|
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
|
bet | 11/30 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 97,26 Kb. | | #257257 |
Bog'liq Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tariBirinchidan, mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablari asosida takomillashtirish lozim. Ya'ni, ta'lim tizimiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi hamda "Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizom"ning yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmalari hamda ta'lim muassasalariga metodik xizmat ko'rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi.
Umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatiga oid amaldagi me'yoriy hujjatlar ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqilib, mazmunan boyitiladi.
Ikkinchidan, o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik, qonunlarga hurmat ruhida o'stirish, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi ma'naviy immunitetini mustahkamlash, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash borasida qator ustuvor vazifalar amalga oshiriladi.
Shu maqsadda o‘qituvchilar, hayotiy tajribaga ega keksalar, mahalla faollari ko'magida o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida kitobxonlikni, mutolaaning inson kamolotidagi beqiyos o‘rnini targ‘ib etishga alohida ahamiyat beriladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarida taniqli yozuvchi, shoirlar bilan onlayn muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari keng miqyosda portallarga joylashtirib boriladi. Umumta'lim maktablaridagi kutubxonalar va axborot-resurs markazlarining kitob fondi yangi badiiy va ensiklopedik adabiyotlar bilan boyitiladi.
Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga keng jalb etish, turli nufuzli musobaqa va bellashuvlar, xususan, "Umid nihollari"da qatnashuvchi sportchi-o‘quvchilarning safini kengaytirish, ularning xalqaro tanlovlarda samarali ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi.
|
| |