• Kurs ishining obyekti
  • Kurs ishining tarkibi
  • Kurs ishi mavzusining dolzarbligi




    Download 114,07 Kb.
    bet2/6
    Sana19.12.2023
    Hajmi114,07 Kb.
    #123264
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KURS ISHI

    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: O'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni o'quvchilar jon dillari bilan sevishlari,bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o'zlarining eng muhim deb bilishlari zarur.
    Kurs ishining maqsadi: O'quvchilarni fizika o'qitishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qilishni tashkil etish usullari va mazmuni,shakli metodlarni aniqlash.
    Kurs ishining obyekti: O'quvchilarni sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qilishni tashkil etish mazmuni,shakli va metodlaridan foydalanish jarayoni.
    Kurs ishining vazifalari:
    1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish usullari.
    2. Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish.
    3. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlarni turlari.
    4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarni tashkillashtirish.
    Kurs ishining tarkibi: Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.

    1.1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish.
    Maktab fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o'rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko'ra aniqlanadi.Fizika kursi nazariy fan bo'lib,uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi, jumladan,Nyuton mexanikasi, relyavistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o'rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi.Ikkinchidan, fanning rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, ximiya, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo'lib qoldi. Ularning ko'pchiligi alohida fan bo'lib ajralib chiqdilar. Fizika ochgan qonunlar universal bo'lib, bu uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchilik darajasiga ko'ardi.
    Yuqorida aytilganlardan ko'ramizki, fizikani bilmasdan to'la qiymatli o'rta ma’lumotni tasavvur qilib bo'lmaydi.
    Boshqa predmetlar kabi fizikani o'qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni ta’lim, tarbiya va o'quvchilarning rivojlanishini amalga oshiradi. Ko'rinib turibdiki, maktabda fizika o'qitish katta ahamiyatga egadir. Fizika o'qitish jarayonida o'quvchilar fizikani sanoatda,qishloq xo'aligida, transportda,tibbiyotda va boshqa soxalarda qo'llanishlari bilan tanishadilar; o'lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo'ladilar va foydali mexnatga tayyorlanadilar.Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator xodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqidagi ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini biladilar.Bular esa o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini to'g'ri shakllantiradi, ularning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
    Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar ilg'or fizik-olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.
    Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo'lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini to'g'ri shakllantirishi, o'quvchilarga politexnik ta’lim berishi, ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to'g'ri shakllantirishi lozim.Fizika kursining mazmuni va xajmini aniqlab beruvchi asos bu dasturdir. U o'quvchilar o'rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur davlat ta’lim standarti talablariga asosan tuziladi.
    Fizikadan o'quv materiali tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim:
    -mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo'nalishiga;
    -fanning mantiqiy va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan holdagi o'qitish sistemaliligiga;
    -nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog'lanishiga;
    -fizika o'qitishda boshqa predmetlar bilan bog'lanishini ta’minlashga.
    O'quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo'yicha taqsimlash muammosi tug'iladi. Fizika o'qitish tarixida o'quv materialini yillar bo'yicha taqsimlashda kursning tuzilishini uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va boqichli variantlar.Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo'limlar bir-biridan qat’iy ajratib qo'yildi. O'tilganlarga qaytish bo'lmaydi. Fizika kursining radial ko'rilishini kamchiligi shundaki, unda o'quvchilar sodda masalalarni ko'rish bilan birga, o'zlashtira olmaydigan materiallarni ham o'rganishlariga to'g'ri keladi.Bir bo'limni og'ir masalalaridan ikkinchi bo'limni yengil masalasiga birdaniga o'tiladi.
    Fizika kursining konssentrik ko'rilishida har bir bo'lim maktabda ikki marta ko'rib chiqiladi, ya’ni butun o'quv materiali ikkita konsentrga bo'linadi.Birinchi konsetr fizika kursining deyarli hamma bo'limi bo'yicha boshlangich elementar tushunchalarni o'z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo'yicha bilimlar sistemasini o'z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o'quv materialini to'la yoki qisman o'z ichiga oladi.
    Kursni konsentrik tuzilishida material o'tishdagi qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o'quvchilarning aqliy o'sishiga va imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joylashtiriladi.Konsentrik ko'rilishning kamchiligi shuki, unda o'quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko'p sarf bo'ladi va o'quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi.Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o'rganilib, ular birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadilar.
    Yuqorida ko'rilgan fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli ko'rilishidir.U pedagogika va didaktika talablarga to'la javob beradi. Bunga ko'ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o'zichiga oladi:
    A. Tayyorlov davri 3-5 sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.
    B. Kursning birinchi bosqichi 6-9 sinfdarda fizikani o'rganish.
    V.Kursning ikkinchi bosqichi kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o'rganish.Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari:
    -O'quvchilarni fizik xodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o'lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
    -O'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish;
    -Koinot tuzilishi va undagi xodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashi rivojlantirish;
    -Buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini tevarak atrofdagi maxalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o'quvchilarni miliy va vatanparvarlik ruxida tarbiyalash;
    -Ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqiyoti bilan bog'lash orqali o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus yoki kasb- hunar ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
    -fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
    Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya’ni "Umumiy o'rta ta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta’lim standarti"ga asoslangan xolda dastur tuzildi.O'rta ta’lim maktablarida fizika o'qitish shu dastur asosida olib boriladi.
    O'zbekiston respublikasining "Ta’lim to'g'riisida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", vazirlar mahkamasining "O'zbekiston respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari tog'risida " gi 1998 yil 13-may 204-son va davlat standarti talablariga asoslangan holda Akademik litseylarning fizika-matematika va boshqa bo'limlari uchun, hamda kollejlar uchun fizikadan o'quv dasturlari tuzildi.Bu dasturlarda fizika o'qitishning maqsadi va vazifalari ko'rsatib o'tildi. Akademik litseylarda fizika o'qitishning asosiy maqsadi: umumiy o'rta ta’lim asosida umumiy fizikadan o'rta ta’lim berishga: fizikaviy nazariya, kuzatishlar va maktablarning ish tajribasida turli-tuman tugaraklar uchraydi. O’quv predmetlari bilan bog’liqlik nuqtai nazaridan tugaraklarni uch guruhga: predmetga doir, predmetlararo va predmetdan tashqari tugaraklarga ajratish mumkin.
    Predmetga doir tugaraklar deb, bevosita texnologik tarbiyasi bilan borliq bo’lgan tugaraklarga aytiladi.
    O’z mazmuniga ko’ra bu tugaraklar texnologik darsida o’quvchilar bajargan ish¬ning go’yo davomi, ammo bunda o’quvchilarning faoliyati yanada murakkabroq, kengroq bo’ladi. Predmetga doir tugaraklar aslo o’quvchilar avval bajargan ishni shunchaki takrorlamasligi kerak.
    Predmetlararo tugaraklar ichida eng ma’lumki fizik-tex¬nik tugaraklar hisoblanadi. Bu tugaraklarda o’quvchilar faoliyatining mazmuni tugarakning o’z nomidan kelib chiqadi. Fizik-texnik tugaraklarda o’quvchilarning texnologik ob’yektlari, odatda, turli modellar bo’ladi. Bunda o’quvchilar fizika kursida o’rganiladigan muayyan qonuniyatlarni misollar bilan oydinlashtirishga muvaffaq bo’ladilar, bu esa fan asoslarini o’zlashtirishda yordam beradi. Bu - bir tomondan. Ikkinchi tomondan esa o’quvchilar model konstruksiyasi, Fizik-texnik tugaraklarga bir vaqtning o’zida fizika va texnologik o’qituvchilari rahbarlik qiladilar.
    Predmetdan tashqari tugaraklar hozirgi vaqtda sinfdan tashqari ishda kengroq tarqalgan. O’quvchilar faoliyatining mazmuniga ko’ra bu tugaraklar turli-tuman bo’lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday predmetdan tashqari tu¬garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi, yoki o’quvchilar faoliyati texnologik darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi.Chunonchi, maktablardan birida o’qituvchi o’quvchilarga texnologik aniqligi va unumdorligini oshirish maqsadida muqovachilik ishlari uchun mo’ljallangan stanokchaning konstruksiyasini ishlab chiqarishni taklif etdi. O’quvchilarga bu g’oya ma’qul bo’ldi. Ular yana shunday stanokchaning bir nechta konstruksiyasini ishlab chiqishda va eng yaxshilarini taklif etishdi. Amalda tekshirib ko’rish davomida bu konstruksiya tobora takomillashtirib boriladi. Bularning hammasi muqovachilik ishlarini bajarish jarayonida sobir bo’ldiPredmetdan tashqari tugaraklarga rahbarlik qilishga ko’pincha baza korxona hodimlari, ota-onalar taklif etiladi. O’qituvchi esa ularga metodik yordam ko’rsatadi.Tugaraklar ishining mazmuni dasturlarda belgilab beriladi. Bu dasturlarni xalq maorifi qoshidagi meto¬dik kabinetlar, shuningdek, yosh texniklar, naturalistlar stansiyalari ishlab chiqadi.
    Dasturlar bir va ikki o’quv yiliga mo’ljallangan bo’ladi.
    Misol tariqasida V—VII sinf o’quvchilariga mo’ljallan¬gan slesarlik ishidan predmetga doir texnika tugaragining dasturlaridan birini keltiramiz.
    Tarkibida arra bilan qirqilib, tekis yuzalari egov bilan egovlangan detallari bo’lgan buyumlarni tayyorlash. Texnologik ta’limi darslarida olingan bilimlarnn umumlashtirish hamda malakalarni takomillashtirish: metallni arra bi¬lan qirqishdagi asosiy ma’lumotlar; metallni arra bilan qirqayotganda rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalari: metallni arra bilan qirqish priyomlari; egovlash jarayonining mohiyati va bunda ishlatiladigan asbob, egovlayotganda rioya qilinadigan xavsizlik qoidalari, asosan yo’zalarni egovlash.Tugarak mashqlari, odatda, har xaftada bir marta ikki soatdan o’tkaziladi. Biroq o’quvchilar orasida bu bilan qanoatlanmaydigan jonbozlar ham uchraydi. Ular bilan ko’proq mashg’ulot o’tkazish mumkin, lekin buning uchun sinf rahbari bilan kelishish kerak, chunki u har bir o’quvchining boshqa predmetlarni qanday o’zlashtirishini yaxshi biladi.Bir tugarakda 15 nafardan ortiq o’quvchi bo’lmasligi lozim, aks holda ularning har biriga individual tarzda rahbarlik qilish qiyinlashadi.Ilg’or maktablarning ish tajribasi ko’rsatishicha, maktab ustaxonalariga asoslangan tugarak mashg’ulotining strukturasi kombinasiyalangan (aralash) dars strukturasi yaqin turadi. Bunga sabab shuki, har qanday tugarak mashg’ulotida, odatda, qator didaktik masalalar hal etiladi. Muayyan texnologik ob’yekti tayyorlashni o’quvchilar tugarak mashgulotidan ko’zlangan asosiy maqsad deb bilishadi.Tugarak mashgulotlarida o’qitish metodlari qo’yilgan di¬daktik maqsadlarga, o’quv materialining mazmuniga, o’quvchilar va o’qituvchining tayyorgarlik darajasiga qarab tanlanadi.Tugarak mashg’ulotlariga qanday bir maxsus metodlar xos emas. Ularda texnologik ta’limiiing oddiy metodlari qo’llaniladi. Biroq bu metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, ko’zatuvlarning ko’rsatishicha, og’zaki metodlardan ko’pincha tushuntirish metodi ko’llaniladi, hikoya metodi esa eng kam qo’llaniladi. Birinchi qarashda bu galatiroq, tuyulishi mumkin, ma’lumki, suhbat jarayonida boshqa og’zaki metodlarga qaraganda o’quvchilarning bilish aktivligi ortadi. Biroq tugarak mashgulotlarida ta’lim metodlaridan foydalanishning o’ziga xosligi ham ana shunda. Ma’lum bo’lishicha, o’quvchilar ayniqsa dastlabki mashg’ulotlarda suhbatlar bo’lishini yoqtirishmas ekan, chunki suhbatlar ularga odatdagi darslardagi savol-javobni eslatar ekan.
    Namoyish qilish metodlariga shu narsa ham hoski, V—VII sinf o’quvchilariga ko’pincha ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinadi, VIII—IX sinf o’quvchilariga esa grafik tasvirlar namoyish qilinadi. Ishga bunday yondashishda o’quvchilarning grafik jihatdan tayyorgarligi hisobga olinadi.
    Instruktaj tugarak mashg’ulotlarida o’qitish metodlari ichida muhim o’rinni egallaydi. Bunda kirish, joriy va yakunlovchi instruktajlar: frontal, zveno, va individual instruktajlar; og’zaki, yozma, grafik instruktajlar qo’llanilishi mumkin. Boshqacha aytganda, tugarak mashg’ulotlarida texnologik ta’limi uchun xos bo’lgan instruktajning barcha turlari uchraydi. Instruktajni o’tkazish metodikasi bundan oldin ko’rib chiqilgan.Tugarak mashg’ulotlarida o’quvchilar ishini tashkil qilishning har xil shakllari (frontal, zveno, individual, texnologik taqsimoti bilan) qullaniladi.
    O’quvchilar ishini tashkil qilishning qanday shaklli tanlanishi tugarak mashrulotlarida alohida dikkatni jalb qiladigan texnologik ob’yektlariga ko’p jihatdan bog’lik. Bunga sabab shuki, sinfdan tashqari ish jarayonida bir vaqtning o’zida quyidagi ikki holni xisobga olishga to’g’ri keladi: jamoa mehnati eng katta tarbiyalovchi imkoniyatlarga ega. o’quvchilar o’z qiziqishlarini qanoatlantiradigan va o’z mustaqilligini eng tuliq ko’rsatishga imkon beradigan individual topshiriqlar bajarishga intilishadi. hodisalar haqidagi ta’limotlarni umumlashgan shakli ekanligini ko'rsatishga, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog'likligini ko'rsatishga, fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta’kidlashga, fanga nisbatan qiziqish uyg'otish Sinfdan tashqari ishning bu barcha shakllari ko’plab o’quvchilarni jalb qilishga imkon beradi. Tajriba sinfdan tashqari ishning ommaviy shakllari yuksak darajada samarali ekanligini tasdiqladi.
    Ular o’quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari to’g’risidagi tasavvurini kengaytirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi va hokazo. Lekin, afsuski ular o’quvchilarni foydali texnologikga, bevosita ijodiy faoliyatga jalb qila olmaydi. Shuning uchun o’quvchilar, masalan, mavzuli kechalarda, sinf¬dan tashqari ishning boshqa shakllarida qatnashish bilan birga biror boshqa tugarak ishida ham qatnashsalar, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ba’zi hollarda o’z-o’zidan shunday bo’lib ham qoladi. Chunonchi tugarak a’zolari tomonidan o’z ishlarini namoyish qiladigan ko’rgazmalar tashkil qilinadi.Kurgazmaga ko’p maktablarda e’tibor bilan qaraladi. Kurgazmalar doimiy va vaqtincha bo’ladi. Lekin ko’rgazmalar doimiy bo’lgani ma’qulroq. Bunday kurgazmalarda o’quvchilar yasagan buyumlar yillar davomida yig’ib boriladi. Ayrim mak¬tablarda har bir o’quvchining o’zi haqida biror esdalik qoldirishi xatto an’anaga aylangan. Bunday esdalik faqat tex¬nik texnologikgagina emas, balki qishloq, xo’jaligiga va maishiy xizmatga oid bo’lishi ham mumkin. Kurgazma tugarak a’zola¬ri uchun muhim stimul, sinfdan tashqari ishda qatnashishga targ’ib qilishning samarali vositasi hisoblanadi. Ko’pincha, yaxshi kurgazmalar butun maktabning iftixori bo’ladi, Kur¬gazma qoshida ekskursovodlar guruhi tashkil qilinib, ular mehmonlarga xizmat ko’rsatadi, quyi sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Kurgazmalarda tugaraklar ko’pi o’tkazilib, bunda har bir tugarak o’zining ish natijalarini jamoat hukmiga havola qiladi.
    O’quvchilarni ishlab chiqarish brigadalarida siesiy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishga va sport ishiga katta ahamiyat beriladi. Bunga o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarishi katta imkoniyat yaratadi. O’quvchilar brigadasining umumiy majlisi quyidagi eng muhim masalalarni hal etadi: ishning o’quv-ishlab chiqarish rejasi muhokama qiladi va uni bajarish yo’llarini belgilaydi: zvenolarning va umuman brigadaning o’zaro musobaqasi shartlarini tasdiqlaydi; brigada a’zolarining intizomi va turmushiga oid, ijtimoiy mulkni muxofaza qilishga oid masalalarni ko’rib chiqadi va brigada a’zoligiga kaqul qilish, brigada a’zolarini rag’batlantirish hamda jazolash tugrisidagi masalani hal etadi; ishlab topilgan mablag’dan brigadaning ijtimoiy fondiga qancha mablag’ ajratish kerakligini belgilaydi; bir yillik ish yakunlarini chiqaradi. Shaxs sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun unda o’qishga intilish hissini takomillashtirish bilan chklanib bulmaydi. Ular ongida kasb - hunar va mehnat kunikmalarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak ma’naviy-a hloqiy fazilatlarini tarbiyalash bilan uz vatani va halqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bulish tuyg’usini, huquqiy ongini tarbiyalash lozim. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da madaniy - estetik, ilmiy, te hnikaviy, sport va boshqa yunalishlarda o’quv bilim yurtidan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ta’kidlangan hamda ta’lim sifatini yahshilash, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan. Ushbu «Darsdan tashqari ta’limni tashkil qilish davlat talablari» talabalarning bo’sh vaqtini tarbiyaviy ta’lim jihatdan samaradorli tashkil etishga qaratilgan bulib, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va milliy dastur g’oyalari asosida ishlab chiqildi. Sinfdan tashqari ta’limni urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog’ini kengaytirib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh, qilish kun tartibida turgan dolzarb masaladir. Hozirgi paytda yangi pedagogik va ahborot tehnologiyasi qonuniyatlari asosida pedagog olimlarimiz ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va metod-larini ishlab chiqish yo’nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormokdalar. Shuning bilan birga bu, bir joyda to’ htab turuvchi jarayon emas.
    Ushbu «Talablar» barcha o’quv maskanlaridan tashqari ta’lim muassasalari o’quv - tarbiyaviy ishini rejalashtirishda dastur va uslubiy materiallar, metodik qo’llanmalar, o’qyv adabiyotlarini tayyorlashda muhim hujjat bulib hizmat qiladi.Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarining tugarak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy a hloqiy fazilatlar mujassamlashgan bulishi kerak. Sinfdan tashqari ta’lim muassasalari tugarak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlaridan habardor qilib turish ular ongini ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o’rin tutadi. Tugarak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bulishi, ular Davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni bilishi shart. Talabalar qaysi tugarakka qatnashishidan qat’iy nazar shu kasb yoki hunar to’g’risida boshlang’ich ko’nikmalarga zga bulishi lozim. Sinfdan tashqari ta’lim talabalar qiziqshiga, hohishiga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarida o’qyv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yunalishlar buyicha tugarak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
    1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi.
    2. Estetik ta’lim.
    Z. Sayyohlik yunalishi buyicha tugaraklarga qatnashish.
    4. Ekologik ta’lim yo’nalishi buyicha.
    5. Talabalarni ma’naviy, a hloqiy yunalish buyicha.
    6. Huquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha.
    7. Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha.
    8. Iqtidorli va iste’dodli yoshlar.
    9. Iqtisodiy ta’lim.
    Sinfdan tashqari ta’lim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga o’ hshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni o’rgatishdan iboratdir. Tarbiyaning ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada utkaziladigan talabalar his – tuyg’usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, tugaraklar faoliyatida milliy madaniy-tari hiy an’analarga, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Masalan estetik tarbiyani yoshlar ongiga singdirish maqsadda talabalar uylari, saroylari, shaxslar va usmirlar ijodiyot uylarida horijiy til o’quv markazlari, milliy-diniy asosan badiiy adabiyotlar to’garaklari, Qur’on qiroati – qorixonalar va xakoza tashkil etadi. To’garak a’zolari ushbu dasta, to’garak va klublarda san’atni sevishga, ardoqlashga, san’at orqali go’zallikni ko’ra bilishga, shu go’zallik orqali o’z ona yurtini ulug’lashga, undagi go’zallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi. Estetik yo’nalish buyicha tahsil olgan tugarak a’zolari quyidagilarni bilishi lozim:
    - Badiiy milliy adabiyotlarimiz mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;
    - Qiroatni tinglash, uning mohiyatini tushunib yashashni ifodalashni;
    - turli millat va elatlarni, hurmat etishni;
    - tarihimiz, uning keksa namoyandalari ijodiy yo’lini, ushlash qoidalarini;
    Shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va halq amaliy san’ati yo’nalishlaridagi to’garaklar mashg’ulotlari orqali ham talabalar qalbiga singdiriladi. Bu o’rinda talabalar uylari, saroylarida tashkil etilgan «Tasviriy san’at», «haykaltaroshlik”, «Kulolchilik”, «Milliy kashtachilik” , «Naqqoshlik», «yog’och o’ymakorligi», «Ganch o’ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» to’garaklari ayni maqsadni doimiy va uzluksiz amalga oshiradi. Sayyohlik to’garaklariga talabalar ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda keng jalb qilinadi. To’garakka qabul qilinayotgan talaba yoshlar avvalo sayyohlik to’garaklarining biror bir yunalishiga qiziqqan, sayyohlik ekspeditsiyasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lgan, sog’lom bo’lishi kerak.
    Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha qatnashadigan talabalar birinchi o’quv yilidan keyin quyidagilarni bilishi lozim:
    -yurtimiz haqida tasavvurga ega bulishi;
    -yurtimizning tarihini, qadimiy obidalarini, ular haqidagi haqiqat va rivoyatlarni bilishi;
    -ma’lum joy, ulkani o’rganish bo’yicha reja va yunalishlarni ishlab chiqish;
    -sayohat davomida kuzatuvchanlikni bilish, sayyohlikka oid materiallarni o’rganish;
    -turli hildagi sayyohlikka oid adabiyotlar bilan doimiy tanishib borishi va ularni bilish kerak.
    Ekologik tabiatshunoslikdan tashkil qilingan to’garaklarning asosiy maqsadi yoshlarda jonli va jonsiz tabiat haqida yahlit tasavvur hosil qilish, tarbiyalanuvchilarni o’simlik va hayvonot olami bilan tanishtirish. To’garak a’zolarida o’simlik va hayvonlarni himoya qilish kerakligi to’g’risida tasavvur hosil qilish, to’garak a’zolari o’quv bilim yurtilarida er maydonlarida va tirik tabiat burchagida o’simlik va hayvonlarni parvarish qilgandagina, yahshi hosil olish mumkinligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
    To’garak a’zolariga birinchi o’quv yili ohirida quyidagi talablar qo’yilishi lozim:
    -jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurga ega bo’lishi;
    -jonli va jonsiz tabiatni bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini;
    -yoz, kuz, qish va bahorning harakterli belgilarini;
    -yilning turli fasllarida odamning yashab turgan joyidagi mehnati va ularning turlarini;
    -o’simlik nomlari, ildiz, poya, barg, meva va urug’larini;
    -o’t o’simliklar, darahtlar nomini;
    -meva va manzarali darahtlarni aa ularning bir biridan farqlarini
    -uchib ketuvchi va qishlovchi qushlarning hayoti va hususiyatlarini;
    -tabiat bilan inson orasidagi qonun-qoidani doimo muvozanatda saqlashni bilgan, kuzatgan ishlari yuzasidan hisobot yoza bilishni, ma’ruza qilishni bilishilari kerak.
    Ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning barcha yo’alishlari va to’garaklaridagi talabalarning ma’naviy fazilatlari, boy madaniy merosimiz, tarihiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalanishi bilan belgilanadi. O’quv bilim yurtlaridan tashqari ta’lim muassasalari klub va to’garaklari boradilar. Bilimga tashnalik ham ahloqiy tarbiyaning tarkibiy qismidir tarbiyachi, muassasa hodimlari talaba qalbida kitobni sevish, uni o’qish va ardoqlash kabi fazilatlarni doimiy ravishda shakllantiradilar. Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir mazmunida, klub va to’garaklar faoliyatida - Vatanga muhabbat va komilinson tarbiyasi aks etishi lozim. Talabalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini tarbiyalashda yurtimiz madaniyati tarihi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon fan va madaniyati sohasidagi o’rni, mamlakatimizning yorqin istiqboliga ishonch to’g’pisida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli haqida qayg’urish iymon-e’tiqod ramzi ekanligi o’qtiriladi. Shu nuqtai nazardan asosiy maqsad - komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi. Talabalarning hququqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatni tasavvur etib bulmaydi. huquqiy ong poydevoriga o’quv muassasasilarda asos solinadi. Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida talabalarga huquqiy bilimlar, ijtimoiy hayot me’yorlari va qoidalari to’g’risida keng ma’lumotlar berib boriladi.
    Huquqiy ta’limning mazmuni mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy-huquqiy manfaatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak.Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni o’ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olib turli to’garaklarga jalb etish «Respublika iste’dod markazi» xodimlari bilan hamkorlikda va ularning ilmiy amaliy tajribalaridan foydalangan holda iste’dodlarni aniqlashga mo’ljallangan texnologik diagnostik tadbirlar asosida amalga oshiriladi.Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi -iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish -«Kamolot», “Mahalla», «Ulug’bek» , «Oltin meros», «Umid» , «Ustoz» kabi jamg’armalar bilan hamkorlikda ish olib boorish -o’quv bilim yurtlaridan tashqari Ta’lim muassasalarida yoshlar iste’dodi va iqtidorini namoyon qilishga doir shart sharoitlar yaratib berish;-ularning qiziqishini inobatga olgan holda fanlar buyicha olimpiadalar, tanlovlar, ko’rgazmalar, turli bayramlar, talabalar ijodkorligi kabi tadbirlarni o’tkazish. Respublikaning chekka mintaqalaridan iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni izlash, ularga kelgusida o’z qobiliyatlarini takomillashtirishlariga shart-sharoitlar yaratib berish kerak. mustahkam bilimga ega emasligini,mustaqil ishlash qobilyati ham yetarli shakillanmaganligi hamda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari ishlarning mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas, balki uning ahamiyatligiga asosiy e'tibor qaratish kerak.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalariga ham bo'lajak kasblarini hisobi olgan holda yondashish zarur.O'quvchilarning mehnatga ongli munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash ta'lim-tarbiya jarayonining vazifalaridan biridir. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari ishlarining ahamiyati muhimdir. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar davomida uyushtiriladigan tajriba va kuzatishlar umumiy mehnat va amaliy ko'nikmalar hosil qilishda katta imkoniyatga ega. Fizikadan o'tkaziladigan to'garak ishing eng qimmatlisi shuki,bunda o'quvchilar o'z bilimlarini amalda qo'llashni o'rganadilar,hayotga ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar.
    Darsdan tashqari fizik to'garagining mazmuni masalasi eng muhim hisoblanadi.Ko'pincha o'qituvchi to'garak uchun qandaydir qisqa,texnik sohalarni-radiotexnika,kinotexnika va hokazolarni tanlaydi. Fizika o'qituvchisi rahbarlik qiladigan to'garak ishi o'quvchilarning to'garakdagi ishini fizikani o'qitish bilan to'laroq bog'lash imkoniyati bo'lishi uchun ko'proq fizika va texnika tematikasi bo'yicha olib boriladi. Fizika-texnik to'garagining tashkil etish bilan o'qituvchi o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobiga olishi, rejalashtirayotgan to'garak faoliyatini ular bilan birga takomillashtirishi, mavzularning zamonaviy katta ahamiyat kasb etadi.
    Ma'lumki, o'quvchilarni avtomatika, radio, yadro energiyasi, yarim o'tkazgichlar, raketka texnikasi, kosmonavtika, informatika kabi masalalar qiziqtiradi. Fizika o'qitishdagi ilg'or metodlar, yangiliklar sinfdan tashqari mashg'ulotlarda paydo bo‘lgani tasodif emas. Frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum ishlari, ekspremental masalalar, o'quv filmlaridan foydalanish sinfdan tashqari mashg'ulotlar orqali kiritilgan, yani fizika xonasini elektr simlarini o'tkazib jihozlash,qo'ng'iroqlarni avtomatik chalish,magnitofonni o'chirish,ulashni avtomatik boshqarish,maktabni radiolashtirish radiouzel orqali chiqib o'quvchilarga murojaat qilish va h.k. Fizika kechlari -bu maktabda sinf tashqari ishni avj oldirib borish uchun ko'p mehnat talabqiladigan samarali tadbirlardan biridir.Ular fizikaning ko'p sohalari bo'yicha o'quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko'pchilik o'quvchilarni ishtirok etishi talab qinadi.
    Ayrim o'quvchilar doklar,boshqalar,uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to'rtinchilari kecha o'tkaziladigan zalni bezash bilan shug'ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kitish bilan va h.k.lar bilan shug‘ullanadilar. Kechani o'tkazishga o'quvchilarga o'quvchilarning ko'p tayyorgarlik ko'rishi ularning jamoa bo'lib birlashishlariga ham yordam beradi.
    O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlashlariga o'qituvchi va ota-ona hamkorligi katta rol o'ynaydi.O'sib kelayotgan yosh avlodni darsda va darsdan tashqari vaqtlari mazmunli rejalashtirilishi barkamol,iste'dotli kadrlarni yetish chiqishiga eng katta turki hamda poydevor hamdir.O'quvchining darsdan tashaqari vaqtlarida fan to'garaklariga,fan kechalariga,kitobxonlik kechalari jalb etish juda ham to'g'ri yo'ldir va uni o'rganishni davom etdirishga zamin yaratishdan iboratdir.
    -fizika kursining o'qitish izchilligini ta’minlash,
    -fizikaning barcha bo'limlari bo'yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirish,
    -fizik jarayon, hodisa, tushuncha, hamda qonunlarning o'rganish ketma-ketligi mantiqiy to'gri va oddiydan murakkablikka qarab borish tamoyiliga rioya qilish;
    -fizik xodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
    -tajriba o'tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni
    hisoblash ko'nikmalarni xosil qilish:
    -asosiy fizik qonun va xodisalarni to'g'ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko'rish ko'nikmalarini hosil qilish:
    -oliy o'quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va
    ko'nikmalarni hosil qilish:
    -o'quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish, hamda hayotda bo'layotgan xodisa va jarayonlarni to'g'ri talqin qilishga o'rgatish:
    -hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni yechish yo'lidagi roli bilan tanishtirish kabi mavzu va muammolarni xal kilish kerakligini ko'rsatishdan iboratdir.
    Aniq fanlar yo'nalishi bo'limlarida fizikani o'qitish uchun 720 soat, maxsus kurslarni o'rganish uchun 148 soat, fakultativ kurslarini o'rganishga 222 soat vaqt ajratilgandir.
    Fizikani o'rganish uchun,Ximiya -biologiya yo'nalishdagi bo'limlariga 280 soat, boshqa yo'nalishdagi bo'limlarga 160 soatdan vaqt ajratilgandir.
    Kasb-hunar kollejlarida fizikani o'ganish uchun 160 soat vaqt ajratilgan bo'lib, uni o'qitishdan asosiy maqsad bizni o'rab olgan dunyoning tabiiy ilmiy manzarasini o'quvchilar ongida shakllantirish, politexnik ta’lim berish, kasbiy predmetlarni o'rganishga nazariy baza yaratib berish va ilmiy dunyoqarashlarini to'gri shakllantirib borishdan iboratdir.
    Fizikani kasbga bog'lab o'qitish kasbga yo'naltirishning eng yaxshi vositasidir.Uni quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin.
    A. Maxsus predmetlarda fizik tushuncha, xodisa, qonunlarni qo'llash;
    B. kasb mazmuniga ega bo'lgan fizik masalalar yechish;
    V. Ishlab chiqarishga mo'ljallangan asboblar yordamida kompleks laborotoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni namoyish kilish;
    G. Hunar-texnikassiklidagi predmetlarda fizik tushunchalardan foydalangan xolda masalalar yechish;
    D. Fizika kursi va hunar-texnikassikli predmetlaridan ayrim mavzu va bo'limdagi bilimdan foydalanib kompleks topshiriklar bajarish;
    E. O'quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab qiluvchi masalalar yechish;
    J. Turli asbob va qurilmalarni tuzilish prinsiplarini tushuntirish uchun zarur bo'lgan fizik bilimlarni qanday o'zlashtirganligini aniqlash maqsadida fizikadan uyga vazifalar berish;
    Z. Ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish
    va ular bo'yicha o'quvchilarga hisobot tuzishni topshirish;
    I. Sinfdan tashqari ishlarni bajarish to'garaklar, konferensiyalar, kechalar va boshqalar
    K. Ma’lum programma asosida fakultativ kurslar o'tish;
    Fizika o'qitishda kasbga yo'naltirish prinsipiga amal qilganda o'quvchilarning o'zlashtirishi ortadi.
    Akademik litseylarning va kasb-xunar kollejlarining va o'rta umumta’lim maktablarining fizikadan dasturlarida Nyuton mexanikasidan boshlab elementar zarralar fizikasigacha bo'lgan barcha bo'limlari ma’lum darajalarda o'z aksini topgandir.


    Download 114,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 114,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi

    Download 114,07 Kb.