“BLIS” so‘rov topshiriqlari




Download 0,58 Mb.
bet6/79
Sana10.04.2017
Hajmi0,58 Mb.
#3803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79

BLIS” so‘rov topshiriqlari:


Shakli: “ha-yo‘q”.

1. Portugaliya Yevropaning asosiy tikuvchilik fabrikasi bo'lib, poyabzal ishlab chiqarishda dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi.




  1. Janubiy Yevropa regioni arzon ishchi kuchiga boy Xizmat ko’rsatish sohasi muassasalarini joylashtirishda xizmatga talabning davriyligiga e’tibor qaratiladi.

  2. Sog’liqni saqlash xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi tarkibiga kiradimi?

  3. Eski to'qimachilik rayonlari hisoblanmish Buyuk Britaniyadagi Lankashir va Polshadagi Lodz hozirgi vaqtda ham faoliyat ko'rsatmoqda – mi?

  4. Mis sanoati Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Polsha hamda Bosniya va Gersogovinada rivojlangan.




  1. Aluminiy ishlab chiqarish xomashyo va elektr energiyaga boy Fransiya, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Germaniya mamlakatlarida rivojlangan-mi?

7. Dnepr va uning irmoqlarida hamda Rona, Reyn, Dnepr, Dnestr va boshqa daryolarda ayrim GES lar va ularning kaskadlari barpo qilingan.



  1. Elektr energetika tizimida IES lar muhim o'rin egallaydi.




  1. Turizm mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi

10. AES larining asosiy qismi dengiz portlari va katta shaharlarda barpo etilgan.


So‘rovni o‘tkazish tartibi:

1.Har bir o‘quvchi ucchun individual nazorat topshiriqlari beriladi.

2. “BLIS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:



Topshiriqni bajarish tartibi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10






























O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan to‘g‘ri javoblarni X belgisi bilan, noto‘gri deb hisoblagan javoblarringizni O belgisi bilan belgilang.

3. O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

X

X

X

X

X

O

O

O

O

O

4.Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach o‘qituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi.

Baholash mezonlari:


  • 9-10 ta to‘g‘ri javob uchun “5” ball

  • 7-8 ta to‘g‘ri javob uchun “4” ball

  • 5-6 ta to‘g‘ri javob uchun “3” ball

Yangi mavzu bayonidan oldin “Aqliy hujum metodi yordamida o‘quvchilarning Yevropa mamlakatlari transporti haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

Aqliy hujum” metodi


  • Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ilish, talaba (yoki o‘quvchi)larni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.




  • AQLIY HUJUM” metodi- biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir




  • «AQLIY HUJUM» metodining to`zilmasi

  • Muammoli savol beriladi

  • Fikr va g‘oyalar bildiriladi va jamlab boriladi

  • Fikr va g‘oyalar guruhlanadi

  • Aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi




  1. Transport nima?

  2. Kim temir yo’lni ko‘rgan?

  3. Yevropa hududida o’tgan temir yo’llardan 3 tasini yo’nalishlari nomini ayting.

  4. Siz yashaydigan joyda temir yo’li o‘tadimi? Uning yo’nalish nomini ayting.


Yangi mavzuning bayoni

Reja:

  1. Quruqlik transporti va uning turlari

  2. Suv transporti, havo transporti

  3. Quvur transporti, elektron transporti

4. Yuk tashish o’lchamlari.

5.Yevropadagi yirik davlat va xalqaro ahamityaga ega bo’lgan yo’llar.

6. Yevropa mamlakatlari va O'zbekistonning Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatlarini tahlil qiling.

Mavzuning bayoni

Transport makroiqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri, iqtisodiyotning qon tomiri, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. U ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lab, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.

Ta’kidlash lozimki, transport sanoat va qishloq xо‘jaligiga nisbatan geografiyada kam о‘rganilgan yoki о‘rganilayotgan yо‘nalish ekanligi bilan ajralib turadi. Vaholanki, transportsiz hech narsani tasavvur qilib bо‘lmaydi, chunki transport harakat, masofani kesib о‘tish, u yoki bu narsani (yuk, yо‘lovchi, axborot) tashish, jо‘natish demakdir. Iqtisodiy geografiyada transport liniyalar, yо‘l, yо‘laklar sifatida uning qolgan obyektlarini – areal, tugun va markazlarni bog‘lab turadi. Transport tо‘ri va tizimi har qanday hududning rivojlanganlik, о‘zlashtirganlik kо‘rsatkichi, hududiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi, iqtisodiy rayon va ishlab chiqarish majmualarning shakllantiruvchi muhim omilidir. Qolaversa, “arzon”, “qimmat”, “qulay”, “noqulay” tushunchalarining zaminida transport omili yotadi, transport geografik о‘rin esa iqtisodiy geografik о‘rinning asl mohiyatini aks ettiruvchi asos hisoblanadi.

Odatda, transport deganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratiladi:



  1. Transport – bu vosita, harakatlantiruvchi kuch;

  2. Transport – xalq xо‘jaligi tarmog‘i;

  3. Transport, aniqrog‘i transport yо‘llari – bu ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmog‘i, xо‘jalik tarmoqlari va aholining joylashuvida muhim omil (yо‘li yaxshi mamlakat boy bо‘ladi, boy mamlakatlarning yо‘llari esa hammavaqt ham yaxshi bо‘lavermaydi);

  4. Transportning uzatuvchanlik, bog‘lovchilik funksiyasi borligi sababli u aloqa tizimi bilan juda yaqindan aloqador, binobarin, aloqa tizimidagi yangi о‘zgarishlar (tele-radio aloqalari, internet va b.) an’naviy transport tarmoqlarining rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

Yevropa mamlakatlari transport. Yevropa mamlakatlari yuqori darajada rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Regionda transportning deyarli barcha turlari taraqqiy etgan. Dunyodagi jami aloqa yo'llari, transport korxonalari va transport vositalari birgalikda jahon trans­port tizimini tashkil qiladi. Jahon transportida 100 mln dan ortiq, Yevropa mamlakatlarida 20 mln. kishi ish bilan band. Yevropa mamlakatlarida o'rtacha yiliga 20 mlrd. t yuk va 200 mlrd. kishi transportning barcha turlari yordamida tashiladi. Ushbu jarayonda 130 mln. avtomobillar, salkam 10 ming dengiz kemalari, 2 mingdan ortiq samolyot, 40 ming lokomotiv ishtirok etadi.

Yevropada yo'lovchi tashish transportida avtomobil transport! yetakchilik qiladi. Unga jam! tashilgan yo'lovchilarning deyarli yarmi to'g'ri keladi. Dengiz transport! yuk tashishda tengsiz hisoblanadi. Uning jami tashilgan yukdagi ulushi 62 foizni tashkil etadi.

Yevropada temiryo'l transport! Rossiya, GFR, Fransiya va boshqa ko'pchilik mamlakatlarda rivojlangan. Rossiyada 87 ming km, GFR da 44 ming km va Fransiyada 33 ming km temiryo'l qurilgan. Temiryo'llarning katta qismi elektrlashtirilgan.

Ma'lumki, avtomobil transportining rivojlanishi unda mavjud mashinalar soniga bog'liq. GFR (35 mln. dona), Italiya (31 mln.), Fransiya (28 mln.), Buyuk Britaniya (24 mln.), Rossiya (18 mln.), Ispaniya (16 mln. dona) davlatlari yetakchilik qiladilar.

Yevropada quvur transporti ham yuqori darajada rivojlangan. G'arbiy, Sharqiy, Shimoliy va Janubiy Yevropa mamlakatlarining ko'pchiligi bir-biri hamda Rossiya bilan neft va tabiiy gaz quvurlari orqali bog'langan. Neft va gaz quvurlari Shimoliy va Norvegiya dengizlari akvatoriyalarida ham faoliyat ko'rsatmoqda.

Yevropa mamlakatlarida dengiz transporti ham, ichki suv transporti ham rivojlangan. Dengiz transporti Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Polsha, Shvetsiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega.

Dunyoda yuk aylanmasi yiliga 200 mln. tonnadan yuqori bo'lgan dengiz portlari ichida Rotterdam porti (300 mln. t) nafaqat Niderlandiyada, balki butun dunyoda tengi yo'q hisoblanadi.

Ichki suv yo'llari Rossiya, GFR, Niderlandiya va qator boshqa mamlakatlarda yuqori darajada rivojlangan.

Havo transporti Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR va Rossiyada yaxshi rivojlangan bo'lib, bir yilda 60 mln. yo'lovchini tashuvchi London, Frankfurt-Mayn, Parij shaharlari keskin ajralib turadi.

Yevropa mamlakatlaridan farqli, О‘zbekiston Markaziy Osiyoning qoq о‘rtasida joylashgan.

Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.
Bu yerda “joylashgan” degan sо‘z ayni vaqtda uning transport geografik xususiyatini, о‘rnini ham belgilab beradi. Darhaqiqat, respublikamizning bunday transport geografik о‘rni, uning markaziyligini, kesuvchanligini (ya’ni tranzitligini) aks ettiradi, shu bilan birga, mamlakatimizning jahon okeanidan uzoqda, ichkarida joylashganligini bildiradi.

2010 yilda О‘zbekistonda transportning barcha turlari orqali 1173,2 mln tonna yuk tashilgan. Bu 2005 yilga qaraganda 1,5 martadan kо‘proq demakdir. Jami tashilgan yukning 90,6 foizi birgina avtomobil transporti zimmasiga tushadi. Qolgan transport turlarining bu boradagi kо‘rsatkichlari ancha past.

О‘zbekistonda jami umumiy ijtimoiy foydalanishda bо‘lgan temir yо‘llar uzunligi 4229,9 km.

Qattiq qoplamali avtomobil yо‘llar uzunligi respublikamizda 41,6 ming km yoki temir yо‘llarga nisbatan 10 marta ziyod.




F S M U texnologiyasi
(F) – Fikringizni bаyon eting.

(S) – Fikringiz bаyonigа biron sаbаb kо‘rsаting.

(M) – Kо‘rsаtilgаn sаbаbni tushuntiruvchi misol keltiring.

(U) – Fikringizni umumlаshtiring.

Ushbu texnologiya:

  • tinglovchilаrni о‘z fikrini himoya qilishgа,

  • erkin fikrlаsh vа о‘z fikrini boshqаlаrgа о‘tkаzishgа,

  • ochiq holdа bаhslаshishgа,

  • egаllаngаn bilimlаrni tаhlil qilishgа,

  • qаy dаrаjаdа egаllаgаnliklаrini bаholаshgа,

  • tinglovchilаrni bаhslаshish mаdаniyatigа о‘rgаtаdi.


«Trahsport geografiyasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega ?»


F Fikringizni bаyon eting.

S Fikringizni bаyonigа biror sаbаb kо‘rsаting.

M Kо‘rsаtilgаn sаbаbni tushuntiruvchi misol keltiring.

U Fikringizni umumlаshtiring.




Mavzuni mustahkamlash va topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish.

  • Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish.

  • O‘quvchilarda geografik ob’ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi.

  • Nazorat usulining soddaligi.

  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi.

Topshiriqni bajarish tartibi:

  1. Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.

1.Transport so‘zining ma’nosini belgilang.

‘A) lotincha, tashiyman

V) ruscha, tashiyman

S) forscha, tashiyman

D) inglizcha, eltuvchi

2.

Rus tili - rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng RF va MDH da millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi.
Fors tili, forsiy - xindevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili), shuningdek, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, AQShda, Kavkazorti va Oʻrta Osiyo respublikalarida ("eroniy" deb ataladi) tarqalgan.
Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.
Havo transportiqaysi Yevropaning davlatlarida yaxshi rivojlangan?

A) lotincha, tashiyman

‘V) Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR, Rossiya

S) Rossiya, GFR, Niderlandiya

D) Polsha, Shvetsiya, Norvegiya

3. Havo transportiida bir yilda 60 mln. yo'lovchini tashuvchi shaharlarni aniqlang?

‘A) London

V) Frankfurt-Mayn

S) , Parij

D) barcha javoblar to’g’ri

4. Dunyoda yuk aylanmasi yiliga 200 mln. tonnadan yuqori bo'lgan dengiz portini aniqlang?

A) London

‘V) Rotterdam porti

S) Frankfurt

D) to’g’ri javob yo’q

5. Ichki suv yo'llari rivojlangan davlatlarni aniqlang?

‘A) Rossiya, GFR, Niderlandiya

V) Shetsiya, Italiya, GFR

S) Norvegiya, Irlandiya, Gretsiya

D) to’g’ri javob yo’q

6. Dengiz transporti xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan mamlakatlarni aniqlang?

A) Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya

V) Italiya, Rossiya, Polsha

S) Shvetsiya, Norvegiya,GFR

D) barcha javoblar to’g’ri

7. Neft va gaz quvurlari qaysi dengiz akvatoriyalarida faoliyat ko'rsatmoqda?

A) Shimoliy

V) Norvegiya

S) A va S javoblar to’g’ri

D) to’g’ri javob yo’q

8. Yevropada yo'lovchi tashishda qaysi transport yetakchilik qiladi?

‘A) avtomobil

V) temir yo’l

S) suv

D) havo


9. Yevropa mamlakatlarida o'rtacha yiliga qancha yuk va qancha kishi transportning barcha turlari yordamida tashiladi?

‘A) 200 mlrd. t yuk va 20 mlrd. kishi

V) 20 mlrd. t yuk va 200 mlrd. kishi

S) 10 mlrd. t yuk va 20 mlrd. kishi

D) 200 mln. t yuk va 200 mln. kishi

10. Yevropa mamlakatlarida yuk va yo’lovchi tashishda qancha transport ishtirok etadi? A) 13 mln. avtomobillar, salkam 10 0ming dengiz kemalari, 20 mingdan ortiq samolyot, 4 ming lokomotiv

V) 130 mln. avtomobillar, salkam ming dengiz kemalari, 20 mingdan ortiq samolyot, 40 ming lokomotiv

‘S) 130 mln. avtomobillar, salkam 10 ming dengiz kemalari, 2 mingdan ortiq samolyot, 40 ming lokomotiv

D) 1,3 mln. avtomobillar, salkam 100 ming dengiz kemalari, 20 mingdan ortiq samolyot, 40 ming lokomotiv
O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

a

b

c

h

k

d

m

j

e

l


3. Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi

Uyga vazifa uchun topshiriqlar

1. Transport tushunchasining eng muhim belgilarini ayting.

2. Eng muhim gaz va neft quvurlari qayerlardan o’tganini yozuvsiz xaritaga belgilang?

3. Transport tarmoqlarilardan biriga quyidagi reja asosida ta’rif bering.



Savollar

1). Yevropa mamlakatlarida tpansportning qaysi turlari rivojlangan?

2). Transport tuguni nima? Atlas xaritasidan transport tugunlariga misollar keltiring??

3). Mamlakat hayotida transportning roli qanday??

4). Transport moddiy ishlab chiqarish sohaning boshqa tarmoqlaridan nima bilan farq qiladi?

5). Transport korxonalariga misollar ayting?

6). Toshkentdan.

Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
avtomobilda Moskva orqali Parijga yetib borish uchun poyezd bilan borishga qaraganda qancha kilometr yaqinligini xaritadan aniqlang?
Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.



Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Download 0,58 Mb.