|
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
|
bet | 8/30 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 97,26 Kb. | | #257257 |
Bog'liq Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tariBirinchidan, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash. Bunda
umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy pedagogik ta’lim
hamda oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, ilmiy pedagog kadrlar malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlanadi.
Institutdagi ta’lim va tarbiya faoliyatiga ilg’or pedagogik va tarbiya
texnologiyalarini tadbiq etishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, fanlarning
tarbiyaviy, ta’limiy, shaxsni shakllantiruvchi funksiyalari yaxlitligini ta’minlovchi
uzviylashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim sifati ko’rsatkichlari va
mezonlarini takomillashtirish, talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan
nazorat va boshqaruv tizimini yaratish, monitoringini shakllantirish, oliy
pedagogik ta’limda fanlarni fundamentallashtirish amalga oshirilishi nazarda
tutiladi.
Ikkinchidan, oliy ta’lim tizimida pedagog va ilmiy-pedagog kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdagi mavjud tizimni
takomillashtirish, professor-o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, kasb
tavsiyanomalari, ularning ma’naviy kamolot darajasini aniqlash metodikasini
ishlab chiqish, ilmiy ijodiy salohiyatini, kompyuter savodxonligini oshirish, xorijiy
tilni o’zlashtirish darajasi, oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlari zahirasini
yaratishga e’tibor kuchaytiriladi.
Uchinchidan, ta’lim mazmunini milliy, umuminsoniy qadriyatlar va
an’analar asosida jahon talablari darajasida takomillashtirish yo’nalishida ta’lim
oluvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, ma’naviy-axloqiy
tarbiyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilab beruvchi va ta’lim sifatini
jahon talablari darajasiga ko’tarilishga qaratilgan Davlat ta’lim standartlari, o’quv
reja va fan dasturlarining yangi avlodi ta’lim jarayoniga tadbiq qilinadi, global
fikrlash, global kasbiy mahoratga ega bo’lish tamoyilini ta’minlovchi ta’lim
mazmuniga erishiladi, axborot texnologiyalari va kompyuterlar asosida ta’lim
olishni o’quv-uslubiy majmualari yaratiladi va amalga tadbiq qilinadi, talabalar
bilimini baholashda xorijiy davlatlar oliy o’quv yurtlari tajribasidan kelib
chiquvchi reyting tizimi yaratilib ta’lim jarayoniga joriy etiladi, muqobillik va
raqobatga asoslangan o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda ishtirok
etiladi.
|
| |