• “BLITS” so‘rov topshiriqlari
  • Uy vazifasini bajarish uchun
  • Geografiya




    Download 0,58 Mb.
    bet5/79
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,58 Mb.
    #3803
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79



    Dars bosqichlari.


    Bosiqichlar

    Mazmuni

    Metodlar

    Vaqti

    1-bosqich Tashkiliy qism

    Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.

    og‘zaki

    muloqot


    3 daqiqa

    2-bosqich Motivatsiya


    Nazorat bosqchi “BLIS” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir. “BLIS” so‘rov o‘tkazishda uning “ha-yo‘q”elementidan foydalanish yaxshi samara beradi.

    BLITS” so‘rov topshiriqlari


    Shakli: “ha-yo‘q”



    8 daqiqa

    3-bosqich Mavzu va topshiriqlar bayoni

    O‘qituvchining “Transport geografiyasi” mavzusi mazmuni to‘g‘risidagi suhbat-ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish va guruhlardagi mustaqil ish

    Asosiy bosqich:

    a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning transport tarmoqlari haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

    b) yangi mavzu bayoni - transport tarmoqlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.



    og‘zaki bayon, tushuntirish,

    savol-javob



    20 daqiqa

    4-bosqich Mustahkamlash

    Grafik usulda test topshirig‘i. Yo’lovchi va yuk tashish jadvali va diagrammasini tahlil qilish.

    Grafik usulida test topshirig‘i.


    12 daqiqa

    5-bosqich

    Dars yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq


    Uy vazifasini bajarish uchun

    tavsiyalar






    2 daqiqa



    Mashg‘ulotning borishi

    Atama va tushunchalar: 1. Transport (lotincha transporto – tashiyman degan ma’noni anglatadi) moddiy ishlab chiqarishning yuk va yо‘lovchilar tashishni amalga oshiradigan eng muhim tarmoqlaridan biri.

    2. Transport magistrali – texnik jihatdan yaxshi jihozlangan, juda katta yо‘lovchi va yuk oqimiga ega bо‘lgan yо‘l.

    3. Suv transporti – tabiiy (daryo, kо‘l, dengiz, okean) va sun’iy (kanal, suv ombor) suv yо‘llari orqali yuk va yо‘lovchi tashiydigan transport turi.

    4. Aeroport – yо‘lovchi va transport aviasiyasining muntazam ishlashini ta’minlash uchun qurilgan va havo yо‘llarida joylashgan doimiy aerodrom.

    Aeroport (aero... va port) - yo‘lovchilar, kj, pochtani havo trans-porta vositalarida muntazam tashishni ta’minlovchi binolar, inshootlar (aero-drom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy A.

    5. Port – kemalar turishini, yuklarni tushirish-ortishni va kemalarga xizmat qilishni ta’minlaydigan inshootlari, qurilmalari va jihozlari bо‘lgan okean, dengiz va ichki suv havzalaridagi joy.

    6. Fraxt - suv yo’lida yuk tashish haqi. Bu haq yukninh og’irligi, qancha masofaga tashilishi hajmi, kemada tashish vaqt miqdoriga ko’ra belgilanadi. O’zbekiston chetga sotgan mollarini chet el kemalarida tashib,ko’p mablag’ sarflashgamajbur bo’lmoqda.



    Geografik obektlar:

    Shvetsiya , Buyuk Britaniya, Finlandiya, Niderlandiya, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya ba boshqalar.



    O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

    Bilimlar:

    • Yevropa mamlakatlari transporti va uning turlari haqida bilish;

    • Transport tarmoqlari haqida bilish;

    • Dengiz va daryo transporti haqida bilish;

    • Quruqlik transport turlarini bilish;

    • Havo va suv transporti haqida bilish;

    • Quvur va elektron transporti tarmoqlari haqida bilish;

    • Yo’llarning o’tkazish imkoniyati va magistrallar haqida bilish;

    • Transportning ishi va yuk tashish hajmi haqida bilish;

    • Tonnel va fraxt tushunchalarini bilish.

    Ko‘nikma va malakalar:

    • Yevropa mamlakatlari transporti va uning turlarini aniqlay olish;

    • Transport tarmoqlarini aniqlay olishi;

    • Quruqlik, havo va suv transporti, quvur va elektron transport turlarini ayta olishi;

    • Xaritada transport tarmoqlari yonalishlarini ko‘rsata olishi;

    • Yozuvsiz xaritada transport tarmoqlari yonalishlarini tasvirlay olishi;

    • Yevropa mamlakatlari transportiga reja asosida tavsif yoza olishi.



    Tashkiliy qism.

    Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga hamda Yevropa mamlakatlaridagi yuz berayotgan iqtisodiy rivojlanishga sharh beradilar. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.



    Guruhlash. O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: " Germaniya ",

    " Fransiya ", " Italiya" guruhlari.

    BLIS” so‘rov orqali oldingi darsda o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf o‘quvchilarning bilimini tekshirish.

    BLIS” so‘rov topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:



    • Qisqa vaqtda nazoratni amalga oshirish

    • Barcha o‘quvchilarni qamrab olish

    • Nazorat materiallari to`zishning soddaligi

    • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi

    • Vaqtning qat’iy belgilanganligi nazorat natijalarini realligini ta’minlaydi


    Download 0,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




    Download 0,58 Mb.