A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis




Download 44,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/77
Sana24.05.2024
Hajmi44,99 Mb.
#252559
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
Bog'liq
8-informatika

28-
dars
. MOOC PLATFORMALARI TURLARI VA VAZIFALARI
MOOC PLATFORMALARI
Coursera
(https://www.coursera.org/) — MOOC platformalarining yuzi 
hisoblanadi. Platforma 2012-yilda Stenford universitetining kompyuter fanlari 
professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan. Coursera platformasi 
birinchilardan bo‘lmasa-da, o‘qitish strategiyasining to‘g‘ri tanlanganligi hamda tijoratga 
yo‘naltirilganligi bilan bugungi kunda onlayn ta’limda yetakchiga aylandi. 190 dan ziyod ta’lim 
muassasalari professor-o‘qituvchilari mana shu platforma resurslari bilan ishlaydi.
Kurslar:
fizika, muhandislik, tibbiyot, gumanitar fanlar, matematika, biznes, informatika va 
boshqalar. 
Interfeys tili:
ingliz. 
Kurs tili:
ingliz (asosiy) va boshqa tillar, deyarli barcha kurslarda subtitrlar mavjud.
Khan Academy 
(https://khanacademy.org/) — platformasi boshqa MOOClardan 
farqli ravishda ta’limga interfaollik va o‘yin texnologiyalarini olib kirgan va o‘z 
davrida birinchilardan bo‘lgan mashhur loyiha. Bugungi kunga kelib platforma 
36 dan ortiq tilda (o‘zbek tili ham mavjud) 10 mingdan ortiq kichik video darslar 
yaratgan. Platformada 100 mingdan ziyod interfaol misol va topshiriqlar joy 
olgan. Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatda o‘tiladi va hozirgi kunda 74 milliondan 
ortiq o‘quvchi platformadan foydalanadi. Asosiy jihati shundaki, platformadan maktab fanlari 
dasturlari va ko‘plab darslar, shuningdek, farzandlari bilan shug‘ullanishi uchun ota-onalarga 
mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar joy olgan. 
Kurslar:
matematika, informatika va dasturlash, fizika, astronomiya, kimyo, moliya, iqtisodiyot, 
biologiya, tibbiyot va boshqa fanlar.
Interfeys tili:
bir necha tilda (o‘zbek tili ham mavjud).
Kurs tili: 
ingliz va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.


84

Download 44,99 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Download 44,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis

Download 44,99 Mb.
Pdf ko'rish