Boshlang`ich sinflarda xalq og`zaki ijodi namunalarini o`rganish asosida ma`naviy ehtiyojni shakllantirishning shart-sharoitlari




Download 184 Kb.
bet6/11
Sana19.06.2024
Hajmi184 Kb.
#264416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xalq og\'zaki ijodi

2.2. Boshlang`ich sinflarda xalq og`zaki ijodi namunalarini o`rganish asosida ma`naviy ehtiyojni shakllantirishning shart-sharoitlari
O‘quvchilarda milliy-ma’naviy qadriyatlarni egallashga bo‘lgan ehtiyoj ularni insonning tabiiy imkoniyatlarini to‘la anglab etishga undaydi. O‘quvchi o‘zining jismi, ruhiyati, qalbi va ma’naviyatining bir butun, yaxlit hodisa ekanligini anglab etadi. Chunki insonda 3 ta aniq birlik mavjud-bu jism, qalb va ruhiyatdir. Biz bu uchlik orasida ruhiyat tushunchasiga alohida to‘xtalamiz. Chunki o‘quvchining milliy-ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyoji, uning ruhiyatiga pedagogik ta’sir ko‘rsatish orqali shakllantiriladi. Ruhiyat tushunchasiga O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida quyidagicha ta’rif berilgan: Ruhiyat psixika)- yuksak darajada tashkil topgan materiya miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy hatti- harakat va boshqa sub’ektiv obrazlarda aks etadi Ruhiyat tushunchasi inson tushunchasining tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun ham unda muayyan ehtiyojni shakllantirish jarayonida shaxsning jismi va qalbi bilan yaxlit tarzda o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, zardushtiylik hamda islom dini ta’limotida jism, qalb va ruhiyat kabi tushunchalarning har biri haqida batafsil fikr bildirilgan. Inson tanasi xudo tomonidan yaratilgan bo‘lib, u mayda qum charrachalaridan tarkib topgan. Shuning uchun inson erga taalluqlidir. Inson o‘zining jismi bilan boshqa mavjudodlardan farq qilmaydi. Inson ham boshqa mavjudodlar singari o‘z jismining ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Inson jismining ehtiyojlari xilma-xil bo‘lib, ular ikki yo‘nalishda qondiriladi: o‘z-o‘zini asrash ehtiyoji va hayotni davom ettirish ehtiyoji. Inson jismi tashqi olam bilan muloqotga kirishishi uchun unga 5 ta sezgi a’zolari ato etilgan: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m sezish va tayanch harakat organlari. E’tirof etilgan ikkinchi tushuncha-bu qalbdir. Qalb ham insonga xudo tomonidan berilgan. Qalb jismga hayot bag‘ishlaydi, uni boshqaradi. U insonning hayotiy quvvatini tashkil qiladi. Insonning qalbi, uning jismi va ruhiyatini bog‘laydi. Qalbning butun harakati insonning hissiyotlari, fikri hamda istagi, ehtiyojlarini harakatga keltirishga xizmat qiladi. Qalb istak, aql, hissiyotning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bilim olish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyoji ham inson qalbining xohishidir. - insonga xos muhim unsurlardan yana biri ruhiyatdir. Inson ruhiyati 3 xil ko‘rinishga ega: xudodan qo‘rqish, vijdon hamda xudoga sig‘inish. Xudodan qo‘rqish hissi o‘zgarmas qat’iy e’tiqod bilan bog‘liq holatdir. Shaxs qalban xudoning mavjudligiga ishonadi va unga e’tiqod qiladi. Gunoh ishlarni qilishda undan qo‘rqadi. Inson ruhiyatining ikkinchi muhim ko‘rinishi bu vijdondir. Vijdon insonga nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Qaysi ishni bajarish kerak-u qaysisini bajarmaslik kerakligini ta’kidlab turadi. U shaxsning ichki hakami hisoblanadi. Uchinchi ko‘rinish xudoga sajda qilishdan iboratdir. Inson ruhiyati o‘zining o‘zligini tabiat va xudodan izlaydi. Xudoga sajda qiladi, unga intiladi. U sajda orqali ruh ehtiyojini qondiradi. Fandagi ilg‘or qarashlar bugungi kundagi inson ruhiyati o‘z-o‘zini anglash, vijdon amri bilan ish tutish, erkinlik va intuitsiyaga ehtiyojmand ekanligini har tomonlama asoslamoqda. Shu bilan bir qatorda inson ruhiyati mushohada, aqlidrok va zakovatni egallashga ham intiladi, unga ehtiyoj sezadi. Chunki inson ruhiyati aql-zakovatni egallash orqali o‘z ehtiyojlarini qondirish, muhim qarorlar qabul qilishga moyil bo‘ladi. Inson hayotida ruhiyatning amaliy jihatdan ustivor o‘rin egallashini ta’kidlab, mutaxassilar u har doim muhabbat, quvonch, tinchlik, sabr-toqat, yaxshilik, ezgulik, rahm-shafqat, ishonch, bardoshga ehtiyoj sezishini ko‘rsatib o‘tganlar. Bunday ehtiyoj birinchi navbatda o‘zbek xalqining uzoq asrlar davomida oqlanib, katta amaliy natija berib kelgan milliy-ma’naviy qadriyatlarini egallash natijasidagina qondiriladi. - Har bir inson bilimni egallashi, dono va ukko bolishi kerak, jamiyat yoki eskirgan donolik va qonuniy huquqlarga asoslanmagan jinoyatchi, yovu odamning bosimi ostida yoqoladi, tartibsilik va tartibsilik, beadablik va nomussilik, xoinlar va boshqa notogri ishlar. Fandan bexabarlik va bilim savodsilik va qoloqlikka olib keladi”. Yoshlikda olashtirilgan ilm olashtirilgan namunadir tosh va u ongda yorqin aks etadi, u bir necha ming marta ibodat qilishga ariydi. Yuqoridagilardan shu narsa ayon bo‘ladiki, o‘quvchilarda ezgu amallarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish orqali, ularni ma’naviy, ruhiy barkamollikka undashga yo‘naltirilgan pedagogik tizimni vujudga keltirish bgungi kunning o‘z echimini kutayotgan dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammolaridan biridir. Ta’lim jarayonida o‘quvchining jismoniy, ruhiy hamda hissiy ehtiyojlarini shakllantirish uchun qulay pedagogik shart-sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Yosh vujudda jismoniy, ruhiy hamda qalban poklikka intilish ehtiyoji vujudga kelgandagina, u ezgu amallarni egallay boshlaydi. Qalb pokligi va istagi bu shaxsning o‘z orzulari va intilishlari bilan bog‘liq holatdir. U hissiyotlarga asoslanadi. Inson har doim jism va qalb ehtiyoji tufayli takomillashishga intiladi. O‘zining shaxsiy hayoti va “Men”ini qaror toptiradi. Insonning shaxsiy hayoti uning ong darajasi bilan belgilanadi va o‘zining “Men”ida aks etadi. Uning “Men”i shaxsiy tabiati, uning iqtidori, etukligi, yutuqlari, baxt-saodati, barkamolligida namoyon bo‘ladi. Insonning ruhiyati uning hayot tarzini belgilovchi asosiy omildir. Xuddi shunday ehtiyoj tufayli, o‘quvchilar ma’naviy qadriyatlarni izchil o‘zlashtirishi mumkin. O‘quvchilarda milliy-ma’naviy qadriyatlarni egalash haqida fikr yuritganda, e’tiborimizni eng avvalo o‘zbek xalqining mentaliteti bilan bog‘liq jihalariga qaratamiz. Mentalitet – lotincha mentalis-aqliy) – ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma’naviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti, ularning o‘ziga xos tarixiy an’analari, urf-odatlari, diniy e’tiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning mentaliteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va boshqa bir qancha omillar bilan bog‘langan bo‘ladi. Chunki ushbu tushunchaning tahlili o‘quvchilarda milliy– ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish tizimini vujudga keltirish uchun nihoyatda muhimdir. O‘zbek xalqi milliy mentalitetining asosini islomiy e’tiqot tashkil etadi. Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday hamjihat bo‘lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo‘lsa, bugun ham, ta’bir joiz, tarix va hayot gardishi, tabiatning o‘zi bizni-butun O‘rta Osiyo xalqlarini aynan ana shunday do‘stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy voqelikka mana shunday qarash, jamuljam bo‘lib yashash tuyg‘usi biz uchun hayot falsafasiga, yana ham aniqrog‘i, hayot qoidasiga aylanib ketgan. Zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, bu milliy mentalitetimizning asosini tashkil etadigan, bizni boshqalardan ajratib turadigan shunday bir xususiyatki, uni sezmaslik, anglamaslik, ko‘rmaslik umuman mumkin emas”. Jamiyatda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, shuningdek ta’lim sohasidagi islohotlar har tomonlama ongli fikr yuritishni taqozo qiladi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi o‘zining asl ma’naviy madaniyatidan ko‘p yillar davomida asta-sekin uzoqlashdi. Milliy ildizlarimiz va an’analarimizdan uzoqlashish milliy ijtimoiy ongning tanazzuliga olib keldi. Ma’naviy ildizlardan uzoqlashish natijasida jamiyat hayotidagi ijtimoiy muhit, ijtimoiy munosabatlar buziladi. Ma’naviy inqiroz, o‘zligidan uzoqlashish vujudga keladi, xudbinlik va jinoyatchilik kuchayadi. Bu jarayonda ayniqsa, yoshlar ko‘proq qatnasha boshlaydilar, mavjud bo‘shliq o‘rnini yot madaniyatlar egallay boshlaydi. Yoshlar bu ta’sirga ko‘proq beriladilar. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib, jamiyat maktab o‘quvchilarining ijtimoiy-ma’naviy, milliy madaniyatni egallash ehtiyojini shakllantirishga zaruriyat sezmoqda. Buning uchun yoshlarni yo‘naltiradigan, ularda milliy ma’naviy qadriyatlarni egallashga ehtiyoj hosil qiladigan ta’lim jarayonini tashkil etish zaruriyati vujudga kelmoqda. Bunday jarayon o‘quvchi yoshlarga o‘zining shaxsiy hayotini tashkil etish, qurishga yordam beradi. Ularning ma’naviyati o‘sadi, o‘zlari va jamiyat uchun mas’uliyatli qarorlar qabul qila boshlaydilar, o‘z hayot yo‘llarini to‘g‘ri va ongli tanlashlari uchun imkoniyat tug‘iladi. Bularning barchasi ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchilarda milliy ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishga yo‘naltirish asosida amalga oshiriladi. Insonparvarona ta’lim jarayonining markazida o‘quvchi shaxsi qo‘yilishi bugungi kunning muhim talabidir. Chunki har bir o‘quvchi ta’lim-tarbiya jarayonining sub’ekti sifatida betakrordir. Maktabda o‘qituvchi hamda o‘quvchilar ma’naviy, hissiy jihatdan umumiy yaxlitlikka ega bo‘lishlari kerak. Bugungi kunga kelib shaxs ma’naviyati hamda ma’naviyatlilik darajasi haqida juda ko‘p gapirilmoqda. Bu sohada talaygina ilmiy tadqiqot ishlari ham amalga oshirilgan. Bu ishlar shubhasiz ta’lim oluvchilar ma’naviyatini ularning ehtiyojlari darajasida shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Biroq, ushbu yo‘nalishdagi aksariyat ishlarda ma’naviyat tushunchasi, uni o‘quvchi ongiga etkazish, u yoki bu o‘quv predmeti doirasida ta’lim oluvchilar ma’naviyatini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Shuning uchun ham bugungi kunda o‘quvchi shaxsi ma’naviyatini shakllantirishning muhim jihatlari, jumladan ularda milliyma’naviy qadriyatlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojlarni tarkib toptirish orqali o‘quvchilar ma’naviyatini tarkib toptirish ustida izchil, tizimli tadqiqot ishlarini amalga oshirish muhimdir. Buning uchun o‘quvchilarda milliy-ma’naviyatni egallash ehtiyojini shakllantirish muammosini pedagogik, psixologiya, falsafiy jihatdan chuqur tahlil etish lozim. Jamiyat a’zolarida ma’naviy ehtiyojni shakllantirish sohasida bir qator faylasuflar muhim nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar. Jumladan, L.N.Kogan, L.M.Arxangel’skiy, A.G.Zdravomislov, O.G.Drobnickiy kabilar. Bu ishlarda ma’naviy ehtiyoj axloqiy faoliyatni amalga oshirishda rag‘batlantiruvchi omil sifatida talqin etilgan. Shu bilan bir qatorda, shaxsning ma’naviy ehtiyojini shakllantirish muammosi bir qator psixologlarning ham e’tiborlarini o‘zida jalb etgan. Ular ma’naviy ehtiyojni tashqi muhitda inson jismi, uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan zaruriyat sifatida tadqiq qilganlar. Masalan, A.N.Leont’ev bu ehtiyojni qanday anglash kerak, S.L.Rubinshteyn ma’naviy ehtiyoj inson hayoti va rivojlanishini ta’minlovchi omil sifatida, G.A.Fortunatovning ehtiyojning ifodalanishi kabi ishlari bunga misol bo‘la oladi. Shaxs strukturasida ma’naviy ehtiyojning xarakteri va o‘rni masalasi V.N.Myasichev, shaxsning axloqiy rivojlanish jarayonida ehtiyojning o‘rni B.G.Anan’ev va L.I.Bojovich, insonning hissiyotlari, hissiy dunyosi, qiziqishlari, imkoniyatlari, tuyg‘ulari, diqqat-e’tibori, tafakkuri bilan ma’naviy ehtiyojning aloqadorligi masalasi L.S.Vigockiy, P.M.Yakobson, shaxs ma’naviy ehtiyoji shakllanishida faoliyatning o‘rni A.N.Leont’ev, ma’naviy ehtiyojning qaror topishida turli qarashlar va qoidalarning o‘rni D.N.Uznadze, ehtiyojning rivojlanishida o‘z-o‘zini baholash va muloqot ko‘nikmalarining o‘rni A.A.Bodalev, L.I.Ruvinskiy, ehtiyojning shakllanishida qadriyatli yo‘nalishning qaror topishi I.S.Konlar tomonidan tadqiq etilgan. So‘ngi yillarda xorijlik psixologlar tomonidan shaxs ma’naviy ehtiyojining quyidagi yo‘nalishlari alohida o‘rganilgan, inson tafakkurining taraqqiyotida ehtiyojning o‘rni, inson ongining qaror topishida ehtiyojning ahamiyati, inson xulq-atvori va ehtiyojlarining aloqadorligi, shaxsning qadriyatli yo‘nalishlariga ehtiyojning ta’siri masalalari A.Maslou, K.Rodjerslar tomonidan tadqiq etilgan Pedagogikada bu muammo quyidagicha tadqiq etilgan, K.D.Ushinskiy ma’naviy ehtiyojning hosil bo‘lishi va shakllanishi, P.P.Blonskiy shaxsning ma’naviy-axloqiy rivojlanishida hissiyotning ahamiyati, S.T.Shatskiy shaxsning ma’naviy shakllanishida ijtimoiy omilning o‘rni, N.I.Pirogovning yuqori darajadagi axloq va ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxsning insoniylik haqidagi qarashlari, tarbiyaning asosiy ekanligi haqidagi g‘oyasi kabilar shular jumlasidandir. Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asoslangan holda shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida vujudga kelgan zaruriyat bilan milliy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish jarayoni orasidagi qaramaqarshilikni bartaraf etish uchun yagona maqsadga yo‘naltirilgan boshlang‘ich sinflarning milliy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishga qaratilgan pedagogik tizimni vujudga keltirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarni egallashga bo‘lgan ma’naviy ehtiyojni shakllantirish strategiyalarini aniqlash va ularni amaliyotga tadbiq etish vositalari, usul va metodlarini belgilab berish ham muhim vazifalardan biridir. Bu sirada quyidagi muammolarni echish zaruriyati tug‘ilmoqda: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslarini belgilab berish, o‘quv-tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishga xizmat qiladigan didaktik vositalarni aniqlash, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizimni vujudga keltirish kabilar. Ma’naviyat tushunchasining yaxlit mazmuni o‘z ichiga bir qator tushunchalarni qamrab oladi. Turli ilmiy manbalarda ma’naviy ehtiyoj tushunchasiga turlicha ta’rif beriladi. - O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasida ma’naviyat tushunchasi quyidagicha izohlangan: Ma’naviyat - “ma’no” so‘zidan olingan bo‘lib, inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarlarini o‘z ichiga oladi.


Download 184 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 184 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich sinflarda xalq og`zaki ijodi namunalarini o`rganish asosida ma`naviy ehtiyojni shakllantirishning shart-sharoitlari

Download 184 Kb.