|
Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga
|
bet | 8/10 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 92,74 Kb. | | #152178 |
Bog'liq Rahmatillo Latibjonov maqola3. Qanday o‘rgatish:
a) o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida to‘plagan pedagogik tajribalari asosida kompyuter, axborot va innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda ta’lim berishi;
b) yuksak pedagogik mahorat bilan dars va darsdan tashqari vaziyatlarda tarbiyaviy jarayonni milliy mafkura, an’ana va qadriyatlar asosida tashkil etish;
v) o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida pedagogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullaridan foydalanish;
g) ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda belgilangan maqsadga erishish uchun, mahalla faollari, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.
XULOSA VA TAKLIFLAR. Xulosa qilib aytganda Tadqiqotlarga ko‘ra, odam kommunikatsiyasining har kungi vaqtida so‘zlar – 7%, tovush va ifodalar – 38%, nutqiy bo‘lmagan o‘zaro ta’sir – 53%ni tashkil etadi. Publitsiy aytganidek: «ovoz orqali gaplashamiz, butun tanamiz orqali suhbatlashamiz».
Kundalik muloqotda odamlar ko‘proq quyidagi fanlar o‘rganadigan muloqotning noverbal vositalaridan foydalanadilar: kinestetika (inson hissiyotlarining tashqi ifodalanishi), mimika (yuz mushaklarining harakati), imo-ishoralar (tana alohida qismlarining ishoratli harakatlari), pantomimika (butun tana: gavda holati, qomat, egilish, yurish harakatlari), takesika (muloqot vaziyatidagi yaqinlashishlar: qo‘l siqish, o‘pishish, tegib ketish, siypalash, itarib yuborish va h.k.), proksemika (odamlarning muloqot vaqtida fazoda joylashishi, inson aloqalarida quyidagi masofalar sohalarini ajratadilar: yaqinlik sohasi (15-45sm), shaxsiy yoki xususiy soha (45-120 sm), ijtimoiy soha (120-400 sm), ommaviy soha (400 smdan ortiq)).
Deyl Karnegining “Muomala sirlari” kitobida shaxslararo axborot almashinuvi, kommunikatsiya jarayonida amal qilish lozim bo‘lgan quyidagi qoidalarni aytib o‘tadi:
Boshqa odamlarga samimiy qiziqishni ko‘rsating.
Tabassum!
Esda tutingki, inson uchun uning ismining ovozi inson nutqining eng yoqimli va eng muhim tovushidir.
Yaxshi tinglovchi bo‘ling. Boshqalarni sizga o‘zlari haqida aytib berishga undang.
Suhbatdoshingizni qiziqish doirasiga olib boring.
Odamlar o‘zlarining ahamiyatini his qilishlariga va buni chin dildan qilishlariga imkon bering.
Muloqot – bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoji bo‘lib, munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborot almashishga doir ularning birgalikdagi faoliyatidir. Inson hayotida muloqotning ahamiyati beqiyos. Inson psixikasining shakllanishiga, uning to‘g'ri rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar o‘rtasidagi muloqot axborot almashish, bir-birlarini tushunish va tushunish, tajribadan o‘rganish va ularni bo‘lishishlariga yordam beradi. Insonning muloqotdagi ehtiyoji uning tabiiy hayoti va jamiyatda doimo mavjudligi, ya’ni u oila, xodimlarning kollektivi, maktab yoki o‘quvchilar sinfiga bog'liq. Agar aloqa barcha odamlar uchun tabiiy bo‘lsa, unda har birimiz erkin muloqot qilishimiz va buni amalga oshirishimiz kerak. Biroq, ba’zi odamlar ba’zan odamlar bilan muloqot qilishdan qo‘rqishadi, ya’ni ijtimoiy fobiya. Bu qo‘rquv odatda o‘smirlik davrida yuz beradi, bu inson hayotidagi eng qiyin. Agar jamiyatga birinchi marta kirib keladigan bo‘lsak, salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, kelajakda odam bilan muloqot qilishda muammolar bo‘ladi. Insonning hayotidagi muloqot bu dunyoni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turadi.
Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o‘ziga xos so‘zlar qo‘llaniladi. Bunda so‘zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo‘llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko‘nikma, bilim, malakalarning hosil bo‘lishida muloqotning o‘rni beqiyos. Oddiy ko‘nikma (“to‘g‘ri o‘tir, qo‘lingni yuv, joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orqali singdiriladi. Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so‘zlarni qo‘llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo‘pol munosabatda bo‘lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiyojlaridan kelib chikadigan, aloqa almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar o‘rtasida kontakt o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni. Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. Muloqatning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir. “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo‘ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go‘yo o‘qib ya’ni mag‘zini chaqib chiqamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz”.
|
| |