|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 39/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTayanch so‘z va iboralar: qizdirish, sovitish, termik ishlov berish, qizdirish temperaturasi, faza, struktura, kritik nuqta, ferrit, austenit, evtektoid, o‘ta sovutish darajasi, sementit, solidus chizig‘i, diffuziya, sorbit, troostit, beynit, martensit, yumshatish, normallash, toblash, bo‘shatish.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Termik ishlash nima?
Austenit po‘latda qachon hosil bo‘ladi?
Yumshatish deb nimaga aytiladi?
Yumshatishning qanday turlarini bilasiz?
Diffuzion yumshatish qayerda ishlatiladi?
Izotermik yumshatish nima?
Normallash deb nimaga aytiladi?
Po‘latlarni normallashdan maqsad nima?
Toblash deb nimaga aytiladi?
Toblashning qanday turlarini bilasiz?
Bo‘shatish nima?
Martensit haqida nima bilasiz?
Sorbit, troostit va beynit nima?
Qanday toblash muhitlarini bilasiz?
Bo‘shatishning nechta turi mavjud?
Bo‘shatishdan maqsad nima?
II.BOB. YANGI METALL MATERIALLAR
6.§. NOMETALL MATERIALLAR
6.1. Nometall materiallar haqida umumiy ma’lumot
Nometall materiallarga asosan organik va noorganik polimer materiallar kiradi. Ularga plastmassalar, nometall asosli kompozitsion materiallar, kauchuk, rezina, yelim va germetik materiallar, lak-bo‘yoq qoplamalar, oyna, keramika va boshqalar kiradi.
Bir xil strukturali ko‘p sonli zvenolardan tashkil topgan makromolekula moddalarga polimerlar deyiladi.
Ularning molekular massasi (5…10)104 ga teng. O‘z navbatida polimerni xossasi faqat kimyoviy tarkibigagina emas, balki strukturaga va makromolekulani o‘zaro joylashishiga ham bog‘liq. Makromolekula shakliga qarab, polimerlar chiziqli, shoxli, tekis tasmali, tekis to’rli, qatlamli bo‘ladi (6.1 a - rasm).
|
| |