|
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
|
bet | 6/30 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 97,26 Kb. | | #257257 |
Bog'liq Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tariBeshinchidan, Biz fuqarolik jamiyat qurishni o’z oldimizga maqsad qilib
qo’yganmiz. Bu sohada dastlabki, ammo muhim qadamlar qo’yildi. Ishonchim
komilki, vaqti soati kelib, bugungi o’tish davri uchun zarur bo’lgan kuchli davlat
funksiyalari va alomatlari asta sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat
zimmasiga o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng 1992 yil 2 iyulda
― Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi ta’lim tizimida islohotlarni
boshlab berdi. Maktablarning moddiy va o’quv texnika bazasini mustahkamlash,
ta’lim dargohlarini pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim va tarbiyani milliylik
asosida takomillashtirish, ta’lim sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish
asnosida bu tizimni jahon andozalariga yaqinlashtirish borasida muhim tadbirlar
amalga oshirildi.
Asosiy qonunimiz Konstitutsiyamizda esa har bir fuqoro bepul ta’lim olish
huquqiga ega, ta’limning davlat nazoratida ekanligi kafolatlanadi10, deya alohida
ta’kidlangan.
1997 yil 29 avgust O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida
yangi ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
qilindi11. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda ta’lim islohotlarini
yanada chuqurlashtirish vazifalari va dasturlarni ruyobga chiqarish bosqichlari
asoslab berildi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» milliy tajribaning tahlili va ta’lim
tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo’lib, u milliy
modelni ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga
moslashgan ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik
puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, pedagogik-psixologik va
boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldidagi
javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni12 o’z oldiga maqsad qilib
olgandir.
- «Bizga milliy kadrlar tayyorlashning maxsus dasturi kerak, bu dastur:
- umumiy ta’lim maktablarida dars berish sifatini oshirish (o’qituvchilarni,
metodistlarni qo’shimcha ravishda moddiy raІbatlantirish, maxsus sinfxonalar
barpo etish, oliy o’quv yurtlarining maktablarini otaliqqa olishni yo’lga qo’yish va
shu kabilarni);
- eng iste’dodli bolalar uchun maktablar ochishni;
- korxonalar bilan maktablar o’rtasida sifat jihatidan yangi munosabatlarni
joriy etishni;
- hunar texnika bilim yurtlarida ho’jalik hisobini joriy qilishni va shu asosda
ommaviy kasb kadrlari tayyorlash sifatini keskin oshirishni;
- oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash sistemasini qayta qurishni,
bu sohaga kadrlar tayyorlashni buyurtma berish usulini joriy etishni o’z ichiga
olishi kerak»13 degan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
Milliy dasturning hayotimizga tadbiq etilishi uch bosqichda belgilandi.
|
| |