Bu operasion tizim Arduino Uno platasini COM-port deb topdi va unga to’g’ri
drayver o’rnatdi, hamda COM-portga 7 raqamini berdi deganini anglatadi. Agar
kompyuterga boshqa Arduino platasini ulasak, operasion tizim unga boshqa raqamni
beradi. Agar sizda bir nechta plata bo’lsa, COM-port
raqamlari bilan chalkashib
ketmang.
Endi biz Arduino IDEga plata “COM7” COM-portida joylashganligi haqida
ma’lumot berishimiiz zarur. Buning uchun «Инструменты» menyusining
«Последовательный порт» bo’limidan “COM7” portini tanlaymiz. Agar platamiz
Arduino
Uno emas, balki, Arduinoning boshqa modeli bo’lsa, unda
«Инструменты» menyusining “Плата” bo’limidan o’zimizning plata modelini
tanlaymiz.
Endi Arduino Unoni ishlashini tekshirib ko’ramiz.
Buning uchun biz tayyor dasturdan foydalanamiz, qaysiki bu dastur
Arduino IDE
dasturlash tizimida kiritilgan (o’zi mavjud) bo’ladi. Bu tayyor dastur elektrik
sxemadagi LED lampochkani o’chirish/yoqish buyrug’ini
amalga oshiradi va
lampochkani o’chiradi/yoqadi.