Perlit, martensit, beynitning hosil bo‘lishi




Download 14,49 Mb.
bet37/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

Perlit, martensit, beynitning hosil bo‘lishi

Perlit, sorbit, troostit hammasi ferrit va sementitlarning mexanik aralashmasi. Farqi ularning dispersligida. Perlit sovitish tezligi 1 oC/s moy da, sorbit 50-80 oC/s moy, da, 80-100 oC da esa troostit va 200-250 oC da martensit hosil bo‘ladi. Disperslik ortishi bilan qattiqlik va mustahkamlik ortadi. Sovish tezligi katta bo‘lganda diffuzion jarayonlar to‘xtab, γ→α polimorf o‘zgarish sodir bo‘ladi. Austenitda erigan hamma uglerod ferritda qolib, to‘yingan qattiq eritma hosil bo‘ladi.
Martensit – uglerodning α-temirdagi o‘ta to‘yingan qattiq eritmasi (suqilib kirgan). Austenitni martensitga aylanishi diffuziyasiz o‘tib, uglerod miqdori o‘zgarmay, faqat kristallik panjara o‘zgaradi (yoqlari markazlashgan kub → hajmi markazlashgan tetrogonal panjaraga). To‘la yumshatishda (Ac3 dan yuqorida qizdirilib pech bilan birga sovitiladi) bunda mayda donali ferrit-sementit aralashma bo‘ladi, plastiklik oshib, qirqib ishlash osonlashadi. Chala yumshatishda austenit P va F ga aylanadi, ishlash osonlashadi. Normallashtirishda (havoda sovitishda) dag‘al sementit panjarasi yo‘qolib, quyish, prokat va bolg‘alashda hosil bo‘lgan yirik donalar yo‘qolib, mayin struktura hosil bo‘ladi. Bo‘shatishda martensit mo‘rtligi yo‘qoladi. Har xil sovitish darajasida austenitni martensitga aylanishi Po‘latni sovitish tezligini kattalashtirish bilan yoki unga legirlovchi elementlar kiritish bilan austenitni o‘ta sovish darajasini ancha – muncha ko‘tarish mumkin, ya’ni aylanish (o‘zgarish) haroratini pasaytirish mumkin. Austenitni martensitga aylanishi diffuziyasiz o‘zgarish bo‘lib, bu jarayon vaqtida uglerod miqdori o‘zgarmay, faqat kristall panjara o‘zgaradi yoqlari markazlashgan kub panjara hajmi markazlashgan tetroganal panjaraga aylanadi. Austenit kristall panjaralarining martensit kristall panjaralarining aylanishi natijasida po‘latning zichligi kamayadi, shuning uchun austenit martensitga aylanganda hajm ortadi; hajmning ortishi esa austnitning martensitga aylanish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Austenitni perlitga aylanishi Austenitni turg‘unligiga o‘ta sovish darajasining ta’siri va aylanish tezligi chizmada diagramma holatida ko‘rsatiladi. Bu diagrammalar aylanish harorati – koordinatalarida quriladi. Odatda vaqt logarifmik shkalada belgilanadi. (5.3 -rasm)

5.3- rasm O‘ta sovigan evtektoidli po‘lat austenitini izottermik aylanishi diagrammasi.

Diagrammada C-simon ikkita egri chiziq ko‘rsatilgan. Bular o‘sha sovigan austenitni aylanish vaqtini boshlanishi va tugallanishini ko‘rsatadi. Austenitning turg‘unligi o‘ta sovish darajasiga bog‘liq. Eng kichik turg‘unlik 550 oC ga yaqin zonada; Evtektoid po‘lat uchun austenit turg‘unligi 550-560 oC haroratda 1 sek.ga teng: 550 oC ga nisbatan haroratning ortishi yoki kamayishi bilan austenit turg‘unligi ortadi: masalan, 700 oC da 10 sek.ni; 300 oC da 60 sek.ni tashkil qiladi. Austenitni Acm1 - 550 oC aylanishi perlitli; 550 oC - Mn intervalidagi aylanishi oralig‘i deyiladi. Perlitga aylanish harorat intervalida ferrit va sementit intervallaridan tuzilgan plastinkasimon struktura hosil bo‘ladi. Perlitli struktura qurilishi aylanish haroratiga bog‘liq. Kristallanish qonuni asosida, o‘ta sovish darajasi kattalashishi bilan hosil bo‘layotgan kristallar o‘lchamlari kichiklashadi, ya’ni ferrit – tsementit aralashmasi dispersligi (mayda zarrachalarga ajralishi – mayda zarrachalar soni ortishi) oshadi. Perlitli strukturalarni dispersligi deb plastinkalar orasidagi masofa qabul qilingan. Buni o‘lchash birligi sifatida qo‘shni ferrit (F) va sementit (S) plastinkalarining qalindligini o‘rtacha yig‘indisi olinadi. Agar aylanish 650-670 oC dan yuqorida o‘tsa ferrit va sementit kristallarini nisbatan qo‘pol – dag‘al aralashmasi hosil bo‘ladi: bunda plastinkalar orasidagi masofa (5-7) ×10 -7 m bo‘ladi. Bu aralashma aslida perlit deb ataladi. Harorat 540-590 oC dagi aylanishda plastinkalar orasidagi masofa (3-4)×10 -7 m ga teng bo‘ladi. Bu perlitli strukturaga sorbit strukturasi (ingliz olimi G.Sorbi nomiga) deyiladi. Aylanish harorati 580-550 °Cda plastinkalar orasidagi masofa kamayadi va (1-2) ×10 -7 ga teng bo‘ladi. Bu struktura troostit strukturasi (golland olimi R.Troost nomiga) deyiladi. Perlitli koloniyalar kristallanish markazlari asosan austenit zarrachalari donalari chegaralarida paydo bo‘ladi; bunda perlitli koloniyalar har tomonga qarab o‘sadi. [13]




    1. Download 14,49 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Perlit, martensit, beynitning hosil bo‘lishi

Download 14,49 Mb.