|
Gidrome triy a Pdf ko'rish
|
bet | 116/120 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 46,03 Mb. | | #153044 |
Bog'liq 28. Gidrometriya. Xikmatov FGidrografik to ‘r
- ma’lum bir hududdagi daryolar, ulaming ir-
moqlari, buloqlar, koilar, botqoqliklar, muzliklar, doimiy qorliklar.
Gidrograjiya
- ma’lum hududdagi suv obyektlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bogiiq holda
o‘rganib, ularga gidrologik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nuqtayi
nazaridan yondashgan holda, yozma tavsif beradigan fan.
Gidrol
- boshqa molekulalar bilan birlashmagan H20 molekula.
Gidrologik y il
- daryo havzasida namlikning to‘planish va sarf
boiish davrlarini to‘la o‘z ichiga olgan yillik oraliq.
Gidrologik prognozlar
- daryolar va boshqa suv obyektlari suv
rejimi elementlari o'zgarishlarini oldindan aytish usullarini o‘rganadigan
fan.
Gidrologik hisoblashlar
- daryolar va boshqa suv obyektlarining
turli gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqish va
takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan fan.
Gidrologiya
- yunoncha so‘z bo‘lib, “gidro” - suv va “logos” -
“bilim” yoki “fan” ma’nosini beradi.
Gidrometriya
- gidrologiyaning o‘lchov qismi bo‘lib, suv
obyektlarining gidrologik rejimi elementlarini o‘lchash, kuzatish
uslublarini ishlab chiqish va ulami bevosita amalga oshirish ishlari bilan
shug‘ullanadigan fan.
Gidrosfera
- Yer kurrasining suv qobig‘i.
Glyatsiologiya
- muzliklami o‘rganadigan fan.
Grunt suvlari
- tuproq suvlaridan pastda,
suv o‘tkazmaydigan
qatlamning ustidagi suvlar.
Daryo
- havzaga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan yer usti va yer
osti suvlari hisobiga to‘yinib, tabiiy o‘zanda oquvchi suv massalari.
|
| |