|
Ta’minlash manbaalariga qarab payvandlash apparatlari quyidagicha sinflanadi
|
bet | 45/73 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 6,85 Mb. | | #117441 |
Bog'liq PR 111 UMK Ta’minlash manbaalariga qarab payvandlash apparatlari quyidagicha sinflanadi:
Payvandlash transformatorlari. Payvandlash transformatorlari (10.1-rasm) an’anaviy va shu bilan birga konstruksiyasi bo‘yicha eng sodda payvandlash tok manbai hisoblanadi. Uning asosiy qismi tarmoqdagi kuchlanishni payvandlash kuchlanishigacha pasaytirib beruvchi transformatordir. Tok kuchi turli usullar bilan sozlanadi, ular ichida eng keng tarqalgani – birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar orasidagi masofani o‘zgartirishga asoslangan. Barcha transformatorlar bitta umumiy o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi – chiqishda o‘zgaruvchi tok hosil qiladi. Transformatorli payvandlash apparatlarida rangli metallarni payvandlash uchun yoki payvandlash yoyining turg‘unligini yaxshilash uchun konstruksiyasiga qo‘shimcha og‘ir va katta elementlar kiritish kerak bo‘ladi. Ularsiz ham transformatorlar engil emas. Bunda ma’suliyatli ishlarni bajarish uchun o‘zgaruvchi tokka moslashgan maxsus elektrodlar kerak bo‘ladi.
Transformatorlarning foydali ish koeffitsienti ancha yuqori (90% gacha), ammo energiyaning ma’lum qismi o‘zini qizishiga sraflanadi. Zamonaviy modellarida transformatorlarni sovutish uchun (bunga ham ancha qo‘shimcha quvvat sarflanadi) ventilyatorlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda payvandlash transformatorlaridan kamroq foydalanilmoqda. SHunga qaramasdan transformatorlarning bir qator afzalliklari bor: FIK ning yuqoriligi, arzonligi va chidamliligi. SHu afzalliklari tufayli ularga hali ham talab etarli.
10.1-rasm.Zamonaviy payvandlash transformatorlarining umumiy ko‘rinishi
O‘zgarmas tok payvandlash generatorlari (10.2-rasm). O‘zgarmas tok payvandlash generatorlario‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirib beradi. Unda o‘zgaruvchan tok dvigateliga o‘zgarmas tok generatori ketma-ket ulangan bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok dvigateli harakatga kelganda o‘zgarmas tok generatori o‘zidan o‘zgarmas payvandlash toki ishlab chiqaradi.
|
| |