Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan
uzilganda yoki qayta yuklanganda o‘chib ketadi.
Tezkor xotira qurilmasi
registr
lardan tashkil topgan.
Registr
– ma‘lumotlarni
ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir
registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema
bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0»
ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha
razryad
li
ekanini belgilaydi. Registrlar
uyachalar
(yacheykalar) deb ham yuritiladi.
Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya‘ni 0 yoki 1). 8 bit
axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o‘z
tartib raqamiga, ya‘ni
adres
iga ega bo‘ladi. Uyachaning sig‘imi
mashina
so‘zi
uzunligini belgilab beradi. Mashina so‘zining uzunligi baytlarda o‘lchanadi.
Mashina so‘zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo‘lishi mumkin. Demak, ketma-ket
joylashgan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‘zini tashkil etishi
mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‘z adresiga ega, u esa shu uyachadagi
boshlang‘ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha
nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira),
chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati
mavjud.
Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida
bo’lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat
ko’rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.
Tovush platasi
(ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot
saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi
qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash
mumkin. Tovush platasi o’z mikroprotsessoriga ega bo’lib, tovushni kiritishda
analog-raqamli o’zgartirish va chiqarishida diskret-analogli o’zgartirishni
ta’minlaydi.
Video-plata
(ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni
qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o’z mikroprotsessori va tezkor
xotirasiga ega bo’ladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch o‘lchovli grafika bilan
ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko’p dasturlar va o‘yinlar 64 Mb
yoki 128 Mb sig’imli video-kartalar bilangina ishlaydi.