yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar)
boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir
kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli
axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer
kiritiladi. "Sichqon" ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib,
uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga
tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish,
protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi
K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor
K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash
amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu
qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi
axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi.
Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar
tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot
almashinuvi kiritish - ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
K. oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular
yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish
mumkin (qarang
Kompyuter oʻyinlari
). K.ning universalligi axborotni aniq maqsad
yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni
tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni
oldindan aytib berishda meteostansiyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan
axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson
uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang
Intranet
,
Internet
,
Kompyuter
tarmogʻi
).
Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo’lib, ular
quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi,
tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta’minoti.
1947-yilda Bell laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin
va
Uolter
Bratteyn
tomonidan
elektron
lampa
ishini
bajara
oladigan