• 5.1-rasm. 3 xil turdagi lazer sensorlari
  • 5.3-rasm. Yuqori aniqlikdagi ernostar linzalarida lazer o’lchov sensori ishlash prinspi. 6-Amaliy mashg’ulot
  • Nazariy qism: Infraqizil nurlanish
  • Kerakli asbob va uskunalar




    Download 6,85 Mb.
    bet35/73
    Sana12.12.2023
    Hajmi6,85 Mb.
    #117441
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
    Bog'liq
    PR 111 UMK

    Kerakli asbob va uskunalar:

    Payvandlash robotining lazerli o’lchov sensori, resistor, voltmeter, ampermetr.

    1. Amaliy qism:

    Laserli o’lchov sensorlari havoladagi masofada o’lchovchi, qisqa masofada o’lchovchi va uzoq masofada o’lchovchi turlarga bo’linadi.

    5.1-rasm. 3 xil turdagi lazer sensorlari

    Lazer shu’la(nur) nuqta holati yorug’lik qabul qilishi yuza holatining o’lchov aniqligiga ta’siri holari quyidagi rasmda keltirilgan. (5.2-rasm)



    5.2-rasm. Lazer shu’la(nur) nuqta qabul qilish holati
    Shuningdek, lazerli o’lchashlarda aniqlikni oshirishda ernostar linzalari tavfsiya etiladi. Bu linzalar nurni yutish koeffitsienti pastligi va yuqori aniqligi, ularning ishlovchanlik qobiliyatini oshiradi. Bu kabi linzalar “yuqori aniqlikdagi ernostar linzalar” deb ataladi.

    5.3-rasm. Yuqori aniqlikdagi ernostar linzalarida lazer o’lchov sensori ishlash prinspi.


    6-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Payvandlash robotlarining infraqizil nurli sensorlarini o‘rganish

    1. Ishni bajarishdan maqsad:

    Infraqizil nurli sensorlar haqida talabalarda umumiy bilimlarni shakllantirish, optika hodisalaridan payvandlab ishlab chiqarishda yuqori sezuvchanligi natijasida ish samaradorligiga erishishning nazariy va amaliy bilim ko’nikmalarini shakllantirish.

    1. Nazariy qism:

    Infraqizil nurlanish — toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 – 2 mm gacha boʻlgan koʻzga koʻrinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uz. X=0,74—2,5 mkm), oʻrta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasi (0,4—0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga oʻtishda keskin oʻzgaradi. Koʻpgina moddalar koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida shaffof boʻlmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi tiniq suv qatlami toʻlqin uz. X >1 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish uchun shaffof boʻlmaydi; koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida shaffof boʻlmagan germaniy va kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻladi (germaniy uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qogʻoz Infraqizil nurlanish spektrining uzok, sohasida shaffof boʻladi. Koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlmagan, lekin Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlgan moddalar Infraqizil nurlanish ni ajratishda yorugʻlik filtrlari sifatida ishla-tiladi.
    Koʻpgina metallar koʻzga koʻrinadigan nurlanish sohasiga qaraganda Infraqizil nurlanish sohasini yaxshiroq qaytaradi, yaʼni ularning qaytarish xususiyati birmuncha yuqori. Mac, A1, Ai, Ag, Si kabi elementlar toʻlqin uz. A.= 10 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish ning 98% ini qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer atmosferasidan oʻtayotganida yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi kamayadi.
    Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladi. Gʻalayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishidagina Infraqizil nurlanish spektri chizikli boʻladi. Mac, simob atomlarining nurlanishi Infraqizil nurlanish chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat. Gʻalayonlangan molekulalar yoʻl-yoʻl infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bogʻliq (qarang Moleku-lyar spektrlar). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning Infraqizil nurlanish spektri uzluksiz boʻladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) temperaturasiga bogʻliq. Past temperatura (< 500°) dagi jism nurlanishining Infraqizil nurlanish intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism Infraqizil nurlanish manbai boʻla olmaydi. Eng koʻp ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai volfram tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi.
    Infraqizil nurlanish dan i. t. ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va koʻpgina amaliy masalalarni hal qilishda foydalaniladi (qarang Infraqizil fotografiya, Infraqizil qizdirish). Infraqizil nurlanish bilan qorongʻida obʼyektlarni suratga olish, oʻchib ketgan xatni tiklash (oʻqish), signallarni uzatish va q. k. ishlar bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va foto-elektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan foydalaniladi. Infraqizil nurlanish choʻgʻlanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil qiladi; baʼzi lazerlar oʻzidan Infraqizil nurlanish chiqaradi.

    Download 6,85 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




    Download 6,85 Mb.