Perlitning austenitga parchalanishi




Download 14,49 Mb.
bet35/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

Perlitning austenitga parchalanishi

Fe-Fe3C holat diagrammasiga muvofiq, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat Ac3 kritik nuqtadan, evtektoid po‘lat Ac1 kritik nuqtadan, evtektoiddan keyingi po‘lat esa Asm kritik nuqtadan yuqori temperaturagacha qizdirilsa, faza o‘zgarishlari sodir bo‘lib, bu o‘zgarishlar austenit hosil bo‘lishi bilan tugaydi. Po‘lat qizdirilganda perlitning austenitga aylanish jarayoni e’tiborli hodisadir. Po‘lat nihoyatda sekin qizdirilgandagina perlit 727oС temperaturada austenitga aylanadi, aks holda perlitning austenitga aylanish jarayoni kechikib, o‘ta qizish hodisasi ro‘y beradi. Kritik nuqtadan yuqori temperaturagacha o‘ta qizigan perlit austenitga har xil tezlik bilan aylanadi. O‘ta qizdirilgan perlitning austenitga aylanish tezligi o‘ta qizish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. [9]
Perlit donalarining o‘lchami, birinchi navbatda, austenit donalari o‘lchamiga bog‘liqdir, chunki shu austenitdan hosil bo‘ladi. Austenit donalari qanchalik katta bo‘lsa, perlit donalari ham shunchalik yirik bo‘ladi. Temperatura qanchalik yuqori bo‘lsa va po‘latni bu temperaturada (Ac1 dan yuqorida) ushlab turish vaqti ko‘p bo‘lsa, austenit donachalari shunchalik kattalashadi. Yuqori temperaturada qizdirib austenit donalarini yiriklashtirib o‘ta qizdirish deyiladi. Haddan tashqari - solidus chizig‘i yaqinida qizdirish mumkin emas, chunki, po‘latda tuzatib bo‘lmaydigan nuqson hosil bo‘ladi. Buni o‘ta kuyish deyiladi: solidus chizig‘iga chegarada po‘lat donalari chegaralarida asosiy faza va ba’zi qo‘shimchalar suyuqlana boshlab, bu yerlarga havo kislorodi kira boshlaydi; metall va qo‘shimchalar bilan birikib oksidlar yoki donalarni ajratuvchi pardalar hosil qiladi. Bu puxtalikni va plastiklikni pasaytiradi. Pardani termik ishlash yo‘li bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. Bu po‘latdan detal yasab bo‘lmaydi. Buni oldini olish uchun po‘latni solidus chizig‘idan kamida 100-200oС pastda qizdirish kerak.


    1. Download 14,49 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Perlitning austenitga parchalanishi

Download 14,49 Mb.