Rentgen va gamma nurlanishlarning ekspozitsion
dozasitsion dozasi
birligi sifatida kulon / kilogramm (Kl / kg) qabul qilingan.
Rentgen va gamma nurlanishlarning ekspozitsion dozasi kulon-
kilogramm shunday birlikki, u nurlanish bilan tutashgan 1 kg quruq atmosfera
havosida 1 Kl miqdordagi elektr zaryadlarining musbat va manfiy belgilari
bo’lgan ionlarni vujudga keltiradi. Rentgen va gamma nurlanishlarining
tizimdan tashqaridagi birligi rentgendir.
Har xil radoaktiv nurlarning tirik organizmga ta’siri ularning ionlovchi va
kirib boruvchi xususiyatiga bag’liq bo’lib, har xil nurlar bir xil dozada
yutilganda biologik ta’siri bir-biridan farq qiladi.
SHu sababli radiatsiya xavfini aniqlashda doza
ekvivalenti birligi ber
kiritilgan.
Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’sirini
insonning sezish organlari mutloqo sezmaydi, shu sababli radioaktiv moddalar
bilan ishlaganda o’ta ehtiyotkor bo’lish talab etiladi.
Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi nurlanish
bo’ladi.
-tashqi tomondan nurlanish - ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida
kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta
ahamiyatga ega bulib, organizmga ta’siri ham kuchliroq bo’ladi.
-ichki nurlanish - nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki
tizimlariga, ya’ni yemirilgan
teri qatlamlari orqali konga, nafas olish
a’zolariga, o’pkaga va shilmshiq moddalarga, ovqat hazm qilish a’zolariga tu-
shib qolgan taqdirda ro’y beradi. SHuning uchun ham radioaktiv moddalarning
katta parchalanish davrida va kuchli nurlanishga ega bo’lganda, ayniqsa, o’ta
xavfli hisoblanadi.
-Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri – atom va molekulalarning
ionlanishi sifatida tavsiflanadi va har xil kimyoviy brikmalar tarkiblarining
o’zgarishiga va me’yoriy malekulyar brikmalarda uzilishlar bo’lishiga olib
keladi.
Bu o’z navbatida tirik hujayralardagi modda almashinuvini buzilishiga va
organizmda bioximyoviy jarayonlarning ishdan chiqishiga sabab bo’ladi.
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo
Katta kuchdagi nurlanish ta’siri uzroq vaqt davom etsa, ba’zi bir
hujayralarning halokati kuzatiladi va bu ayrim a’zolarning,
hattoki butun
organizmning halokati bilan tugaydi.
Radioaktiv nurlanishlar ta’sirida organizmning umumiy qon aylanish
tizimi buziladi, qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati
yo’qola boradi,
kon tomirlari, ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo’rt bo’lib
qoladi, ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buziladi, inson ozib ketadi,
natijada inson organizmining tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish
qobiliyati kamayadi.
Radioaktiv moddalarning qo’lga ta’sir qilishi oldin sezilmaydi va vaqt
o’tishi bilan qo’l qurishqoq bo’lib, unda yorilishlar
kuzatiladi hamda tirnoqlar
tushib ketadi.
Alfa va beta nurlari tashqaridan ta’sir ko’rsatganda inson organizmining
teri qavati yetarlicha qarshilik ko’rsatadi. Ammo bu nurlar ovqat hazm qilish
a’zolariga tushib qalganda ularning zararli ta’siri kuchayib ketadi.
Ko’pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida jigar,
buyrak va suyaklarda yig’ilib organizmni shikastlaydi.
Radioaktiv maddalar bilan ishlayotgan ishchilarning nurlanishdan
muhofaza qilishning turli xil usullari foydalaniladi.
Tashqi nurlanishdan saqlanishda asosan: -nurlanish vaqtini belgilash;
-nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi xavfsiz masofani saqlash;
-ekranlar yordamida to’siq vositalaridan foydalanish zarur hisoblanadi.
Ishchi-xodimlarning radioaktiv nurlanish mintaqasida bo’lish vaqti, uning
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan dozasida nurlanish vaqtidan oshmaslikligi
kerak.
Nurlanish intensivligi nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi masofa
kvadratiga teskari proportsional ekanligini hisobga olganda, ma’lum masofada
turib ishlaganda ekranlardan foydalanmasa ham bo’ladi.
O’z.
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Varaq
1.20 N.XQM 00.00.000 HYo
Alfa nurlanishlaridan saqlanishda - ekran qarshiligining hisoblashning
ehtiyoji yo’q. CHunki bu nurlanishlar harakat doirasi
eng kuchli radioaktiv
moddalarda ham 55 mm dan oshmaydi. Alfa nurlanishlarni oyna, pleksiglaz,
folganing eng yupqa xili ham ushlab qolish imkoniyatiga ega.
Gamma nurlanishlardan muhofaza qilishda - og’ir metallardan
foydalanish kerak. Masalan, qo’rg’oshin, volfram va boshqalar yaxshi natija
beradi. O’zlarining muhofazalanish xususiyatlariga ko’ra o’rtacha og’irlikdagi
metallar ekran sifatida yaxshi natija beradi (po’lat,cho’yan, mis brikmalari).
Ekranlar yordamida nurlanishni xoxlagan miqdorda kamaytirish
imkoniyati mavjud.
Beta nurlanishdan muhofazalanishda - beta nurlarning harakat
masofalarini hisobga olgan holda, ekran turi va qalinligi tanlanib olinadi.
Rengen qurilmalaridan foydalanilganda ikki xil nurlanish hasil bo’ladi.
Bular to’g’ri tushayotgan nurlar va har xil yuzalarga
tushib qaytgan nurlar
hisoblanadi.
Rengen nurlaridan foydalanilayotganda, bu rengen nurlarning ikkalasidan
ham muhofazalanish chora-tadbirlarini ko’rish kerak.
Muhofaza ekranlarining puxta ishlayotganligi o’lchash asboblari
yordamida tekshirib turiladi.