74
IV BOB.
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI
1. Google Classroom platformasiga kirish qanday amalga oshiriladi?
2. Google Classroom platformasida kod nima uchun kerak?
3. Google Classroom platformasida
Папка курсa
bo‘limida qanday ma’lumotlar
berilgan?
4. Google Classroom platformasida o‘quv materiallari va
topshiriqlarni olish uchun
qaysi bo‘limga kiriladi?
5. Google Classroom platformasida
Лентa
nima uchun ishlatiladi?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
26
-dars
.
AMALIY ISH.
1. O‘z akkauntingiz bilan Google tizimiga kiring va Google Classroom platformasiga o‘ting.
2. O‘qituvchingiz tomonidan berilgan kod (masalan, 2ubiu5p) yordamida o‘quv kursiga
kiring.
3. Har bir mavzuda berilgan o‘quv materiallari, amaliy topshiriq, savol va nazorat testlari
bilan tanishib chiqing.
4. Har bir mavzuda berilgan kurs elementlari (masalan, nazariy material, video, audio va h. k.)
bilan tanishib chiqing. O‘rganganlaringizni daftaringizga qisqacha yozib oling.
5. Kurs tarkibida berilgan amaliy topshiriq va testlarni bajaring hamda o‘z ishlaringizni
yuboring.
6. Yuborgan ishlaringizni qabul qilingan yoki qilinmaganligini tekshirib ko‘ring. O‘qituvchi
tomonidan ishingiz qanday baholanganligini ko‘rib chiqing.
7. Kursdagi boshqa foydalanuvchilar bilan tanishib chiqing.
AMALIY TOPSHIRIQ
GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASIDA TA’LIM OLISH
75
26-
dars
. AMALIY ISH.
Google kompaniyasi tarixi
Sergey Brin va uning do‘sti Larri Peyj Stenford universitetida o‘qib
yurgan paytlarida
Googleni yaratishdi. Boshqa qidiruv tizimlaridan farqli o‘laroq, bu loyiha turli saytlar
o‘rtasidagi aloqani tahlil qilish imkoniga ega edi. Mazkur tizim PageRank nomini oldi va
loyihalari tufayli Brin va Peyj dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Google kompaniyasi rasman 1998-yilning 4-sentabrida
Kaliforniya shtatida, Menlo-Parkdagi
garajda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Google» nomi yuzta nolli 1 raqamini anglatuvchi «google»
so‘zidan olingan. Brin va Peyj ajoyib dasturchi bo‘lishlariga qaramay, HTML dizayni ustida
ishlash ularning ojiz jihatlari edi. Shu sababli, hozirgi kunga qadar Googlening bosh
sahifasini faqat qidiruv maydoni va tugmachasigina tashkil etadi.
Keyinchalik tizim Gmail pochtasi, Google Maps xaritalari va bir-biriga
integratsiyalashgan
o‘nlab mahsulotlar bilan boyitildi. Internetdan foydalanuvchilarning taxminan 82 foizi
Googleni qidiruv tizimi sifatida tan oladi. Qanday qurilmaga murojaat qilmang, Googlening
mahsulotiga duch kelasiz. Bu, bir tomondan, login va parol
yordamida tizimga bir marta
kirib olgach, boshqa istalgan mahsulotlarga o‘tish imkonini bersa, ikkinchi tomondan,
Google tizimi foydalanuvchi to‘g‘risida Facebook ijtimoiy tarmog‘i kabi juda ko‘p ma’lumotni
yig‘a oladi.
“Asosiysi — diqqatni foydalanuvchiga
qaratish, qolgani esa asta-sekin maromiga
tushaveradi!” Bu shior Google kompaniyasining bosh falsafasidir. Aynan shu tufayli Google
bugungi mashhurlik darajasiga
erisha oldi, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
QIZIQARLI FAKT