millodan avvalgi 2- ming yillikka oid pi­choq namunasi topilgan. Afrosiyob, Bolalik tepa, Varaxsha devorlariga chizilgan rasmlardan pichoqning uy-ro’zg’ordan tashqari harbiy qurol sifatida foydalanilganligini ham anglash mumkin. 6—12- asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash texnikasining va bezaklarining o’zgarib, taraqqiy eta borganligini tasdiqlaydi.



    Navoiy, Bobir asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15—17-asrlar) yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xil namunalari ko’rsatilgan. Farg’ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryoda P. ning qadimiy markazlari bo’lgan. Hozir O’zbekistonda 20 ga yaqin P. markazlari bor. Parkent, Shahrixon, Chust, Qorasuv, Qo’qon, Chimyon, Boysun, Buxoro va x.. k.
    Boysun - Surxondaryo viloyatidagi shahar (1975-yildan), Boysun tumani markazi. Boysundan Termizgacha boʻlgan masofa 145 kilometr, eng yaqin temiryoʻl stansiyasi Elbayongacha - 72 kilometr. Ketmonchopti togʻining janubiy yon bagʻrida, Hangaronsoy boʻyida, dengiz sathidan qariyb 1240 metr balandlikda.
    Chust, Shahrixon, Qorasuvda (Farg’ona vodiysi) ishlangan pichoqlar milliy shaklining nafisligi, ixcham va o’tkirligi bilan qimmatlidir. Bu pichoqlar respublikamizda va uning tashqarisida muhim sovg’asifatida ham qadrlanadi.
    PICHOQ TURLARI
    O’rta Osiyoda pichoq alohida razmiy ma’noda ya’ni barcha yovuzliklardan saqlash ma’nosida masalan, “dandon sopli pichoq” va “ karkesopli pichoq” lar iloxiy hisoblangan.. Bu pichoqlar kishini ins-jinsdan, yomonlikdan asrashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Pichoq dastasini ushlash ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi deb irim qilishgan. Ushbu pichoqlar hozir ham noyob, hatto ustalar uchun ham kamyob hisob. pichoqni yasash jarayonida pichoqni tig’i o’tkirlash uchun ishlatiladigan suv tomoq og’rig’i hamda yurakni davolashda ishlatilgan. Bundan tashqari kashtachilikda, me’morlik bezagida, sopolchilikda pichoqni ramziy holatda tasvirlaydilar.

    To’g’ri pichoq — qadimdan ishlatilib kelinayotgan pichoq turi bo’lib, pichoq-chilikda pichoq tig’ining uchi qayrilmay to’g’ri chiqqan bo’ladi.Shuning uchun Marg’ilonda to’g’ri pichoq deb yuritiladi.Asakada bu pichoqni ribak, Namanganda esa to’g’ri pichoq yoki hanjar nusxa deb ataladi.

    Qaychi pichoq — pichoqchilikda pichoqning bir shakli bo’lib,tig’ning uchi orqasiga ozgina qayrilgan bo’ladi.Uni qilichak pichoq chaqmoqi pichoq deb ham yuritiladi.

    Bodomcha pichoq— uning orqa qirrasi uchidan taxminan 4—5 smcha joyi ichiga kamalak bo’lib kirgan bo’ladi. Ko’qonda qozoqcha, Marg’ilonda qozoqi, Namanganda bodomcha va qozoqcha deb yuritiladi, Pichoqlar katta-kichikligiga ko’ra o’rtasuyamli, kezlik, bolapichoq va chalabuzar mardona pichoq turlariga bo’linadi.
    Qozoq tili - turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qoraqalpoq va noʻgʻay tillari bilan bir-galikda qipchoq tillarinnng qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qozogʻiston Respublikasining davlat tili.


    O’rtasuyampm pichoq — pichoq turlaridan biri bo’lib,tig’ining uzunligi o’rtacha suyamda bir suyam keladigan pichoqdir.

    Kezlik pichoq— pichoqchilikda balalar uchun moslab yasalgan pichoq. Uni bola pichoq va to’g’ri pichoq deb yuritiladi. Qiz to’yida kelinning ukasi yoki jiyaniga kuyov tomonidan to’y pichog’i in’om etilgan. Bu ham o’zbeklarning millim urf-odati bo’lib, an’ana tariqasida avloddan-avlodga o’tib kelgan.

    Bolapichoq — qadimdan ishlatilib kelinayotgan bolalar uchun moslab yasalgan pichoq turi.

    Chalabuzar — pichog’ining tig’i bo’g’zidan qayrilib, dastasiga yopilgan bo’ladi. Bu pichoqni qadimda qinga solib belda osib yurilgan. Uni yana kallabuzar, Cho’stda chalaavzal deb yuritadilar.

    Mardona pichoq— pichoqsozlar kishilarni yoshiga qarab har xil pichoqlar ishlaganlar. Katta yoshdagi kishilar uchun ishlangan pichoqlarni «mardona pichoq» deb yuritilgan. U turli-tuman ko’rinishga ega bo’lib, ajoyib qilib bezati-ladi. Tig’i po’latdan yasalgan pichoqlar alohida ajralib turgan. Bezatilishiga qarab to’rt turga; ya’ni sodda pichoq, guldor pichoq chilmixgulli va zufta pichoqlarga bo’linadi.

    Sodda pichoq — qadimdan uy-ro’zg’or ishlarida ishlatiladigan oddiy pichoq. Unga xech qanday gul yoki naqsh solinmagan, hashamsiz bo’ladi.U juda ko’p ishlatiladi. Har bir xonadonda ko’rish mumkin.

    Guldor pichoq —pichoqchilikda gulli pichoq deb ham yuritiladi. Uning dasta hamda gul-bandiga naqshlar solingan, chiroyli pichoq.

    Chilmixgulli pichoq — (qirqmix gulli pichoq) pichoqchilikda pichoq turlaridan biri bo’lib, uni chilmixa pichoq deb ham yuritiladi. Uning dastasiga chilmixlar qoqib, guldor qilib yasalgan pichoq bo’lib, u qadimdan ishlatilib kelinadi.

    Ro’fta pichoq — tig’ining yuzi sidirg’asiga charxlangan bo’ladi. Ro’fta tojikcha ro’fta, ya’ni sidirilgan ma’nosini anglatadi. Bu pichoqning yuziga zok (achchiqtosh) surtiladi va ishlatib o’tmas qilinsa, o’tkirlash uchun charhlanmay qayiriladi. Marg’ilonda qayroqi lekin charxlanadigan turki charhi deb yuriti-ladi. Qo’qonda bu pichoqni ro’fta deb yuritiladi. Ro’ftani dami charxlanmaydi. Dastasining tuzilishiga ko’ra pichoqlar yog’och sopli, suyak sopli, dandon sopli, o’n besh sadafli turlarga bo’linadi.

    Yog’och sopli pichoq—yog’och suqmasopli, yog’och sopli pichoq deb ham yuritiladi. Suqmasi yog’ochdan ishlangan pichoq turi. Shoadastali pichoq — uni shoxa, mug’uz, mug’uz dastali pichoq deb ham yuritiladi. Bu pichoqni dastasi hayvon shoxidan yasalgan bo’ladi.

    Dakdon sopli pichoq — bunday pichoqning sopi filning tishi va suyagidan tayyorlanganbo’ladi. Dandon—tojikcha tir degani. Bunday pichoqlarni narxi qimmat bo’lgan. Dandon sopli pichoq qadimda ilohiy hiso6lanib, kishini yomonlikdan asrashda ahamiyatga ega bo’lgan. Odamlar bu pichoqning dastasini ushlaganlarida ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi deb ishonganlar.

    O’n uch sadafli pichoq — bunday pichoq dastasiga o’n uch dona sadaf ko’z solingan. Shuning uchun bu pichoqni un uch sadafli pichoq deb yuritiladi. Xuddi shuningdek o’n uch sadafli pichoq dastasiga esa sadafdan o’n besh dona gul solingan bo’ladi. Gul o’rniga ko’z deb ham yuritiladi. Yasash usuliga ko’ra pichoqlar cho’st pichog’i, qorasuv pichog’i, shahrixon pichog’i, poytug’ pichog’i, buxo-rocha pichoq va boshqalar bor.


      1. PICHOQNING TUZILISHI VA UNING BEZAGI.

    Pichoq uchta qismdan tig’, dasta va qindan iborat.



    Tig — pichoq tig’i, pichoqning gulbanddan yuqo-rigi, ya’ni kesadigan qismi. Qadimdan tig’ni o’tkirlash va silliqlashga katta e’tibor beril-gan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi o’yg’ich qalamlar bilan bezatiladi. To’g’ri tig’li pichoq, tig’i tol bargini eslatuvchi, o’tkir tig’li birmuncha tepaga qayrilgan o’tkir tig’li, tig’i-da chuqurchasi yoki tishlari bo’lgan pichoqlar bo’ladi.

    Pichoq dastasi — dasta x,ar xil bo’lib, o’ziga yarasha usullarda yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalar bo’ladi.

    Suqma dasta — pichoqchiliqda suqma con deb ham yuritiladi. yog’och, shox, suyak, metall va bosh-qalarni ichini teshib, dumga suqib, mahkam qilinadi.

    Yorma dasta — pichoqchilikda, metall sopining ikki yuziga yorma yog’och, suyak, shox va boshqalarni bo’laklari o’rnatilgan pichoq. Pichoq dastalari hayvon shoxi, suyagi, tishi, metall, yog’och ham-da plastmassa va boshqa materiallardan ish-lanadi.

    Dastalarni ishlashda uning materialini, fakturasini hamda ko’rinishini saqlab qolishga harakat qilingan.



    Qin — pichoq, qilich, xanjar va boshqa asbob-larni solib qo’yish uchun mahsus moslama. U charmdan, ba’zida matodan, uchiga, dasta qismiga metall qadab mustahkamlab tayyorlanadi. Qinlar pichoqdan o’ng’ay, qulay foydalanish uchun hamda qo’shimcha badiiy bezak sifatida ham ishlatiladi. Qinni gazlama, metall, teri, yog’och va boshqalar-dan ishlanadi._)Qinni bezash uchun quroq kashta chekanka va boshqalar ishlatiladi. Ular teriga badiiy o’yma naqshlar berishda ishlatiladi. [Pichoqlarni ustalar har xil texnik usullarda bezaganlar. Metall ishlashda quyish, shtampovka, metallni issiq va sovuq ishlash, o’ymakorlik, gravirovka, oltin suvi yugurtirish, o’yish, sil-liqlash hamda pardozlash usullarini qo’llagan-lar. Ustalar po’latdan qilingan pichoq tig’lariga metall ustidan tilla suvi yugurtirib kertik qilinib pichoqlarni ajoyib ko’rinishga keltir-ganlar. Ular pichoqlarni silliqlash hamda pardoz berish natijasida tig’larini oynadek yalti-ratishgan. Dastasi va uchini kumushdan o’yma naqshlar qilib bezatishgan.


      1. PICHOQCHILIK XUNARMANDCHILIGIDA ISHLATILADIGAN MATERIALLAR

    Pichoq temir yoki po’latdan ishlanadi. Bronza davrida pichoqlarni misdan va bronzadan yasashgan. Keyinchalik temir kashf etilgandan keyin temir pichoklar yasalgan. Pichoq qinini tayyorlash uchun teri, gazlama, metall, yog’och va boshqalar ishlatiladi. Uni bezash uchun esa kashta, quroq, chekanka va boshqa materiallar ishlati­ladi. Pichoq bandi yog’ochdan, mol shoxi, fil suyagi yoki tishidan yasaladi. Pichoqchilikda pichoq tig’ini tayyorlashda zok ishlatiladi.

    Zok — pichoqchilikda mis kuporosi, ruscha «je­lezniy koporos» degani.

    Rus tili - rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng RF va MDH da millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi.
    Zok pichoq tig’ini zanglashdan saqlash uchun ishlatiladigan modda. Bu poroshok zok degan joydan olingani uchun shunday nom bilan yuritiladi. Bu poroshok suvda eritib tampon bilan pichoq tig’ini artiladi. Pichoq tig’i qoramtir tusga kirib, zanglamaydigan va puxta bo’ladi. Hozirgi paytda bu kimyoviy usulda amalga oshiriladi.

    Pichoqning bandini ishlashda gulband va har xil qimmatbaho toshlar ham ishlatiladi.

    Gulband — pichoqchilikda ishlatiladigan ma­terial, pichoqning bo’yni, mahkam bo’lishi, sinib ketmasligi uchun suyak, yog’och, shox qismlarining tushib ketmasligi uchun o’rnatiladigan babbit yoki qalay. Qalay yoki babbit eritilib, koviya bilan yopishtiriladi. Keyin uning yuzi silliq-lanib pardozlanadi,

    Gullar solinadi yoki qimmatbaho toshlar bi­lan bezaladi.

    Piston — pichoqchilikda pichoqning dastasiga qadimgi sadafni atrofiga aylantirib qo’yilgan halqa sim bo’lib sadafni max;kam. tortib tu-radi.


      1. PICHOQCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASBOBLAR

    Temirchi kabi pichoqchi usta ham do’konda o’choq, dam, sandon, bozg’on, egov, bolg’a va boshqa juda ko’p asboblar bilan ishlaydi. Shulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz.

    Tig’ombir — pichoq tig’ini yasashda chardani qimchib ushlab turishda ishlatiladigan po’lat ombird. Ustalarimiz turli asboblarni o’zlari yaratganlar. Birinchi marta ombirning yaratilishi xaqida quyidagi afsonani aytganlar: ustalarimizning aytishlaricha, pichoqlarni yasash uchun metallga xamir qorgandek qo’llari bilan ishlov berganlar. Kunlardan bir kun ishga berilib ketgan usta daf’atan suyakni g’ajiyotgan it o’z luqmasini panjalari yordamida ushlab eyayotganini ko’rib, o’zining birinchi ish quroli ombirni yaratgan ekan.

    Charx — har xil asboblarni (tegizib o’tkir-lash), charxlash uchun ishlatiladigan asbob, asbobni unga aylantirib ishlatiladi. Ustalarimiz uni yana charxdonlik charxdor, charxdon, charxkash, charxchi, charxlash, charxpoya deb yuritadilar.

    Pichoq tig’i bigiz, qalam, naqsh naycha qalam kabi o’yg’ich qalamlar bilan bezatiladi.

    Bigiz — pichoqchilikda pichoq gulbandini o’yib naqsh solinadigan asbob, u ko’kqalam hamda naqsh bigiz xilida bo’ladi^

    Ko’kqalam — bigizning bir turi, pichoqchilik-da qalamtoshga o’xshagan asbob bo’lib, u bilan pichoqning gulbandiga ko’x (tavq) o’rni teshiladi hamda ziycha gul o’yib ishlanadi. Gulbandga o’rnatiluvchi marjon kesiladi,

    Naqsh bigiz — naqsh qalamning bir turi, o’zi po’lat, dastasi yog’ochdan bo’ladi. Naqsh bigiz bilan pichoqning gulbandi va tig’iga chizib gul ishla­nadi. Uni, ya’ni gul qalam, naqsh qalam ham deb ataladi.

    Naqsh qalam — pichoq yuziga naqsh o’yib ishlatiladigan asbob, u po’latdan yasaladi. Uni gul kalam deyiladi.

    Naycha qalam — uchi tirnoq shaklida pulat­dan yasaladi. Bu asbob bilan qo’shpichokning yuziga islimiy gullar o’yib ishlanadi.

    Kayrok. — pichoq, ustara, ketmon, tesha va boshqalarni qayrabo’tkir qilinadigan tosh, u ikki xil bo’ladi, toshqayrok va qumkayrok.

    Toshqayroq — toshdan qilingan bo’ladi, qumqayroq esa mahsus charx qumdan yasaladi.

    Bozgardon — Namangan, Chust pichoqchi ustalari bo’zgardon, Marg’ilon ustalari go’zgardon, Qo’qonda bozgardon deb ham yuritiladi^ U pichoqqa dasta qilinadigan egri-bugri shoxni shoxqolipga solib to’g’rilagich bo’lib, uni qolipdan chiqarib olish uchun yasalgan. Bozgardon jimjiloq yo’g’onligida, bir qarichcha uzunlikdagi temir.

    Bozg’on — bosqon, bozg’on, temirchilik, taqachilik va pichoqchilikda qizigan temirni, po’latni sandonga quyib, zarb bilan urib go’zila va yapaloq qilishda ishlatiladigan katta og’ir bolg’aning dastasi yog’ochdan bo’lib, bolg’aning og’irligi 4—6 kg atrofida bo’ladi. Namangan va Chimboyda bosqon, Qorasuvda katta bolg’a va bozg’on deb yuritiladi.

    Sandon — temirchilik, anjomsozlik, zargarlik, tunkasozlik, pichoqchilik va nahalgarlikda qizigan metallni quyib bosqon va bolg’a bilan urib yalpoqlaydigan, cho’zadigan, buklaydigan, qalam bilan qirkadigan asboblari bo’ladi. U po’latdan yasaladi.Uning shakli va qattiqligi turlicha bo’ladi. Eng katta sandon temirchiniki bo’lib, uning og’irligi 60—70 kg bo’ladi. U yasa-lishi va shakliga ko’ra turlicha bo’ladi. Agar to’rtta oyoqli bo’lsa chorpoya sandon; tumshuqli bo’lsa kulli sandon, ko’shkulli sandon deyiladi. Temirchilik va pichoqchilikda sandonning katta chorqirraligi ishlatiladi. Uning bosh qismi keng-roq bo’lib, yog’och kundaga o’rnatilgan bo’ladi. Unda pichoq, ketmon, tesha, bolta va boshqa narsalar qilinadi. Misgarlikda po’lali sandon ishlatiladi. Unda mis idishlar teriladi, par­dozlanadi. Zargarlikda dupoya, ko’lli sandonlar ishlatiladi. Tunkasozlikda esa sandonning sim-sandon degan turi ishlatiladi. Dam — forscha-tojikcha tin degani. U metall­ni eritish yoki qizdirish uchun o’choq, ya’ni qo’racha xavo yuborib o’tin yondiradigan asbob. Damning ikki xili bor. Birinchisi damning zeki erli shaklini bosma dam yoki qo’l dam uni yana musulmoncha dam, ikkinchisi ruscha dam yoki osma dam deyiladi. Damga katta yoki kichikligiga ko’ra 2 tadan 11 tagacha qasqon o’rnatiladi. Shu qasqonning miqdoriga ko’ra u turlicha nomlanadi. Ikkiqasqonli (ikki qovurg’ali) dam, uchqasqonli dam, beshqasqonli, oltiqasqonli, ettiqasqonli va 8—10—11 qasqonli damlar bo’ladi. Bu damlar turli kasblarda ishlatiladi. Masalan, zargarlar uchun ikki qasqonli (qovurg’ali) dam, anjomsoz uchun uchqasqonli dam, pichoqchi uchun beshqasqonli va xokazo damlar ishlatiladi. Damda havo kiradigan teshigi bo’lib, uning ichki qismida latta yoki charmdan til yoki elpig’ich yopishtirilgan bo’ladi. Dam bosilganda til ko’tariladi va damning ichiga havo kiradi. Agarda damni qo’yib yuborilsa til berkiladi va qavo qamaladi. Kavzo orqali shoxnayzaga uriladi. Marg’ilonda buni tepki deb ataladi. Dam qaysi kasbga moslab yasalgan bo’lsa, shu nom damga qo’shib aytiladi. Masalan, temirchi dami, pichoqchi dami, zargar dami, misgar dami va hokazo. O’rta Osiyoda bu asbob juda qadimdan ishlatilib kelinadi. Masalan, XI asr yozma yodgorligi «Devonu lug’otit-turk»da, XV asrda A. Navoiy asarlarida va boshqalarda uchratish mumkin.

    Chilmixiparma — pichoqchilikda ishlatiladigan parma turlaridan biri bo’lib, uni Andijonda, Marg’ilon va Qo’qonda chilmixiparma deb yuritadilar. Namanganda chilmixiparma, Chimboyda chirmov parma deb yuritiladi. U pichoq dastasiga chilmixlar qoqiladigan joyni teshuvchi asbob.

    Xolgul parma — pichoqchilikda ishlatiladigan parma bo’lib, u pichoq dastasiga hol o’rnini o’yishda ishlatiladi. Dastasi yog’ochdan, o’zi po’latdan uchi ayri bo’ladi. Uni ko’zparma deb yuri-tilib, uni kamonchaga solib aylantirib ish­latiladi.

    Savat qalam — namangancha sovotkalam, marg’iloncha naqsh bigiz, qorasuvda naqsh kalam deyi­ladi. Pichoqchilikda ishlatiladigan asbob bo’lib, u bilan pichoqning gulbandiga tavq sovot nomli gul o’rni o’yiladi. Tuzili shi po’lat dastasi yog’och-dan iborat bo’ladi.

    Sadaf parma — pichoqchilikda ishlatiladi­gan parma, u kichkina bo’lib pichoqning dastasiga o’rnatiladigan sadaflarning o’rnini teshishda ishlatiladi. U kamonchaga solib aylantirib ishlatiladi.

    Sadaf arra — pichoqchilikda ishlatiladigan po’lat arra kichkina, dastasi yog’ochdan yasalgan bo’ladi. Uning tishlari mayda pichoq dastasiga qadaladigan sadaf arralanadi.





      1. Download 13,29 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




    Download 13,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    PICHOQCHILIK XUNARMANDCHILIK SA’NATI TARIXI

    Download 13,29 Mb.