|
Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga
|
bet | 6/10 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 92,74 Kb. | | #152178 |
Bog'liq Rahmatillo Latibjonov maqolaTestning kaliti:
«На»—1, 2, 3, 6, 7, 8, 9, 10, 11;
«Yo‘q» — 4, 5.
Har bir javob 1 ball.
1-3: Siz bilan muloqotda bo‘lish har doim ham yoqimli emas, hatto ba’zida bu jarayon juda og‘ir kechadi.
4-9 ball: Siz boshqalar uchun yoqimli suhbatdoshsiz, ammo ko‘p narsa kayfiyatingizga bog‘liq.
10-11 ball: Siz juda yoqimli suhbatdoshsiz, ammo muloqot davomida me’yorni biling.
MUHOKAMA. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o‘ziga xos so‘zlar qo‘llaniladi. Bunda so‘zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo‘llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko‘nikma, bilim, malakalarning hosil bo‘lishida muloqotning o‘rni beqiyos. Oddiy ko‘nikma (“to‘g‘ri o‘tir, qo‘lingni yuv, joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orqali singdiriladi. Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so‘zlarni qo‘llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo‘pol munosabatda bo‘lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiyojlaridan kelib chikadigan, aloqa almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar o‘rtasida kontakt o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni. Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. Muloqotning o‘zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o‘zaro idrok etish yuzaga keladi. Muloqatning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir. “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq – atvoriga mo‘ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go‘yo o‘qib ya’ni mag‘zini chaqib chiqamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz”. Muloqot – ta’lim oluvchi psixologik va ijtimoiy rivojining muhim omillaridan biri bo‘lib, birgalikdagi faoliyatda umumiy natijalarga erishish, shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash. Psixologik lug‘atlarda muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:
1) muloqot – hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni.
2) muloqot – belgilar tizimi orqali sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi. Maqsadida ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro harakati.
G.M Andreeva muloqotning 3 xil tuzilishini taklif etadi:
1.O‘zaro fikr almashinuv (kommunikativ ko‘rinish).
2.O‘zaro ta’sir ko‘rsatishi (interaktiv ko‘rinish).
3.O‘zaro bir-birini tushunish (perseptiv ko‘rinish).
Kommunikativ Ko‘rinish –muloqotning kommunikativ jihati bu – muloqotdagi individlarni o‘zaro ma’lumot almashinishidir
Interaktiv ko‘rinish –muloqotning interaktiv jihati bu – individlar muloqotda nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bo‘yich ham o‘zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat
Рerseptiv ko‘rinish –muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
Muloqot jarayonida 3 xil bosqich mavjud.
1. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqot;
T.Shibutani «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi»3.
2. Boshqalar bilan muloqoti;
3. Avlodlar o‘rtasidagi muloqot
|
| |