Raqamli-analog va analog-raqamli




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/258
Sana17.05.2024
Hajmi6,22 Mb.
#239912
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258
Bog'liq
elektronika

10.6. Raqamli-analog va analog-raqamli
oʻzgartirgichlar 
MikroEHMlar stanoklar, turli avtomatlar, ilmiy tajribalarni olib 
borishni boshqaradi. Bu va boshqa qurilmalar, 
oʻlchov asboblari va 
tizimlarida uzluksiz (analog) elektr signallari bilan ishlaydigan elektr 
datchiklar 
ishlatiladi. Datchik va ijro organlari (masalan, 
elektrodvigatellar) ni mikroEHM bilan 
bogʻlash uchun analog signalni 
shu signal amplitudasiga proporsioanl songa 
oʻzgartirish va aksincha 
oʻzgartirish talab qilinadi. 
Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga 
oʻzgartirish 
prinsipini richagli tarozilarda 
oʻlchash jarayoni bilan solishtirish 
mumkin. Tarozida 
oʻlchashni amalga oshirish uchun uning bir elkasiga 
noma’lum 
ogʻirlikdagi yuk qoʻyiladi, ikkinchi elkasiga esa, toshlar. 
Toshlar (masalan 1 g 
ogʻirlikdagi) tarozi muvozanat qolga kelguncha 
qoʻyilib boriladi. Toshlar soni yukning grammlardagi vazniga toʻgʻri 
keladi. 1 g. 
Ogʻirlikdagi toshlar bilan oʻlchanganda analog kattalik 0,5 g. 
xatolik, 10 g.li toshlar bilan 
oʻlchanganda esa 5 g. xatolik bilan 
oʻlchanadi. Bu xatolik 
kvantlash
xatoligi deb ataladi.
Oʻlchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki 
kirishli solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir 
elkasiga 
oʻzgarmas kattalikdagi oʻlchanayotgan kuchlanish oʻrnatiladi, 
ikkinchi elkasiga raqamli datchik nazorati ostida p
ogʻonasimon ortib 
borayotgan kuchlanish beriladi. Kuchlanishning har bir p
ogʻonasi tarozi 
elkasiga 
qoʻshimcha tosh qoʻyish amaliga mos keladi. Olingan 
ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi. 
Solishtirish jarayoni maxsus signal yordamida startstop trigger 
sxemasining ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Triggerli sxema 
p
ogʻonasimon ortib boruvchi kuchlanish generatori va ikkilik 
hisoblagichni boshqaruvchi 
toʻgʻri burchakli impulslar shakllantiradi. 
Bu generator p
ogʻonpsimon kuchlanish ishlab chiharadi, hisoblagich esa 
hisobni noldan boshlaydi. 
P
ogʻonasimon kulchanish kirish bilan tenglashsa, uni komparator 
qayd etadi, startstop trigger dastlabki holatiga qaytadi va 
toʻgʻri 
burchakli signallarning kelishi 
qoʻshimcha mantiqiy element yordamida 
blokirovka qilinadi. 
Bunday sodda 
oʻzgartirish sxemasi yordamida analog kattalik 
raqamli shaklga ancha uzoq vaqt davomida 
oʻzgartiriladi, chunki 
p
ogʻonasimon kuchlanish ketma-ket kiritiladi. 


336 
Oʻzgartirish vaqtini qisqartirish maqsadida pogʻonasimon 
kuchlanish generatori raqamli-analog 
oʻzgartirgich bilan almashtiriladi. 
Shuning uchun analog-raqamli 
oʻzgartirgich (AROʻ) sxemasiga raqamli-
analog 
oʻzgartirgich (RAOʻ) sxemasi bilan tanishib boʻlgach qaytamiz. 

Download 6,22 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish