I BOB TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI




Download 184 Kb.
bet2/11
Sana19.06.2024
Hajmi184 Kb.
#264416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xalq og\'zaki ijodi

I BOB TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
1.1. Xalq og’zaki ijodining ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilishi


Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Buning natijasida esa globallashuv jarayoni xar bir xalqning kelajak avlod ta’lim va tarbiya jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Shu sababli ta’lim-tarbiya masalasiga jiddiy yondoshib, kelajak avlod tarbiyasi bosh vazifamiz ekanligini unutmagan xolda, kirishmog’imiz kerak. Zero Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “... dunyo maydonida va o’z azm-u qarorida qoyim turmoq, maqsadga erishmoq uchun mutasssil oldinga intilish, hayot va tafakkur tarzini isloh qilish, yangilanish tomon sobitqadamlik bilan borish lozim.” Shunday ekan, bizning bosh maqsadimiz bo’lgan to’g’ri tarbiya va sifatli ta’lim berishda, xalqimizning donoligi, yashash tarzi davomida ortirilgan va sayqallanib, tajribalari asosida sinalgan ijod namunalari bilan bu jarayonni boyitishimiz va tarbiyaviyligini oshirmog’imiz kerak. Bunda boy va mukammal bo’lgan o’zbek xalq og’zaki ijodimizga murojaat etbgina bu borada aniq va to’g’ri yo’ldan borishimiz mumkin. Xalq og’zaki ijodi, bizning xalqimizning boy madaniy me’rosining namunalaridan hisoblanib, xalqimizning turmush tarzi, milliy va rang-barang urf-odatlari, sabr va matonat bilan amalga oshiradigan mehnat faoliyati, xalqimizning sodda qalbidagi orzu-umidlari, g’am-tashvishlari, armonlari, quvonchlarini ifodalab, har bir davrga hamnafas bo’lib, sayqallanib boradi. Xalqimizning ijod maxsuli hisoblangan, zamonlar osha og’izdan-og’izga o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og’zaki ijodi yoki folklor inglizcha “folk” – xalq, “lore” – donolik, yani xalq donoligi, donishmandligi) deb yuritiladi. Xalq og’zaki ijodining, ertak, afsona, maqol, matal, latifa, laparlar, dostonlar, tez aytishlar, alla, topishmoqlar, naqllar, hikmatlar shu kabi janrlari keng ommalashgan. Bu janrlarda yosh avlodni manaviy-axloqiy tarbiyalash yo’llari, tarbiya usullari, mehr, muhabbat, saxiylik, olijanoblik, qadr, vafo, sadoqat, yaxshilik, oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, halollik, adolat, insof, andishalik, insonparvarlik kabi xislatlar ulug’lanadi, qadrlanadi, ammo insonni bulg’ovchi, bevafolik, baxillik, xasislik, qo’rqoqlik, nomussizlik, manmanlik, kaltabinlik, yolg’onchilik, ochko’zlik, o’g’rilik va boshqa salbiy illatlar qoralanadi. Xalq og’zaki ijodi namunalari odobaxloq, ta’lim-tarbiya borasida o’ta xayotiy, xalqchil va ibratliligini, shu bois uning umumbashariy ahamiyatga molik eknligini ta’kidlash lozim. Xalq og’zaki ijodini ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilishining afzalliklari quyidagicha; - Chuqur ma’nodorligi. Asarning mazmundorligi va mantiq jixatdan mukammalligi o’quvchiga kuchli ta’sir etib, uni chuqur o’ylantirish bilan bir qatorda, ijobiy sifatlar shakllanishiga turtki vazifasini o’taydi. Ertaklar, dostonlar va hikoyalar shular jumlasidan. - Ixchamlilik. Xalq og’zaki ijodining avloddan-avlodga o’tib kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanib, u xalq tomonidan oson o’zlashtiriladi va yod olinadi. Bu maqollar, matallar, topishmoqlar, tez aytishlar va shu kabi janrlarda o’z ifodasini topadi. - Soddaliligi. Asar tarkibida o’ta badiiy, bo’yoqdor va o’zlashma so’zlarning ishtiroki yo’qligi, xalq og’zaki ijodining juda ko’p yo’nalishlarda foydalanishga sabab bo’ladi. - Ohangdorliligi. Asardagi so’zlarning ma’no jihatdan ohangdorligi va mazmunan so’zlarning mutanosibligi, xalq tomonidan oson yodda saqlanilishiga va avloddan-avlodga yetkazilishiga xizmat qiladi. Bag’ishlovlar, madxiyalar, masal va matallar shular jumlasidandir. - Ko’p variantlilik. Zamonlar, mavsum va xududlardagi sharoitlar natijasida, xalq og’zaki ijodida asosiy mazmun o’zgarmagan xolda xilma-xillik yuzaga keladi. Ertaklarda, dostonlarda bular o’z aksini topgan. Birgina turkiy xalqlar ijodining yorqin namunasi bo’lgan “Alpomish” dostonining xam o’ndan ortiq variantlari mavjud. Qisqa qilib aytganda xalq og’zaki ijodini ta’lim-tarbiya jarayoniga qorishuvi xar tomonlama ijobiy natijasini ko’satadi. Buni albatta to’g’ri yondashuv, aniq usul va yo’nalishlar bilan amalga oshirish kerak.



Download 184 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 184 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Download 184 Kb.