• Kadrlar tayyolash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun Maqsad
  • TEXNOLOGIK XARITA Mavzu
  • O‘quv jarayonining mazmuni
  • O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub
  • Baholash
  • Kelgusi rejalari (tahlil, O‘zgarishlar) O‘qituvchi
  • Talaba (yoki o‘qituvchi)
  • I.3. Geografiya ta’limini amalga oshirishda interaktiv usullarda foydalanish
  • II- BOB. YEVROPA MAMLAKATLARINI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’RGANISH 9- sinf geografiya ta’limi dasturi
  • I qism. Jahonning umumiy ta rifi (21 soat) Jahonning siyos i y xaritasi (2 soat).
  • Jahon tabiiy resurslari. Atrof-muhitning ifloslanishi (4-soat)
  • Jahon aholisi (3 soat).
  • Ilmiy texnika inqilobi va jahon xojaligi (2
  • Jahon xo’jaligi (1 soat).
  • Fan-texnika inqilobining jahon xalq xo jaligiga ta siri (2-soat)
  • Sanoat geografiyasi (3 soat).
  • Yaponiya
  • Kanada , Shvetsiya , Finlandiya
  • Geografiya




    Download 0,58 Mb.
    bet3/79
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,58 Mb.
    #3803
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79

    TA’LIMDA INNOVATSIYA






    Kadrlar tayyolash

    milliy dasturi

    Ta’lim to’g’risida”gi



    qonun

    Maqsad: Milliy modelni shakllantirish


    Maqsad: O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish



    Egallanadigan bilim,

    kо‘nikma va malakalar:

    DTS, о‘quv reja,

    о‘quv dasturi,

    darslik va uslubiy

    qо‘llanmalari aks etadi

    Ta’lim mazmuni:



    Milliy modelning tarkibiy qismlari:

    Ta’lim tizimi:


    Shaxs

    Davlat va jamiyat

    Uzluksiz ta’lim

    Fan


    Ishlab chiqarish





    -pedagogik tizim

    -о‘quv muassasalari

    -boshqaruv organlari

    -yordamchi tashkilotlar

    -о‘qituvchi, tarbiyachi

    (trener, fasilitagor,

    moderator, ensiklopedist,

    menejment va b.)



    TEXNOLOGIK XARITA

    Mavzu

    Otalikni belshilash

    Maqsad, vazifalar

    Maqsad:

    Talabalarga otalikni belgilashning mohiyati, ahamiyati asoslari va tartibini tushuntirish.



    Vazifalar: Talaba (yoki o‘quvchi)larda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘onish, ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va kengaytirish. Mavzuga oil tarqatilgan materiallarni talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan yakka va guruh holatida O‘zlashtiril olishlari hamda suhbat-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada O‘zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash



    O‘quv jarayonining mazmuni

    Bolaning nasl-nasabini belgilash tushunchasi, Otalikni belgilash zarurati qaysi hollarda vujudga kelishi. Otalikni belgilashning maqsadi va ahamiyati. Ota-onaning birgalikdagi arizasi asosida otalikni belgilash. Otaning arizasi asosida otalikni belgilash. Otalikni belgilash munosabati bilan tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga O‘zgartirishlar kiritish


    O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

    Uslub: Og‘zaki bayon qilish, “Bemerang” texnologiyasi.

    Shakl: Suhbat-munozara, amaliy mashg‘ulot, kichik guruhlar va jamoada ishlash

    Vosita: Tarqatma materiallar, matnlar, ariza, ma’lumotnoma, xabarnoma blankalari.

    Usul: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida

    Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish O‘z-o‘zini nazorat qilish.

    Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash


    Kuzatiladigan natijalari

    O‘qituvchi:

    Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talaba (yoki o‘quvchilar tomonidan O‘zlashtirilishiga erishadi Talabalar faolligini oshiradi.

    Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

    Talabalarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Bir mashg‘ulot jarayonida barcha talabalarni baholaydi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. Talaba yoki o‘quvchi)lar tomonidan yozma axborotni mustaqil o‘rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazi, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi.

    Talaba (yoki o‘quvchi):

    Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Nutqi rivojlanadi hamda eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O‘z-o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi:

    va baholay oladi.



    Kelgusi rejalari (tahlil, O‘zgarishlar)

    O‘qituvchi:

    Yangi pedagogik texnologiyalarni O‘zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O‘z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘lash Pedagogik mahoratni oshirish.



    Talaba (yoki o‘qituvchi):

    Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi. O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.



    I.3. Geografiya ta’limini amalga oshirishda interaktiv usullarda foydalanish

    ……biz o‘z iste’dodli, fidoyi bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb cho‘qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak.1



    I.A . KARIMOV

    Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim tizimi uchun 1997 – 2009 yillarda yiliga yalpi ichki mahsulotning 9 – 10 % I va davlat byudjeti xarajatlarining 23 -29 % I sarflandi. Jumladan, 2005 yilning 23 – noyabrida “ 2006 – 2010 yillarda” kasb – hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarini sifatli tayyorlash va mehnatidan foydalanish boyicha namunali hududiy dastur ishlab chiqildi.

    Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartio’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajasini belgilab beradi. Davlat ta’lim standartiga sharqda geografiya ta’liminig maqsad va vazifalarini aniq va qat’iy qilib belgilangan: “ Geografiya insoniyat yashovchi sayyora, ya’ni Yer haqida to’liq tasavvur hosil qilish uchun ma’lumot berishga qaratilgan yagona o’quv fanidir. Geografiya ta’limi yer kurrasida ro’y beruvchi tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni o’rgatadi. Geografiya ta’limi o’quvchilarda …, Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashlarni shakllantiradi, ijtimoiy - iqtisodiy bilimlarni tarkib toptiradi, … Yer kurrasining tabiiy manzarasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini ko’tarish, atrof – muhit holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga o’rgatadi.

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Binobarin, geografiya ta’limi o’quvchilarda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi” deb alohida ta’kidlangan. Darhaqiqat, har taraflama bilimga ega bo’lgan, mantiqiy fikrlaydigan bo’lajak O’zbekiston fuqarolarini kamol toptirishdek o’ta ma’sulyatli ishda-O’zbekiston ta’lim tizimida geografiya faniga juda katta vazifa yuklatilgan.Geografiya o’quv fani sifatida “ Yer kurrasining tabiiy manzarasi” – materiklar, okeanlar, tog’lar, tekisliklarning bir- biriga nisbatan joylashuvi, “ Olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy madaniyatda ifodalanishini” – tabiiy resurslardan foydalanish usullari, tabiat boyliklarining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga ta’sirsini o’rgatadi. O’rta maktab bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar – ayta ( ko’rsata) olishi, aniqlay ( o’lchay )olishlari tasirlay olishi, tushuntira olishlari va bashorat qila olishlari- o’quvchilar egallashi shart bo’lgan ko’nikma va malakalar kabi ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Bunday ko’p qirrali vazifani bajarish uchun geografiya o’qituvchisidan nafaqat o’zi o’qiyotgan fanlarning ilmiy – nazariy va uslubiy asoslarini, balki tabiiy va ijtimoiy -iqtisodiy fanlarning qator qonunlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishi ham talab etiladi. Shu taqlid chuqur mazmunli masalalarning mohiyatini atroflicha bilishni talab etadigan mavzular 5–sinf “ Boshlang’ich tabiiy geografiya ”kursidagi “Litosfera (Yerning tosh qobig’i)” va 6- sinf “ Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” dagi “Geografik qobiqing vertikal tuzilishi” nomli ikkinchi mavzuning “Litosfera va Yer relyefi, yer po’sti, litosfera plitalari va Yerning geosinklinal mintaqalari” ni o’rganish mashg’ulotlaridir. Ushbu murakkab darslarni olib borish va Yer planetasining materik ko’tarilmalari va okean botiqlarining hozirgi qiyofasi haqida o’quvchida bilim va ko’rsatalish ko’nikmasini hosil qilish uchun tektonika, tarixiy geologiya, mineralogiya, paleontologiya, radiogeologiya va boshqa sohalardan yaxshi xabardor bolish zarur.
    Geologiya (geo... va ...logiya) - Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. G.
    Shu bilan birga dars o’tishning an’anaviy va qator interfaol usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi.

    O’quv jarayonida geografiya talimini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida olib borishda interaktiv usullardan foydalanish muhim ro’l o’ynaydi. O’qitishning interaktiv usuli yordamida o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etish kerakki, bunda sinfda talim oluvchilarning o’qish ,bilim olish jarayoniga to’la jalb etiladi. Ular o’zlari oylagan va bilgan barcha narsalar to’g’risida erkin fikr yuritish imkoniyatga ega bo’ladilar . Ya’ni mavzu materiyallarini idrok etish va o’zlashtirish jaroyonida o’quvchi va o’qtuvchilarning birgalikdagi faolyati natijasida jaroyani tashkil etiladi.Bu jaroyonda o’quvchilar o’zlarini alohida individual hissasini qo’shadi.

    Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
    O’quvchilar o’z fikrlari, bilimi faoliyati,dunyo qarashi yangi mavzuga oid bo’lgan tasovurlari bilan o’rtoqlashadilar. Bu jarayon o’quvchilarning o’zaro ittifoqligi qo’llab –quvvatlash muhitida amalga oshadi. Interaktiv uslublar g’oyalarning ustunligi,yagonaligini vaqtincha inkor etadi. Talim jaroyonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashni o’rganadilar. Bundan tashqari, o’quvchilar tomonidan aytilgan al’ternativ fikrlarni taroziga solib ko’rish o’ylab xulosa chiqarish,bahs-munozarasida ishtirok etish,o’z fikrini bayon qilib berishni o’rganadilar. Bundan tashqari,o’quvchilar tomonidan aytilgan al’ternativ fikrlarni taroziga solib ko’rish o’ylab xulosa chiqarish,bahs-munozarasida ishtirok etish,o’z fikrini bayon qilib berishni o’rganadilar.

    Bu uslubni amalga oshirishda o’qituvchi,o’quvchilar darsni tashkil etishda yakka juft,holatda amalga oshiriladi. O’qituvchi interaktiv uslubni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish kerak: 1. Sinf xonasi dars jarayoni uchun tayyor bo’lish kerak. Kerakli materiallar oldindan tayyorlanishi lozim. 2. Bu jarayonni amalga oshirishda vaqtni o’quvchilar bilan kelishilgan holda to’g’ri taqsimlash lozim. 3. O’quvchilar guruhlarga bo’lishda birinchi ixtiyoriy holat, keyin esa tasodifiy holatga bo’lish kerak . Chunki yaxshi, aktiv o’quvchilar bir guruhga to’planib qolishi mumkin . Buni oldini olish lozim . 4. Darsda o’quvchilarni guruhlarda bo’lishda, o’quvchilarning psixologik holatini hisobga olish kerak. Bu jaroyonni tashkil etish juda nozik bo’lib, darsni qanday o’tishni belgilab beradi. Dastlab o’quvchilar birdaniga darsga kirib ketishga tayyor bo’lmaydilar . 5.Fan o’qituvchisining mahorati o’quvchilarni o’ziga jalb eta olish, so’zlashuv odobi, nutqining qandaydir o’ziga hosligi keyingi darslarda ham shu uslublardan foydalanish kerakligini o’quvchilarda shakllantirish lozim .

    Aqliy hujum “ uslubi

    Maskur uslub muayyan mavzu yuzasidan berilgan . muommolar hal etishda yaxshi natija beradigan uslub hisoblanadi.U dars jaroyoni ishtirokchilarning muommo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish uchun hamda o’z tasavurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma ham malakalar hosil qilishda rag’batlanitiriladi . Dars jarayoni muvaffaqiyatli kechishi uchun quyidagi tartibda tashkil etish mumkin . 1. O’quchilarni darsda aktiv qatnashishini tashkil etish . 2. Mavzuga oid g’oyalarni yozib borish uchun ,doska va qog’ozlar tayyorlash

    3. Muommoni o’quvchilar ongiga tushunnarli qilib yetkazish

    4. “Aqliy hujum”uslubini tashkil etish.

    A) Har bir o’quvchi tomonidan aytilgan fikirlarni izohlash qat’ian man etiladi

    B) Erkin fikirlashi tashkil etish .

    S) O’quvchilarning fikrlarini ilg’ab olish , aytilishi bilan yozib olish.

    5.Fikrlarni so’rash va ularni aytilishi bilan yozib olish.

    6.G’oyalar yozilgan qog’ozlar to’lsa ularni devorga ilib qoyish.

    7.O’z fikringni bildirib,yangi g’oyalarni yuzaga kelishiga turtki berish.

    8. Ayrim o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar yuzasidan kulish, piching qilish mumkin emas.

    9. G’oyalar tugamaguncha ishni to’xtatish shart emas, lekin vaqt reglamenti ham yoddan ko’tarilmasligi kerak.

    “Aqliy hujum”uslubini guruhli, yakka tartibda, juftlik asosida tashkil etish mumkin. Shu asosda o’quvchilarga muayyan mavzu boyicha bilganlari yoki o’z fikrlarini alohida qog’ozga mustaqil yozishni aytiladi va ikki daqiqadan so’ng, yonma-yon o’tirgan o’quvchilar bir–birlariga o’girilib yozganlarini o’rtoqlashadilar va o’z ro’yxatlarini birlashtiradilar. Bunda o’quvchilarning soni 10-15 tadan oshmasligi kerak.

    Umuman “Aqliy hujum”uslubi dars jarayonida o’quvchilarni faollashtiradi, charchoqni oladi, hammani ishlashga, fikrlashga majbur qiladi. Bu o’z – o’zida ta’lim jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
    II- BOB. YEVROPA MAMLAKATLARINI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’RGANISH


      1. 9- sinf geografiya ta’limi dasturi

    "Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi" (haftada 2 soat. Jami 68 soat) Kirish (1 soat)

    Fanning maqsadi va vazifalari. Tarkibiy qismlari, tuzilishi. Geografik fanlar tizimida tutgan o'rni. Darslik bilan ishlash usullari.



    I qism. Jahonning umumiy ta ' rifi (21 soat)

    Jahonning siyosiy xaritasi (2 soat). Siyosiy xarita tushunchasi, shakllanish omillari va bosqichlari. Mamlakatlarning guruhlari va turlari. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar. Davlat tuzumi. Davlatni boshqarish shakllari (respublika, monarxiya). Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tashkilotlar.
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.


    Jahon tabiiy resurslari. Atrof-muhitning ifloslanishi (4-'soat)

    Jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqadorligi va ta'siri. Geografik muhit, atrof-muhit, tabiiy sharoit tushunchalari. Jamiyat bilan tabiatning o'rtasida modda almashinuvi. Resurslar bilan ta'minlanganlik tushunchasi. Tabiiy resurslarning asosiy turlari: mineral, yer, suv, o'simlik, dunyo okcani, iqlim, kosmik, rekreatsion resurslar.

    Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.
    Atrof muhitning ifloslanishi. Tabiatni qo' riqlashning asosiy yo'llari. Ekologik siyosat.



    Jahon aholisi (3 soat). Aholining soni, o’sishi. Aholining ko'payishi tushunchasi. Tug'ilish, o'lish va tabiiy o'sish ko'rsatkichlari. Aholi ko'payishining turlari. Demografikportlash. Demografik siyosat tushunchalari. Aholining tarkibi: jinsiy, yosh bo'yicha, etnik (milliy), diniy tarkibi. Til oilalari va guruhlari. Jahondagi eng yirik til oilalari, guruhlari va millatlar. Jahondagi yirik dinlar.

    Aholining joylanishi va migratsiyalar. Aholining notekis joylanishi va zichligi. Migratsiya xusussiyatlari, yo'nalishi, sabablari. Turlari (tashqi va ichki migratsiya). Shahar aholisi va uning o'sishi.

    Urbanizatsiya tushunchasi, xususiyatlari, urbanizatsiya darajasiga ko'ra mamlakatlarning toifalarga bo' linishi. Qishloq aholisi. Aholi va atrof muhit.

    Ilmiy texnika inqilobi va jahon xo'jaligi (2 soat)

    Fan-texnika inqilobi haqida tushuncha. Asosiy xususiyatlari: ko'p qirraliligi, qayta qurishni nihoyatda tezlashib yuborishi, insonning ishlab chiqarishdagi o'rnining tubdan o'zgarishi, ilmiy-texnika inqilobi sifatida paydo bo'lganligi. Tarkibiy qismlari: a) fan;.b) texnika va texnologiya; v) ishlab chiqarish; g) boshqaruv. Fantalab tarmoqlar. Texnika va texnologiyaning evolyutsion va inqilobiy taraqqiyoti. Ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari: elektronlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, energetika xo'jaligini qayta qurish, yangi materiallar ishlab chiqarish, biotexnologiyaning jadal rivojlanishi, koinotni o'zlashtirish.



    Jahon xo’jaligi (1 soat). Jahon xo'jaligi tushunchasi. Jahon bozorining shakllanishi va uning omillari. Jahon xo'jaligining geografik "modeli" ning ko'p markazlilik xususiyati. Xalqaro mehnat taqsimoti haqida tushuncha.

    Xalqaro ixtisoslashish tarmog'i, xalqaro iqtisodiy integratsiya, regional iqtisodiy integratsiya (neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar ittifoqi - OPEK).



    Fan-texnika inqilobining jahon xalq xo ' jaligiga ta ' siri (2-soat)

    FTI ning xo'jalikning o'sish sur'ati va rivojlanish darajasiga ta'siri. Uchinchi sanoat inqilobi. Xalqaro (transnational) korporatsiyalar. FTI ning jahon xo'jaligidagi asosiy tarmoqlariga, xo'jalik tarmoqlarining joylanishiga, xo'jalikning hududiy joylashishiga (hududiy, iqtisodiy geografik, tabiiy sharoit va resurs, transport, mehnat resurslari, hududiy to'planish, ilmtalablik, ekologik omillar) ta'siri.

    Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xo'jalikning hududiy tuzilishi va regional siyosat. Iqtisodiy rayonlar tizimi: yuqori darajada taraqqiy etgan rayonlar, tanazzulga uchragan rayonlar, qoloq agrar rayonlar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xo'jalikning hududiy tuzilishi va regional siyosat.

    Sanoat geografiyasi (3 soat). Sanoat haqida tushuncha. Sanoatning vujudga kelgan vaqtiga qarab guruhlarga bo'linishi: eski tarmoqlar, yangi tarmoqlar, eng yangi tarmoqlar guruhlari. Yoqilg'i-energetika sanoati. Yoqilg'i ishlab chiqarish va iste'mol qilishning o'sishi. Rivojlanishning uchta bosqichi: ko'mir, neft va tugamaydigan energetika manbalariga o'tish bosqichlari.

    Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan.
    Neft va gaz sanoati. Neft qazib oladigan va eksport qiladigan asosiy davlatlar. Yaqin va O'rta Sharq neft havzalari. Gaz sanoati. Ko'mir sanoati. Ko'mir qazib oladigan yirik davlatlar. Ko'mir sanoatining asosiy xususiyati. Elektroenergetika va ularning asosiy tarmoqlari issiqlik energetikasi, gidroenergetika, atom energetikasi, noan’anaviy energiya resurslari.(geotermal, shamol, to'lqin, quyosh,qalqishi energetikasi).

    Metallurgiya sanoati: qora metallurgiya. Tayanish turlari: toshko'mir havzalari, temir ma'dani havzalari, kokslanadigan ko'mir va temir ma'dani keltirishga, ist'molchiga tayanish. Qora metallurgiya rivojlangan davlatlar: Yaponiya, AQSH, Rossiya, G'arbiy Yevropa davlatlari, Xitoy, Braziliya va h.k. Rangdor metallurgiya. Afrikaning mis mintaqasi, alyuminiy sanoati.

    Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.
    Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).
    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
    Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi (par. Brasil yoki República Federativa do Brasil) - Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi.
    Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.
    Rivojlanayotgan mamlakatlarda metallurgiya sanoatining rivojlanishi.

    Mashinasozlik. Uning 4 eng asosiy hududi: a) Shimoliy Amerika; b) G' arbiy Yevropa; v) Sharqiy va Janubiy-sharqiy Osiyo; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi. Mashinasozlik bo'yicha jahonda yetakchi davlatlar. Kimyo sanoati: to'rt eng asosiy hudud: AQSH, G'arbiy Yevropa, MDH, Yaponiya. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ximiya sanoatining shakllanishi va rivojlanishidagi asosiy xususiyatlari. O'rmon va yog'ochsozlik sanoati. Shimoliy o'rmon mintaqasi (Rossiya, Kanada, Shvetsiya, Finlandiya).

    Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.
    Kanada poytaxti - Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan.
    Shvetsiya (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) - Shim. Yevropada, Skandinaviya ya.o. ning sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 450 ming km². Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti - Stokgolm shahri.
    Finlandiya (fincha Suomi, shvedcha Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) - Shim. Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln.
    Yog'och mahsulotlari eksporti bo'yicha jahonda Kanada yetakchi o'rinni egallab turganligi. Janubiy o'rmon mintaqasi (Braziliya, Tropik Afrika, Janubiy-sharqiy Osiyo).

    Yengil sanoat. Asosiy o'zgarishlar. To'qimachilik korxonalari rivojlangan rayonlar: 1) G'arbiy Yevropa; 2) Janubiy Osiyo; 3) MDH; 4) AQSh. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda to'qimachilik sanoatining rivojlanishidagi o'zgarishlari. Rivojlangan davlatlarning to'qimachilik mahsulotlarni eksport qiladigan davlatlarga aylanishi. Sanoat va atrof muhit.




    Download 0,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




    Download 0,58 Mb.