VI. ILOVALAR
Fanning o’quv dasturi (na’munaviy)
1. O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fan respublikamizning texnik-iqtisodiy va sotsial taraqqiyotini jadal sur’atlar bilan rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, takomillashgan texnologiyani joriy etish bilan bir qatorda texnik-iqtisodiy talablarga to‘la javob beradigan payvandlashning zamonaviy robotlari masalalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Bu vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan fan va texnikaning rivojlanish darajasiga, sanoatning yuqori sifatli va unumli mashinalar bilan ta’minlanganligiga, ishlab chiqarishda mehnatning ilmiy asosda tashkil etilishiga bog‘liqdir.
“Payvandlash robotlari” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib 4-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Payvandlash robotlari” fani ixtisoslik fanlar turkumiga kiradi va «Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metalga ishlov berish)» hamda «Kasb ta’limi (5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar)» ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
2. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda ishlab chiqarish sohalarida qo‘llaniladigan payvandlash ishlarini mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi, sanoat robotlari ularning texnologiyasi va jihozlari asoslari yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maksadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, yoyli va kontaktli payvandlash uchun robotlarning apparaturasi va texnologik jixozlari, payvandlash sensorlarini qo‘llash masalalarini ilmiy dunyokarashanin shakillantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga kuydagi talablar ko‘yiladi. Talaba:
– fan rivojining tarixi va istiqboli, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda sanoat robotlari, payvandlash sensorlari, payvandlash robotlarini boshqarish asoslari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
– payvandlash ishlarini mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasini, sanoat robotlari, payvandlash robotlarini, payvandlash robotlarini boshqarishni, periferiyadagi payvandlash robotlarini, payvandlash sensorlarini bilishi va ulardan faydalana olishi;
yoyli va kontaktli payvandlash uchun robotlarning apparaturasi va texnologik jihozlari hamda texnologik ta’minlanishi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|