|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika20-
dars
. LMS (LEARNING MANAGEMENT SYSTEMS —
TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA
Foydalanishning erkinligi
— o‘quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi mumkin.
Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari mumkin.
O‘qish xarajatlarini kamaytirish
— metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ talab
qilinmaydi.
Moslashuvchanligi
— o‘quv jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi imkoniyat va talablaridan kelib
chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.
Zamon bilan hamnafasligi
— elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o‘qituvchi va
o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq
rivojlantirib boradi. Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z vaqtida
yangilab turish imkoniyati mavjud.
Ta’lim olishning tengligi
— o‘qitish ma’lum bir ta’lim muassasasidagi o‘qitish sifatiga bog‘liq
bo‘lmaydi.
Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati
— o‘quv jarayonida
o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish
mumkin.
Tajriba almashish
— muloqot qilish, xabarlar almashish uchun chat, blog, forum va
konferensiyalardan foydalanish mumkin.
Statistika
— darsga qatnashish, o‘zlashtirish kabi ma’lumotlar tizimda qayd etib borilganligi
uchun, o‘qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni olishi mumkin.
LMSNING AFZALLIKLARI
O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o‘quv jarayonini
nazorat qilish va o‘quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
LMSni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi.
O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta’limga
moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.
LMSNING KAMCHILIKLARI
System
— elektron tizim. LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq yoki
testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin.
|
| |