|
Mashinasozlik texnologiyasi
|
bet | 42/73 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 6,85 Mb. | | #117441 |
Bog'liq PR 111 UMK 9-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yoyli payvandlashda payvandlash robotlarining sim uzatish tizimni o‘rganish.
Ishni bajarishdan maqsad:
Yoyli payvandlashda foydalaniladigan payvandlash robotlarining sim uzatish tizimi haqida talabalarda umumiy bilimlarni shakllantirish, robotlarning asosiy ish bajaruvchi manipulyatsion qismlari bilan sim uzatish tizimi hamda, ta’minlovchi manba’a haqida to’la tassavvurlar hosil qilish. Talabalarda payvandlash robotlarining umumiy strukturaviy tuzilishi haqida nazariy va amaliy bilim-ko’nikmalarini shakllantirish.
Nazariy qism:
Payvandlash robotlarining asosiy elementlari va qismlari.
Elektrod simini uzatish mexanizmi yuritmadan va roliklarni uzatuvchi tizimlardan iborat. Yuritma uzatuvchi roliklarni bcrilgan tezlik bilan aylantirishni va elektrod simi uzatish tezligining berilgan qiymatini to’g'rilashni ta’minlaydi. Uzatuvchi mexanizmlar yuritmasi sifatida asinxron yuritma va almashtiruvchi shesternalari bilan reduktor yoki tezliklar qutisi ishlatiladi. Almashtiriluvchi shesternalari bilan uzatish mexanizmi apparatlari seriyali yoki hajmli ishlab chiqarishda keng qo’llanildi, chunki payvandlash rejimi nisbatan kam almashtiriladi.
9.1-rasm.Sim uzatish uchun rolikli qurilmalar.
Almashtiriluvchi shesternalari bilan uzatish mexanizmlari qurilmasi oson va ishlatilishi oddiy. Payvandlash rcjimini tcz-tez o‘zgartirib turish kerak bo'lgan kam seriyali ishlab chiqarishda, uzatish mcxanizmining tczliklar qutisi bilan, variatorlar bilan bo'lgan apparatlari ishlatiladi. Uzatuvchi roliklar konstruksiyalar tizimi payvandlash zonasiga turli diametrli va turli ashyoli sirnlarni kam dcforMASiya bilan kassetadan stabil uzatishni ta’minlashi kerak (14.1- rasm). Silindrik roliklar o’yiqcha bilan, silliq ariqcha bilan. o'yiqcha va ariqcha bilan, rezinalangan roliklar bilan, shestercnli roliklar ariqchasi bilan ishlatiladi (14.2- rasm).
|
| |