|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika21-
dars
. LMS PLATFORMALARINING TURLARI VA VAZIFALARI
21
-dars
. LMS PLATFORMALARINING TURLARI VA
VAZIFALARI
Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS) — elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga
oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni
saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma. Ta’limni boshqaruv tizimlari o‘quv kursi
tarkibini ishlab chiqish va uni nazorat qilish uchun markaziy joyni taqdim etish orqali o‘quv
jarayonini soddalashtirishga yordam beradi. Shuningdek, LMS o‘quvchilarga dars vaqtida olgan
bilimlarini boyitish uchun zarur qo‘shimcha manbalarni ham yuborish imkoniyatiga ega qiyosi
yo‘q platformadir.
BUNI BILASIZMI?
LMS platformalarining qanday turlari bor?
Qanday platformalar bulutli platformalar deb ataladi?
Serverga asoslangan platformalar qanday ishlaydi?
LMS platformalari uch turga bo‘linadi: bulutli platformalar,
serverga asoslangan va CMS bilan integratsiyalangan LMSlar.
LMSning bulutli platformalari.
O‘quv kursining materiallari
LMSning bulutli platformalarida web-xizmatni taklif etuvchining
server kompyuteriga joylashtiriladi. LMSning bu turini ta’lim
muassasasi yoki tashkilotning server kompyuteriga o‘rnatib
bo‘lmaydi. LMSning bulutli platformalari web-xizmat (masalan,
pochta xizmati kabi) prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni web-xizmat
taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin o‘quv
kurslarini yaratish mumkin. Buning uchun web-xizmat o‘zining
serveridan joy ajratadi va barcha ma’lumotlar ushbu serverda
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Bulutli platforma
— o‘z
xizmatlarini foydalanuvchi
resurslariga bog‘liq
bo‘lmagan holda taqdim
etuvchi platforma.
Korporativ
— bir vaqtda
bir necha hududdan
turli pog‘onalarda
boshqariluvchi tarmoq.
saqlanadi. Foydalanuvchi esa bunga o‘ziga kerakli materiallarini yuklashi, ta’lim oluvchilarni
qo‘shishi va onlayn ta’lim jarayonini yurgizishi mumkin. LMSning bulutli platformalaridan, asosan,
korporativ ta’limda foydalaniladi.
LMSning bulutli platformalari: iSpring learn, Google classroom, Schoology, Loop, Learn Amp va
boshqalar.
Serverga asoslangan LMS
lar tashkilot yoki ta’lim muassasasining serveriga o‘rnatiladi. Bu esa
foydalanuvchilarga tizimga korporativ login va parol yordamida kirish imkonini beradi. Barcha
|
| |