|
V BOB.
MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLARBog'liq 8-informatikaV BOB.
MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR
30
-dars
. MOOC ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH
MOOClar yaratilganidan buyon shu kungacha ko‘plab
ijobiy fikrlarni to‘pladi hamda dunyo bo‘yicha millionlab
masofadan ta’lim oluvchilar armiyasini shakllantirdi. MOOС
platformalari: o‘quv materialini qiziqarli, ko‘ngilochar (o‘yinli),
interfaol shaklda taqdim etadi; ilmga qiziqishni uyg‘ota oladi;
kelajagi porloq sohalar haqida fikrlarni shakllantiradi; oliy
ta’lim muassasasini tanlashda yordam beradi; chet tillar
(aksariyat hollarda ingliz tili)ni chuqur o‘rganish imkoniyatini
beradi.
Har tomonlama kamol topishga intilgan inson MOOC
platformalarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib boradi.
BUNI BILASIZMI?
MOOC platformalarida ro‘yxatdan o‘tish qanday amalga oshiriladi?
MOOC platformalarida nazorat topshiriqlarini bajarish mumkinmi?
MOOC platformalari orqali sertifikat olish mumkinmi?
DIQQAT
Khan Academy platformasida ta’lim olish
Khan Academy — ta’lim berishga yo‘naltirilgan, internet orqali bepul va sifatli ta’lim beradigan
notijoriy tashkilot. Asosiy maqsadi — dunyo aholisiga sifatli va bepul ta’lim berish. Loyiha
Google, Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi va boshqa ko‘plab tashkilot hamda shaxslarning
xayriyalari hisobiga moliyalashtiriladi.
Akademiya platformasining kurslari juda sodda, biroq qat’iy va o‘zini sinab ko‘rish uchun juda
ko‘p interfaol xususiyatlarga ega. Platforma o‘zida ta’lim beruvchi videorolik, amaliy topshiriqlar
va ta’lim olishning shaxsiy panelidan tarkib topgan. Boshqa MOOC platformalardan farqli
ravishda, Khan Academy kurslari maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, platformada
matematika, ingliz tili, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari joylashtirilgan.
Shuningdek, ta’lim oluvchilar SAT, ACT, GRE, NCLEX-RN va Praxis imtihonlari standart testlariga
tayyorgarlik ko‘rish uchun materiallar bilan tanishishlari mumkin. Akademiya o‘qituvchi va
ota-onalarga standart o‘quv materiallarini belgilash va ta’lim oluvchining o‘zlashtirishini kuzatib
borish imkoniyatini taqdim etadi. Tarmoq vositalari yordamida ta’lim oluvchilar boshqa
foydalanuvchi va o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishi mumkin.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Platformani
mahalliylashtirish
—
platforma interfeysi
va uning tarkibidagi
materiallarni davlat tiliga
o‘girish.
Oraliq test
— har bir bo‘lim
yakunida topshiriluvchi
nazorat testi.
|
| |