|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika28-
dars
. MOOC PLATFORMALARI TURLARI VA VAZIFALARI
DIQQAT
Google Classroom platformasida ta’lim olish
Zamonaviy texnika taraqqiyotining natijasi o‘laroq, o‘quvchilar qo‘lida mobil telefon, planshet,
noutbuklarning mavjudligi ularga masofadan turib ta’lim olish imkoniyatini beradi. MOOC
kurslari orqali o‘quvchi yil davomida yoki qisqa sessiyalarda ta’lim olishi mumkin. Hozirgi
paytda dunyoga mashhur Garvard va Massachusets singari nufuzli ta’lim muassasalari MOOC
platformalari orqali turli yo‘nalish va darajadagi onlayn kurslarni taqdim etmoqda. MOOC kurslari
bir vaqtning o‘zida minglab o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan birga, yil davomida qat’iy
belgilangan yoki xohlagan vaqtda kursga a’zo bo‘lib, undan ta’lim olish imkonini beradi.
28
-dars
. MOOC PLATFORMALARINING TURLARI VA
VAZIFALARI
Inson borki, bir umr bilim olishga, olgan bilimlarini rivojlantirishga
va ular tufayli egallagan hayotiy tajribalarini boyitishga harakat
qiladi. Bu borada MOOC zamonaviy pedagogik tushuncha
va texnologiyalar asosida yaratilgan, ommaga mo‘ljallangan,
bepul (qo‘shimcha ravishda pullik funksiya va imkoniyatlari ham
mavjud) tizim bo‘lib, internet orqali faoliyat yuritadi.
Shu bilan bir qatorda, u o‘zida norasmiy ta’limning yangi shakl va
usullarini mujassam etgan holda aralash ta’limning zamonaviy
pedagogik texnologiyalarini ham taqdim etadi. MOOC kurslari
tarkiban boshqa ta’lim tizimlaridan farqli ravishda, asosan,
videoma’ruzalar, matn, forum hamda bilimlarni mustahkamlash
uchun mashqlardan tashkil topgan.
BUNI BILASIZMI?
MOOC platformalarining qanday turlari bor?
Nima uchun topshiriqqa asoslangan MOOClar deb
nomlangan?
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Aralash ta’lim
—
o‘qituvchi bilan yuzma-
yuz olib boriladigan
an’anaviy ta’lim va
onlayn ta’limning
birlashtirilgan shakli.
Subtitr
—
videorolikning asl tili
yoki tarjimasidagi
umumiy mazmunni
ifodalovchi matn.
U videokadr usti yoki
tagida bir vaqtda
namoyon bo‘ladi.
MOOC platformalarida ta’lim olish usullarining quyidagi turlari mavjud:
• kurslarda o‘qish va sertifikat olish – bepul;
• kurslarda o‘qish – bepul, sertifikat olish – pullik;
• kurslarda o‘qish va sertifikat olish – pullik.
|
| |