• Ikkinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




    Download 97,26 Kb.
    bet7/30
    Sana30.05.2024
    Hajmi97,26 Kb.
    #257257
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
    Bog'liq
    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

    Birinchi bosqich, 1997-2000 yillarda amaldagi ta’lim tizimining ijobiy
    jihatlarini saqlab qolish asnosida huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moddiymoliyaviy shart-sharoitlar yaratish, yangi talablarga javob bera oladigan pedagogik kadrlarni tayyorlash, davlat ta’lim standartlarini yaratish va yangi o’quv dasturlari ustida ishlash, umumta’lim maktablarini tuzilish jihatdan qayta qurish, uch yillik ta’lim, o’rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari (akademik litsey va kasb-hunar kolleji) tizimiga zamin tayyorlash, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish va ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalar belgilab qo’yildi.
    Ikkinchi bosqich, 2001-2005 yillarda Milliy dasturda belgilangan
    vazifalardan to’laqonli ravishda amaliyotga tadbiq etish maqsad qilib qo’yildi. Bu
    bosqichda avvalambor, majburiy umumiy o’rta va maxsus, kasb-hunar ta’limiga,
    shuningdek, o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab
    tabaqalashtirilgan ta’limga o’tishni to’liq amalga oshirish, ta’lim muassasalarini
    maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularning
    faoliyatida raqobatga asoslanagn muhitni vujudga keltirish ko’zda tutildi.
    Uchinchi bosqich, 2005 va undan keyingi yillarda to’plangan tajribani tahlil
    etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
    istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada
    rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining resurs kadrlar va axborot bazalarini
    mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or
    pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash, o’quv jarayonini
    axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimini jahon axborot tarmog’iga ulanadigan
    kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq ta’minlash kabi vazifalarni amalga
    oshirish nazarda tutildi.
    Dastur asosida kadrlar tayyorlashning ―milliy model‖i yaratildi. Kadrlar
    tayyorlash milliy dasturi O’zbekistonning strategik maqsadi rivojlangan
    demokratik davlat barpo etish taraqqiy etgan mamlakatlar hamjamiyatining teng
    huquqli a’zosiga aylanishning ifodasidir. Ana shu ulug’vor maqsaddan kelib
    chiqib, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ uzluksiz ta’lim tizimi orqali har
    tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishni vazifa qilib qo’yadi.
    Bugungi kunda ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya sifat samaradoligini eng asosiy
    va kechiktirib bo’lmas galdagi rivojlantirishning asosiy vazifasi –ta’lim tizimini
    muqobil rivojlantirish mexanizmini yaratish, XXI asr shiorlari hamda mamlakatni
    rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari, shaxs, jamiyat va davlatning
    talabalariga mos kelishini ta’minlashdan iboratdir.
    Mazkur Dasturning maqsadi - tayyorlanayotgan kadrlarning demokratik
    o’zgarishlar va bozor islohoti talablariga muvofiqligi, raqobatbardoshligi, yuqori
    malakaga ega bo’lishini ta’minlashdir. Uni ruyobga chiqarishning asosiy
    yo`nalishlari va quyidagilardan iborat:

    Download 97,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




    Download 97,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

    Download 97,26 Kb.