|
Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga
|
bet | 5/10 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 92,74 Kb. | | #152178 |
Bog'liq Rahmatillo Latibjonov maqola METODOLOGIYASI. Muloqot – bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoji bo‘lib, munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborot almashishga doir ularning birgalikdagi faoliyatidir. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaymiz.
“FSMU” metodi
Metodning maqsadi: Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metoddan ma’ruza mashg’ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg’ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
- qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi;
- har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni tarqatiladi:
- ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy
mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
Muloqotdoshlikni aniqlovchi test
1. Siz gapirishdan ko'ra eshitishni yaxshi ko‘rasizmi?
2. Siz o'zingiz lanimagan kishi bilan suhbatlashish uchun har xil mavzu topa olasizmi?
3. Siz doimo o‘z suhbatdoshingizni diqqat-e’tibor bilan, o‘ta ziyraklik bilan tinglaysizmi?
4. Siz o'zga kishilarga maslahatlar berishni yoqtirasizmi?
5. Suhbat mavzusi siz uchun qiziqarli bo‘lmasa suhbatdoshingizga buni bildira olasizmi?
6. Suhbatdoshingiz sizni tinglamayotganini sezsangiz jahlingiz chiqadimi?
7. Sizning har qanday masala yuzasidan o‘z shaxsiy fikringiz bormi?
8. Suhbat mavzusi siz uchun notanish bo'lsa suhbatni davom ettirasizmi? 9. Siz ham m aning nigohida, diqqat markazida bo‘lishni yoqtirasizmi?
10. Siz Yetarli darajada bilimga ega bo‘lgan kamida uchta fan asosini egallaganmisiz? 11. 0 ‘zingizni xushmuomala deb hisoblaysizmi?
|
| |