|
Tarbiyaviy ishlarni olib borishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish
|
bet | 9/11 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 184 Kb. | | #264416 |
Bog'liq Xalq og\'zaki ijodi3.2. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish
Ma’lumki, jamiyatimiz shiddat bilan rirojlanayotgan bir paytda ta’lim sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar, yutuq va kamchiliklarni kuzatyapmiz. Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2020 yil 23-sentyabrda “Ta’lim to‘grisidagi qonun“10yangilandi. Ushbu qonun XI bob 75 moddadan iborat bo‘lib, qonunning III bobi 24-moddasida ta’lim sifatini boshqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni,professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun vakolatli davlat organlari vazifalari belgilab berildi. Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.Mustaqillik tufayli, ko‘hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishiga shart-sharoitlar vujudga keldi. Ayni paytda o‘zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablarigamos keladigan ta’lim-tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. adqiqotlarda Ollohning ilohiy mo‘jizasi –hayot sarvari Insonning ona qornida paydo bo‘lishidan tortib, to tug‘ilganiga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha bo‘lgan axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bog‘liq o‘yinlar, xalq pedagogik an’analarining hozirgi zamon yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tutgan o‘rni hamda ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga o‘zbek an’anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusumlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o‘ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi dolzarb mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi.O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Prеzidеnti Sh.Mirziyoyеv: “Bugungi zаmоn bаrchа sоhаlаr qаtоridа ilm-fаnni hаm yangi bоsqichgа ko‘tаrishni tаlаb qilmоqdа. Zоtаn, jаmiyat оldidа turgаn dоlzаrb mаsаlаlаrni ilm-fаnsiz еchish qiyin. Mаzkur sоhаni vа оlimlаrni hаr tоmоnlаmа qo‘llаb-quvvаtlаsh dаvlаtimizning ustivоr vаzifаlаridаndir”11.O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida farzandlarimizning estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; tarbiyalanuvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik did asoslarini shakllantirish va takomillashtirish; estetik tarbiyada tarbiyalanuvchilar o‘yin folklorining o‘rni va ahamiyati, tarbiyalanuvchilar folklor-etnografik dastalari-estetik tarbiya markazi ekanligi, vorislik, ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy-estetik ahamiyati, yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish hamda badiiy-estetik tarbiyalashda xalq ommaviy tomosha san’ati -sirk, dorbozlik, askiya, baxshi-shoirchilik, dostonchilik, ertakchilik, qiziqchilik, taqlidgo‘ylik, maddohlik, qiraotxonlik, qissaxonlik, otunlik, voizlik, bo‘zaxo‘rlik alyorlari kabi san’atlarining tutgan o‘rni va pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq an’anaviy sporti, fizkulturasi-farzandlar jismoniy baquvvatligi va etukligining garovi ekanligi, chaqqonlik, epchillik va har tomonlama garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligi, tarbiyalanuvchilar o‘yin folklorining pedagogik tarbiyaviy ahamiyati, xalq pedagogik tarbiyasida turizm va sayohatning, savdo-sotiq va tijoratning o‘rni, jismoniy tarbiya va sport ko‘nikmalarida xalqning qiziqarli tomosha san’ati, ahloq-odob va ta’limning uyg‘unligi va o‘ziga xosligi, xalq sporti va jismoniy tarbiyasida jinsiy tafovutlarga ahamiyat berishning axloqiy-aqliy ahamiyati; xalq an’anaviy pedagogikasida tabiat va inson uyg‘unlashuvi muammolari, tabiat va tarixni e’zozlash, saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar dunyosi, qushlar olami hamda dov-daraxtlar, o‘simliklar va giyohlarga ruxsat; suv, borliq-atrofga insoniy munosabat-xalqpedagogikasining ekologik tarbiyasi asoslaridan biri ekanligi, odatlar, udumlar, rasm-rusumlar, marosimlar, irim-sirimlar, qarg‘ish va olqish-duolar, tabiat, diniy bayramlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, xalq ommaviy bayram-sayllari “Navro‘z”, “Mehrjon”, “Hayit-ro‘za”, “Hayit bayrami” va boshqalarning; bolaning dunyoga kelishi, qulog‘iga azon aytish, tish chiqishi, ilk qadami, beshikka solish, birinchi kiyim- bosh kiydirish, besh, etti kun, o‘n bir kunligi, bir yilligi, uch, to‘rt, besh yilligining alohida bayram qilinishi, o‘quv muassasasiga borishi, sunnat qilinishi, kokil qo‘yish, kokil oldirish, mo‘ylov oshi, uylanish-nikoh to‘yi, birinchi farzand ko‘rish, qirq, ellik, oltmish yoshlar tantanalari, payg‘ambar yoshi, etmish, sakson, to‘qson yillik yubileylari, kumush to‘y, oltin to‘y, marvarid to‘y va boshqa bayram-sayllar, to‘y-tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va an’analarning ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik yo‘nalishi, ahamiyati va shu kabilar.2022-2026 yillаrgа mo‘ljаllаngаn Yangi O‘zbеkistоnning tаrаqqiyot strаtеgiyasi to‘g‘risidаgi O‘zbеkistоn rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоnidа1241-mаqsаd: Mаktаblаrni rivоjlаntirish Milliy dаsturini jоriy etish оrqаli хаlq tа’limi tizimidа qo‘shimchа 1,2 milliоn o‘quvchi o‘rni yarаtish.2022–2026 yillаrdа 217 tа“Bаrkаmоl аvlоd” bоlаlаr mаktаbini rivоjlаntirish bo‘yichа dаsturni аmаlgа оshirish, dеb tа’kidlаb o‘tilgаn. Shundаy ekаn, ushbu dаsturning mаqsаdi vа vаzifаlаridаn kеlib chiqib, tа’lim muаssаsаlаri хоdimlаri o‘z fаоliyatlаrini to‘g‘ri tаshkil etishlаri lоzim. Qur’oni Karim, Hadis hamda Sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlariga doir parchalar ham mazkur qo‘llanmaning sahifalarini bezashi tabiiydir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiga oid materiallarni bamisoli ummonga qiyos qilish mumkin Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo‘lib tug‘ilmaydi –u birday tug‘iladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-kuy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat va tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros-oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, jamiyatning bu sohadagi sa’y-harakatlari hal qiluvchi o‘rin tutadi. Xalq ta’kidlashicha, bola boshdan to‘g‘ri, haqqoniy tarbiyalansa –u kelgusida yaxshi inson bo‘lib etishadi, egri yo‘lda tarbiyalansa –yomon kishiga aylanadi. Zero “ko‘chat boshdan, bola yoshdan” maqoliga amal qilish xalq an’anaviy pedagogikasining bosh yo‘nalishidir.El-yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga qaratilgan “O‘zbek xalq pedagogikasi” ham ayrim shaxslar yoxud bir-ikki jamoa –ular qanchalik iqtidorli-iste’dodli bo‘lishmasin, uni xalqimiz asrlar bilan o‘lchanuvchi hayotida o‘zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan udimlari, sa’y-harakatlari, yo‘l-yo‘riqlari, aql-zakovatlari bilan yaratilgan.Hamisha safarlarda bo‘lib, o‘zga yurt kishilari bilan muloqotlarda bo‘lish, izlanishlar olib borishdan toliqmaslik kabi xislatlar o‘zbek xalqi xarakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik, baynalmilallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni o‘ziga e’tiqod qilib olgan o‘zbek xalq pedagogikasi ayni choqda SHarq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand bo‘lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go‘zal namunalarini o‘ziga qabul qilib olgan.Endi biz shular xususida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Imom al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga, ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Xamsa” sini, Imom al-Buxoriyning “As-sahih” hadislar to‘plamini, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi ko‘plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xalqimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo‘lib, ular ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar o‘z navbatida yuqorida sanab o‘tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga etkazgandir. SHunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir13.Ma’lumki, xalqimizning salkam ming yillik tarixi Islom dini bilanchambarchas bog‘langandir. SHuning uchun xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarning aksariyati, mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari aynan ana shu din asosida shakllanib, rivoj topib kelgan.Shunday ekan, biz bu dinning urf-odatlariga oqilona yondashib, ularni to‘g‘ri anglab olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, doimo millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlikni va isoniyatga nisbatan qilinadigan har qanday zo‘ravonlikka qarshi g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’limtarbiya tizimining barcha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin. Milliy tarbiya an’analarining didaktik imkoniyatlari asosan o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. Ko‘pgina fan o‘quv dasturlari va darsliklarida xalq donishmandligidan olingan va boy tarbiyaviy ahamiyatdagi mavzular hamda o‘quv materiallari berilgan. Buni maktabning boshlang‘ich sinfidan tortib to oliy ta’limning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlaridagi fanlarni o‘rganishda ko‘rish mumkin. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi «0‘zbek tili», «Vatan adabiyoti» kabi darsliklarida atroflicha yoritilgan xalq og‘zaki ijodiyoti, o‘zbek adabiyoti klassiklari asarlari xalq pedagogikasi manbalari sifatida chuqur tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va o‘zbek mutafakkirlari asarlari bilan yoshlami tanishtirishda o‘qituvchi yorqin badiiy obrazlarga asosiy e’tiborini qaratishi zarur. 0‘quvchilar esa bu obrazlami qabul qilishlari, tushunishlari va his etishlari kerak. Zero, badiiy obraz orqali o‘quvchilarda turli hissiyotlarni vujudga keltirish mumkin. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonini o‘rganishda Farhodning jasoratli mehnatiga tan berish, Shirinning vafodorligi va go‘zalligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g‘azablanish kechinmalari uyg‘otiladi. 0‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganishda, grammatik qoidalarni egallashda chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan folklor asarlari, ya’ni dostonlar, rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va hokazolardan tuzilgan misollardan iborat mashqlar qo`llaniladi
|
| |