• Tadqiqotning ob’yekti.
  • Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
  • Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi.
  • Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




    Download 97,26 Kb.
    bet3/30
    Sana30.05.2024
    Hajmi97,26 Kb.
    #257257
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

    BMIning maqsadi. O`zbekistonda ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi ekanligini nazariy asoslash.
    BMIning vazifasi. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
    - 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish;
    - 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ta`lim tizimini rivojlantirish borasida eng muhim huquqiy asos ekanligini yoritib berish.
    Tadqiqotning ob’yekti. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar.
    Tadqiqotning predmeti. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi ekanligini yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
    Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mustaqillik yillarida ta`lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo`nalishlar O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni1da belgilab qo`yilgan bo`lib, mavzusi yuzasidan respublikamiz va xorijiy ekspertlar tamonidan ko`plab tadqiqotlar olib borilgan va ilmiy maqolar chop etilgan. Jumladan, professor S.Ochilov «Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari»2 monografiyasida ma’naviy-madaniy, ta’limiy – axloqiy qarashlarini yirik ko‘lamda birinchilardan bo‘lib tahlil etdi.
    Shuningdek, mutahassislarning sohaga oid bir qator tahliliy maqolalari internet saytlarida e`lon qilingan3.
    Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi. Tadqiqotning metodologik asosini ishlab chiqishda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlarida ilgari surilgan konseptual qarashlar va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi4dagi ta`limni rivojlantirish to`g`risidagi tamoyillar asos qilib olindi.

    Download 97,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 97,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

    Download 97,26 Kb.