• Natijalarni qayta ishlash
  • Siz tinglashni bilasizmi?




    Download 92,74 Kb.
    bet9/10
    Sana06.02.2024
    Hajmi92,74 Kb.
    #152178
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rahmatillo Latibjonov maqola

    Siz tinglashni bilasizmi?

    • Quyidagi savollarga tegishli variant bilan javob qaytaring.

    • Deyarli doim - 2 ball

    • Ko‘pincha - 4 ball

    • Baʼzan – 6 ball

    • Kamdan kam – 8 ball

    • Deyarli hech qachon – 10 ball

    Savollar
    1.Suhbat mavzusi sizga sira qiziq boʼlmasa, uni tugatishga harakat qilasizmi?
    2.Suhbatdoshingizning bachkana qiliqlari gʼashingizni keltiradimi?
    3.Suhbatdoshingizning qandaydir gapi yoki harakati sizni qoʼpollikka majbur qilishi mumkinmi?
    4.Notanish yoki yaxshi tanish boʼlmagan odam bilan suhbatlashishdan qochasizmi?
    5.Suhbatdoshingizning gapini boʼlish odatingiz bormi?
    6.Suhbat davomida boshqa narsalar bilan mashgʼul boʼlsangiz ham oʼzingizni tinglayotganday koʼrsatishga harakat qilasizmi?
    7.Suhbatdoshingiz kimligiga qarab yuz ifodangizni, ovozingiz ohangini oʼzgartirasizmi?
    8.Suhbat siz uchun yoqimsiz mavzu haqida boʼlsa, mavzuni almashtirishga harakat qilasizmi?
    9.Suhbatdoshingiz birorta soʼzni notoʼgʼri, xato talaffuz etsa, uni tuzatishga harakat qilasizmi?
    10.Suhbatdoshingizga nisbatan pastroq nazar bilan qarash holatlaringiz bo‘lib turadimi?


    Natijalarni qayta ishlash:
    Ballar yig‘indisi 62 dan ortsa, tinglash ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘ladi. O‘rtacha daraja – 55 ball. Quyi daraja 55 balldan past4.

    O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:



    • salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;

    • o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;

    • o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fik-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;

    • o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;

    • dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.

    Muloqot jarayonida o‘qituvchi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga tayanib o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. O‘quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga, o‘z “qobig‘i”ga kirib olishiga sabab bo‘ladi.

    Download 92,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 92,74 Kb.