berilganlar (berilgan  ma’lumotlar)  shinasi,  adreslar




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/183
Sana24.09.2024
Hajmi4,74 Mb.
#272179
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Amirova Zubayda Shodmanovna

berilganlar
(berilgan 
ma’lumotlar) 
shinasi, 
adreslar
shinasi, 
boshqarish
shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, 
xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham 
joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus 
slot
(qirqim)lariga ulanadi. 
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar 
portlar
deb yuritiluvchi asosiy 
platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy 
platada 
kontrollerlar
deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel 
(LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-
ket port protsesordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda 
uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va 
modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy 
platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. 
Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa 
qurilmalarni ulash imkoni bor. 
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira 
qurilmasi 
(DXQ
, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o’qish uchun xotira) 
mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq 
bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira 
qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic 
Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi. 


Protsessor
ni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy 
protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, 
xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. 
Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali 
yagona yarim o‘tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan 
millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, ya‘ni o‘ta zich 
integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro 
mikroprotsessori o‘z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. 
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni 
bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan 
belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs 
(sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo‘lsa, Intel Pentium IV protsessori 
uchun bu ko‘rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessorning razryadlari 
soni uning bir vaqtning o‘zida baravariga ishlashi mumkin bo‘lgan bitlar miqdori 
bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng 
qo‘llanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-
xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda. 
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat: 

arifmetik-mantiqiy qurilma; 

ma’lumotlar va adreslar shinasi; 

registrlar; 

buyruq jamlagichi; 

kesh, ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira; 

qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori. 


Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli 
berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir 
vaqtning o‘zida 16 bit axborot va 2
32
= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) 
bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi. 
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan 
navbatdagi buyruqni o‘qish va bajarish, natijani yozib qo‘yish hamda keyingi 
bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan 
tashqari protsessor 
dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, 
ma’lumotlarni zarur joydan o‘qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, 
boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi. 
Demak, 

Download 4,74 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



berilganlar (berilgan  ma’lumotlar)  shinasi,  adreslar

Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish