|
IV BOB.
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARIBog'liq 8-informatikaIV BOB.
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI
Open Source
(Ochiq kodli dasturiy ta’minot) atamasi 1998-yilda Erik Reymond hamda Bryus
Perens tomonidan kiritilgan. Ochiq kodli dasturiy ta’minot — dasturning kodi ochiq va undan
erkin foydalanish mumkin bo‘lgan, zaruriy holatlarda unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish
imkoniyati mavjud dasturiy ta’minot.
ESLAB QOLING
Moodle platformasida ta’lim olish
1.
Moodle
ning rasmiy manzili (moodle.org) brauzerning manzil qatoriga kiritiladi. Asosiy menyu
qatoridan
DEMO
, ochilgan sahifadan esa
Mount Orange School
, so‘ng
Go to courses
tugmachasi
tanlanadi.
2. Kurslar ro‘yxatidan
Art and Media
, bo‘limlar ro‘yxatidan esa
Digital Literacy
o‘quv kursi tanlanadi.
3.
Kirish
orqali tizimda ro‘yxatdan o‘tish, agar ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lsa, login va parol yordamida
tizimga kirish mumkin
(1)
.
4.
Til
bo‘limi orqali platformaning tilini o‘zgartirish mumkin
(2)
. Mazkur platforma bir necha tilga
tarjima qilingan.
5. O‘quv kursi va uning modullari yordamida kerakli modulga o‘tish mumkin
(3)
.
6.
Kalendar
bo‘limi orqali topshiriq, tadbir va xabarlar haqida ma’lumot olish mumkin
(4)
.
7. Kursning birinchi modulida, asosan, e’lonlarni o‘qish va so‘rovnomalarga javob berish mumkin
(5)
.
8. Kursning keyingi modullarida matnli, audio, video, taqdimot, glossariy va boshqa turdagi o‘quv
materiallarini sahifaning o‘zi orqali yoki yuklab olish yordamida o‘zlashtirish mumkin
(6)
.
9. Topshiriqlar modulida esa amaliy topshiriq, savol, krossvord, viki topshiriq va testlar beriladi
(7)
.
1
2
3
4
5
6
7
|
| |