|
I bob ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanishning pedagogik ahamiyati
|
bet | 1/11 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 184 Kb. | | #264416 |
Bog'liq Xalq og\'zaki ijodi
I BOB TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
1.1. Xalq og’zaki ijodining ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilishi
1.2. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda xalq og’zaki ijodining ahamiyati
1.3. "Xalq ogʻzaki ijodi namunalarida ta'lim tarbiya masalalari"
II BOB BOSHLANGICH SINF TARBIYA DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI YO‘LLARI
2.1. Xalq og’zaki ijodi na’munalarining tarbiyaviy ahamiyati
2.2. Boshlang`ich sinflarda xalq og`zaki ijodi namunalarini o`rganish asosida ma`naviy ehtiyojni shakllantirishning shart-sharoitlari
2.3. Bola tarbiyasida oʻzbek xalq maqollari va xalq ogʻzaki ijodining oʻrni
III BOB MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI OILADA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASHNING YO‘LLARI
3.1. Xalq ogʻzaki ijodidan foydalanib ta'lim tarbiya masalalarini tashkil etish
3.2. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Buning natijasida esa globallashuv jarayoni xar bir xalqning kelajak avlod ta’lim va tarbiya jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Shu sababli ta’lim-tarbiya masalasiga jiddiy yondoshib, kelajak avlod tarbiyasi bosh vazifamiz ekanligini unutmagan xolda, kirishmog’imiz kerak. Zero Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “... dunyo maydonida va o’z azm-u qarorida qoyim turmoq, maqsadga erishmoq uchun mutasssil oldinga intilish, hayot va tafakkur tarzini isloh qilish, yangilanish tomon sobitqadamlik bilan borish lozim.” Shunday ekan, bizning bosh maqsadimiz bo’lgan to’g’ri tarbiya va sifatli ta’lim berishda, xalqimizning donoligi, yashash tarzi davomida ortirilgan va sayqallanib, tajribalari asosida sinalgan ijod namunalari bilan bu jarayonni boyitishimiz va tarbiyaviyligini oshirmog’imiz kerak. Bunda boy va mukammal bo’lgan o’zbek xalq og’zaki ijodimizga murojaat etbgina bu borada aniq va to’g’ri yo’ldan borishimiz mumkin. Xalq og’zaki ijodi, bizning xalqimizning boy madaniy me’rosining namunalaridan hisoblanib, xalqimizning turmush tarzi, milliy va rang-barang urf-odatlari, sabr va matonat bilan amalga oshiradigan mehnat faoliyati, xalqimizning sodda qalbidagi orzu-umidlari, g’am-tashvishlari, armonlari, quvonchlarini ifodalab, har bir davrga hamnafas bo’lib, sayqallanib boradi.O’zbekiston Respublikasi hududida tahsil oladigan o’quvchilar va talabalar odatda uch til o’rganadilar. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi:ona tili, rus tili va chet tili. Ma’lumki til kishilarning bir-birlarini yaqindan bilishlari, hurmat ezozlashlari, do’stlashishlarida tengi yo’q omil, bebaho vositadir. Zamonaviy pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologitalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart – sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida: Respublikamiz hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o’rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi. Har bir o’quvchiga individual yondoshgan holda (ham) dars jarayonida mavzuni qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan tomonlarini hisobga olishi kerak. Buning uchun turli ko’rgazmali qurollar yordamida obrazli, ifodali, personaj tovushlariga taqlid qilib o’qish, hikoya qilib berish, yangi so’zlar bilan tanishtirish, o’z navbatida o’quvchilardan ertakni aniq, burro talaffuz bilan o’qib, kichik dialoglarni rollarga bo’lib aytib berishlari, yuqori sinflar esa mazmunini hikoya qilishlari va bularning hammasi o’qituvchi tomonidan kuzatilib borilishi maqsadga muvofiqdir. 5-6 sinf o’quvchilariga ertaklarning mazmuni va asosiy g’oyasini yaxshiroq idrok etib, puhtaroq tushunib olishlari uchun og’zaki nutqni o’stirishga doir suratlar chizishni tavsiya etish, ularda tasavvur, tafakkur, xotirani o’stirish g’oyatda muhimdir. Shuningdek, har bir o’quvchi o’zi chizgan rasmlarni so’zhlab berishi orqali og’zaki nutqi o’stirishga erishiladi. Xalq pedagogikasining ajoyib dastlabki va muvaffaqiyatli vositasi – ertaklarning tarbiyaviy qudrati, uning inson hayotini go’zallashtirishi, ma’naviy boyitishi, uni kamolotning eng yuksak pog’onalariga yetkazishi haqida A.S.Pushkin shunday degan edi: ”Kechqurun ertaklar tinglab, bu bilan o’tmishdagi la’nati tarbiyamning kamchiliklarini to’ldiraman. Ertaklar qanday go’zal! Har qaysisi bir doston”
|
| |