|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika27-
dars
. MOOC (MASSIVE OPEN ONLINE COURSES —
OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR) HAQIDA
Foydali aloqalar.
O‘quvchilar o‘z kurslarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga
ham ega. Ular bilimlarini o‘rtoqlashibgina qolmay, bir-birlarini tekshiruvchi sifatida ham
ishtirok etishlari mumkin. Odatda, masofaviy ta’lim kursining har bir o‘quvchisi bir necha
kursdoshlari ishlarini tekshirishi lozim. O‘z navbatida, uning ishi ham bir necha kursdoshi
tomonidan sinovdan o‘tkaziladi. Shu tariqa, kursga qiziquvchilar va belgilangan yo‘nalish
bo‘yicha o‘z malakasini oshirishni xohlovchilar orasidan guruh shakllantiriladi. Har bir
ishtirokchi tanlagan kursi bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytirish, foydali va qiziqarli aloqalar
o‘rnatish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Tezkor teskari aloqa va baholash.
Har bir o‘quvchi topshiriqlarni bajarib bo‘lgach, olgan
bilimlari qanday baholanganligini deyarli biladi. Shu bilan birga, har bir onlayn ta’lim
oluvchiga imtihonni qayta topshirish yoki testni qayta yechish imkoniyati beriladi.
MOOC platformalarida bilim olish faqat o‘quvchi tashabbusi bilan amalga oshiriladi va
bunda yuqori darajadagi motivatsiya va o‘z-o‘zini boshqarish ustuvorlik qilishi lozim. Shu
sababdan, ta’limning bu turida quyidagi kamchiliklar kuzatilishi mumkin:
o‘quv materiallarini mustaqil va yakka holda o‘rganish.
Masofaviy ta’lim kursining vazifasi — o‘quvchi
mustaqil ta’lim olishi uchun unga barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish. Kunduzgi o‘qish
sharoitida o‘quvchi ma’ruzadan keyin yoki ma’ruza vaqtida o‘qituvchiga bevosita murojaat
qilishi mumkin, MOOC doirasida esa bunday imkoniyat mavjud emas. Yakka o‘qituvchi
minglab o‘quvchilarning savollariga birdan javob bera olmaydi, shu sababli berilgan savolga
o‘z vaqtida javob olishning imkoni bo‘lmaydi;
topshiriqni bajarish jarayonini to‘liq nazorat qilib bo‘lmaydi.
Topshiriqlarni bajarish va yakuniy
imtihonga o‘quvchi shaxsan javobgar hisoblanadi. Tizimni aldash mumkin, ammo bundan
kim ziyon ko‘radi?
MOOCNING KAMCHILIKLARI
MOOCning asosiy imkoniyatlari:
— o‘quv materiallarini ta’lim oluvchiga optimal variantda taqdim etish;
— kursdan o‘tish usullari, vaqt tanlashning moslashuvchanligi;
— o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda kursdan kursga o‘tish;
— kurs o‘qituvchisi va kurs yaratuvchisi rollarining har xilligi;
— ta’lim jamoasini shakllantirish (kurs doirasida);
|
| |